Urgentli (imperativ) siydik
tutaolmaslik
Urgentli (imperativ) siydik tutaolmaslik
[6]
– toʻxtatib boʻlmaydigan, imperativ
qistash vaqtida qovuqda siydikni tutib
turishga layoqatsizlik.
Qisqa vaqt oraligʻida tez–tez siyish,
siyishga toʻxtatib boʻlmaydigan (buyruq
Siydik yo'li anatomiyasi
bilan) qistash boʻlishi, birdan paydo
boʻlgan qistash sababli qistalangan
siydik tutaolmaslik, koʻpincha tungi
pollakiuriya urgentli siydik tuta
olmaslikning belgilari hisoblanadi. Bu
oʻtkir sistitda, qovuq boʻyinchasi oʻsma
bilan zararlanganda, baʼzan prostata
bezining xavfsiz giperplaziyasi
(adenomasi)da kuzatilishi mumkin.
Bogʻcha va maktabgacha yoshdagi
bolalarda siydikni tutaolmaslik uzoq
muddatli qiziqarli oʻyinlarda qovuqning
toʻlib ketishi oqibatida kelib chiqadi.
Enurez – tunda uyquda siydikni
tutaolmaslik. Bola hayotining birinchi 2–
3 yoshi davomida fiziologik boʻlishi
mumkin. Agar enurez davom etaversa,
bu uretrovezikal segmentning
neyromushak tuzilmasi rivojlanishining
sekinlashishi yoki organik kasalliklar
(pastki siydik yoʻllari infeksiyasi, oʻgʻil
bolalarda uretra orqa qismining
qopqoqlari, qiz bolalarda uretraning
distal torayishida, neyrogen qovuqda)
oqibatida boʻlishi mumkin.
Bir qancha urologik kasalliklar qiynalib
siyish bilan kuzatiladi. Bunda siydik
oqimi sust, ingichka, tik pastga qarab
yoki faqat tomchilab, oqimsiz chiqadi.
Uretraning torayishida siydik oqimi ikkiga
boʻlinib, uning girdoblanib va sachrab
chiqishi kuzatiladi. Prostata bezining
xavfsiz giperplaziyasi (adenoma) va
rakida siydik oqimi ingichka, sust boʻlib,
odatdagi yoy hosil qilmay pastga
yoʻnaladi, siyish muddati choʻziladi
Siydik tutilishi (ishuriya)
[7]
oʻtkir va
surunkali boʻladi. Siydikning oʻtkir tutilishi
toʻsatdan boshlanadi va qovuq toʻlib
Siydik tutilishi (ishuriya)
Buyraklar va Siydik qopi
turadi, siyishga istak boʻlishiga
qaramasdan siydik chiqmaydi, qorinning
pastki qismida ogʻriq paydo boʻladi. Baʼzi
hollarda siydikni oʻtkir tutilishi siyishga
istak boʻlmaganda ham boʻlishi mumkin.
Koʻpincha bunday tutilish nerv–reflektor
boʻlib, har xil operatsiyalardan keyin,
bemor toʻshakda chalqancha yotganida,
kuchli hayajonlanish hissi paydo
boʻlganda kuzatiladi. Bunday holda siydik
tutilib qolishini anuriyadan (qovuqda
siydik yoʻqligi) ajratish kerak, bunda ham
siyishga istak boʻlmaydi.
Siydikning oʻtkir tutilishi, odatda, siydik
oqimiga surunkali toʻsiq borligi natijasida
paydo boʻladi. Prostata bezining xavfsiz
giperplaziyasi (adenomasi) va raki, uretra
torayishi, siydik chiqarish kanalining
ichidagi yoki qovuq boʻyinchasidagi tosh
va oʻsmalar uning eng koʻp sabablari
hisoblanadi. Qovuqni kateterlash siyish
jarayoni boʻlmaganda tashxislash (siydik
oʻtkir tutilishini anuriyadan ajratishga
imkon beradi) va davolash uchun katta
ahamiyatga ega. Siydik passajini
infravezikal soxada buzuvchi har–xil
obstruksiyalar (qovuq boʻyinchasi
sklerozi, uretra qopqogʻi va torayishi,
qovuq va siydik chiqarish kanali toshi,
katta oʻlchamdagi ureterotsele) bolalarda
siydikning qisman tutilib qolishiga sabab
boʻladi.
Qovuq boʻyinchasi sohasida yoki siydik
chiqarish kanalida yoki detruzorning
gipotoniyasida siydik oqimiga qisman
toʻsiq boʻlganda siydikning bir qismi
qovuqda qolsa (qoldiq siydik), siydikning
surunkali tutilishi paydo boʻladi.
Detruzorning kuchsizlanishiga qarab
qoldiq siydik ortib boradi. Siydikning
surunkali tutilishi prostata bezining
xavfsiz giperplaziyasi (adenomasi) va
raki, qovuq boʻyinchasi sklerozi,
uretraning torayishi va boshqalarda
kuzatiladi. Agar meʼyorda siyib
boʻlgandan keyin qovuqda bor–yoʻgʻi 15–
20 ml siydik qolsa, siydikning surunkali
tutilishida esa uning soni 100–200 ml
gacha (baʼzan 1 litrgacha va koʻproq)
boʻladi.
Qoldiq siydik miqdorining koʻpayishi va
qovuqning borgan sari choʻzilib borishi
nafaqat detruzorni balki sfinkterning ham
nimfalajini keltirib chiqaradi. Bunday
hollarda bemor bemalol siya olmaydi yoki
siyishga qistash boʻlganda faqat oz
miqdorda siydik ajraladi. Shuning bilan
birga qovuqdan noixtiyoriy ravishda,
doimo, siydik tomchilab chiqib turadi.
Shunday qilib, bemorda siydik tutilib
qolishi bilan birga siydik tutaolmaslik
ham boʻladi. Bunday holat paradoksal
ishuriya deb ataladi. Bu prostata bezi
xavfsiz giperplaziyasining (adenoma) III
bosqichida, orqa miyaning shikastlanishi
va kasalliklarida kuzatiladi.
1. https://files.tma.uz/urology/UROLOGIYA-
Dostları ilə paylaş: |