Ызбекистон республикаси


Mavzu yuzasidan test savollari



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/39
tarix31.03.2023
ölçüsü1,29 Mb.
#91902
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   39
касбга йўллаш ўкув кўлланма

 
Mavzu yuzasidan test savollari 
1. 9 yil mobaynida nechta fanni o’zlashtirish mumkin? 
A) 25 ta 
B) 15 ta 
C) 20 dan ortiq 
D) 19 ta 
2. Kasb-hunar kollejlarini bitirganlarga qanday diplom beriladi? 
A) ―Mutaxassis‖ diplomi 
B) ―kichik mutaxassis‖ darajali diplom 


107 
C) ―mutaxassislik‖ diplomi 
D) ―bakalavr‖ diplomi 
3.8-9 sinflardagi materiallar qanday yo’nalishlarda o’qitiladi? 
A)6-7 sinf materiallari asosida 
B) 5-sinfdan tanlab olingan yo’nalishda 
C)3- sinf mehnat ta`limi asosida 
D) boshlang`ich sinflar asosida 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


108 
 
 
 
 
§ 10. KASBGA YO’NALTIRISH YUZASIDAN AMALGA OSHIRILADIGAN 
TAJRIBA-SINOV ISHLARI VA ULARNING XUSUSIYATLARI 
Tajriba-sinov ishlarining shakllantiruvchi bosqichida o’quvchilarni kasbga 
moslashtirish texnologiyasining darajasi tahlil qilindi. Bunda tajriba-sinov ishlari 
tajriba guruhida biz taklif etgan texnologiya asosida, nazorat guruhida esa an`anaviy 
dastur bo’yicha amalga oshirildi. 
Uning natijalarini baholash uchun mehnat ta`limi bo’yicha ta`lim standartining 
taxlili asosida o’quvchilarning kasbga moslashtirish bo’yicha egallashlari lozim 
bo’lgan eng ahamiyatli turtta ko’nikmani aniklab oldik, ya`ni: 
Axborotlarni tahlil qilish ko’nikmasi. Ushbu ko’nikma o’quvchilarning kasb 
tasnifi, uning asosiy turkumlariga xos umumiy xususiyatlarni bilishi, kasblarning 
murakkablik omillarini taxlil qila olishi bilan baholanadi; 
Gnostik ko’nikmalar. U kasbi bo’yicha talab qilinadigan shart-sharoitlar bilan 
o’quvchining qiziqishlari, mayllari, qobiliyatlari, salomatligi va boshqa sifatlarining 
o’zaro muvofiqligini aniqlash asosida baholanadi; 
Konstruktiv ko’nikmalar. O’quvchi tomonidan kasbga doir shaxsiy rejaning 
mazmuni, bo’limlari va vazifasiiing asoslanishi, kasbga tayyorgarlik va kasb 
mahoratini oshirish usullarini egallaganligi. 
Tashkiliy ko’nikmalar. Kasbga moslashtirish va kasbga xos bilimlarni, 
malakalarni egallash hamda diagnostik kasb maslahatidan foydalanishni, akademik 
litseylar va kasb-xunar kollejlarining o’quvchilariga bo’lgan talablarni, ularning 
bir-biridan farqini bilishi. 
So’ngra, mazkur ko’nikmalarniig tajriba va nazorat guruhlari o’quvchilarida qay 
darajada shakllanganligani qiyosiy taxlil qilish maqsadida ularning har biri anketa 
savollari hamda amaliy topshiriq yordamida baholandi. Bu o’rinda anketa savollari 
nazariy, topshiriq esa amaliy bilim va ko’nikmalarni anikdigaga xizmat qilishi ko’zda 


109 
tutilib, har bir savol 5 balli tizimda baholab borildi. 
Biz o’quvchilar tomonvdan bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirish sifatini 
baholashning umumlashgan ko’rsatkichi - oxirgi natija bo’yicha taqoslashdan 
foydalandik. Bunda o’quvchilar bilim va ko’nikmalarini keltirilgan o’rtacha 
o’zlashtirish bali orqali baholash eng samarali yo’nalish hisoblanib, u guruhlardagi 
o’rtacha o’zlashtirish bali farqi va o’rtacha ball atrofida ballarning yoyilish 
ko’rsatkichidan foydalanib anikdanadi. 
Kasb-hunar tanlashda adashmaslik uchun o’quvchilar quyidagilarni bilishi va 
uddalashi kerak: 
A) mehnat va kasb turlariga bo’lgan o’z moyilligi, qiziqish va layoqat; 
B) Kasb-hunar bo’yicha mehnat sharoiti va mazmuni (predmeti, maqsadi, 
mehnat quroli, ishchining asosiy vazifalarini, bilimni, ko’nikmalarni, mehnat 
tashkillashtirish; 
V) Insonning shaxsiy xislat-lari va sog`ligiga kasb tomonidan qo’yiladigan 
talablarni; 
G) Kasb-hunar egallash va malaka oshirish yo’llarini (ishlab chiqarish jarayoni, 
kasb-hunar kollejlarida, maxsus kurslarda, OO’YUda va h.k.); 
D) Tanlagan kasb-hunar bo’yicha ishlash mumkin bo’lgan eng yaqin korxonalar 
to’g`risidagi ma`lumotlarni, to’garaklarda ishtirok etish jarayonida o’z qiziqish va mo 
yillarni amaliyotda sinash;
E) Ma`lumotlar va maxsus adabiyotlar orqali kasblar bilan tanishish, mutaxassis 
bilan maslahatlashish, ishchi o’rni bilan tanishish; 
J) Kasb-hunarga yo’naltirish Markazidan maslahatlar olish, amaliyotdan o’tish, 
shifokor maslahatini olish; 
Z) Kasb-hunar to’g`risidagi ma`-lumotnomalarni va adabiyot-larni ―Kim bo’lsam 
ekan?‖ mavzusidagi materiadlarni o’qishni, bo’sh ishchi o’rinlari to’grisida ish bilan 
bandlik tashkilotlari materiallari bilan tanishish va maslaxatlashishni. 
Barkamol o’quvchi shaxsini tarbiyalashda kasbga moslashtirish ishlarining 
mazmunini belgilashdagi quyidagi fikrlarga amal qilish maqsadga muvofiq bo’ladi: 
- o’quvchilarning kasbga moslashtirishning pedagogik texnologiya borasidagi 


110 
amalga oshirgan tadqiqotlarimiz ishlab chiqilgan texnologiyamizning samarali va 
ishonchli ekanligini tasdikladi; 
- o’quvchilarda shakllantirilgan kasb oid ko’nikma va malakalar, ularning 
bo’lajak mutaxassislar sifatida kasbiy shakllanishidagi ahamiyatini o’rganish uchun 
qo’llanilgan metodlar majmuasi olingan natijalarning haqqoniyligi va ijobiy 
tavsifdaligini tasdiqladi; 
- darsdan tashqari mashg`ulotlar jarayonida o’quvchilarning umumta`lim, 
umummehnat bilim va ko’nikmalari darajasini oshirishning ishlab chiqilgan 
pedagogik texnologiyasini ta`lim tizimi amaliyotiga tadbiq qilish mumkin, deb 
hisoblaymiz. 
O’quvchilarni kasbga moslashtirishda mehnat ta`limi bo’yicha darsdan tashqari 
mashg`ulotlarning muhim ahamiyatga ega ekanligini tasdikdadi. O’quvchilarning kasb 
tanlashga oid bilim va ko’nikmalari diagrammalar hamda qiyosiy jadvallar yordamida 
tahlil qilishini natijasida darsdan tashqari mashg`ulotlarda o’quvchilarni kasbga 
moslashtirish ishlarining maqsadga muvofiq tashkil etilishi bu mashg`ulotlarga 
muntazam ishtirok etuvchi o’quvchilarning umummehnat bilim va ko’nikmalari, 
umumta`lim fanlaridan o’zlashtirish darajasi qolgan o’quvchilarga nisbatan birmuncha 
yuqori ekanligada o’z isbotini topdi; 
- kasbiy tarbiya tizimida kuyidagilarga amal qilinishi lozim deb hisoblaymiz: 
• kasbiy tarbiya - tarbiyalanuvchi shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish,
har bir bola, o’smir va yosh yigit-qizning betakror 
hamda o’ziga xosligani hurmatlash, uning ijtimoiy huquqi va erkinligini 
e`tiborga olish; 
• yoshlarda istak va imkoniyat muvofikdigi tuyg`usini qaror toptirish; 
• milliylikning o’ziga xos an`analari va vositalariga tayanish; 
• shaxslararo munosabatlarda insonparvarlik, o’qituvchilar va o’quvchilar
o’rtasidagi bir-biriga hurmat munosabatlari, bolalar fikriga e`tibor qilish, ularga 
mehribonlarcha munosabatda bulish; 
• kasbiy tarbiya jarayonida uzluksizlikka va turli yoshdagi bolalarni qamrab 
olishga alohida ahamiyat berish. 


111 
Qayd etilgan materiallar negizida ―Ilmiy pedagogik tadqiqot natijalarini 
rasmiylashtirishning namunaviy tartibi‖da quyidagilarga tayanish: tadqiqot mazmuni,
mantiqiy tuzilishi, asosiy tushunchalari hamda asosnomasi, tadqiqot mavzusining 
dolzarbligi, tadqiqot muammosi, tadqiqotning maqsadi, tadqiqot farazi, tadqiqot 
ob`ekti, tadqiqot predmeti, tadqiqot vazifalari, tadqiqotning nazariy ahamiyati, 
tadqiqotning amaliy ahamiyati, tadqiqotning ilmiy yangiligi, tadqiqotning ishonchliligi 
va asoslanganligi, himoyaga olib chiqiladigan asosiy xulosalar, tadqiqotni amalga 
oshirish bosqichlari, tadqiqot natijalarining amalga oshirilishi, tadqiqotlarni amalga 
oshirish istiqbollari, ishning mundarijasini tuzish. Mazkur ishlarning bajarilishida 
ilg`or tajriba va olimlarning fikrlari, g`oyalari bilan to’ldirilishi maqsadga muvofiqdir. 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin