Microsoft Word boshlangich sinflar jismoniy tarbiyasi



Yüklə 364,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/84
tarix01.04.2023
ölçüsü364,08 Kb.
#92325
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   84
Ahmedov F. Q atamurodov Sh. O’ Avalboyev Z. A abdulaxatov A. R

Arqon bilan sakrash. Bu o’yin oddiy mashq bo’lib, unda turli yoshdagi 
kishilar ham mashqlar bajarishlari mumkin. Mashhur sportchilar o’z mashg’ulotlarida 
arqon bilan sakrash mashqlarini juda ko’p bajaradilar. Chunki bu mashqlarni yakka, juft 
va guruh bo’lib, turlicha usullarda bajarish mumkin. Bu o’yin chaqqonlik, tezkorlik
chidamlilik va boshqa zarur sifatlarni tarbiyalaydi. 


60
Velosipedda, samokatda uchish. Bu o’yin ham tezkorlikka, chaqqonlikka, 
muvozanat saqlashga va fazoni tasavvur qila bilshga o’rgatadi.
Gardish dumalatib poyga o’ynash. Bu o’yin juda qiziqarli o’tadi. Gardishni bir 
tekisda dumalatib yugurish hammaning ham qo’lidan kelavermaydi. Buning uchun 
muntazam shug’ullanish kerak.
Pirpirak bilan yugurish. Pirpirakni hamma o’zi yasashi mumkin. Pirpirak 
tomonlari 10-12 sm bo’lgan to’rt burchak qog’ozdan yasaladi. Har bir burchakdan 
diogonal bo’ylab o’rtasigacha (5sm) yetkazmasdan qirqiladi va to’rtta uchuni o’rtaga 
bukib, uni qalam, ruchka yoki yog’ochdan yasalgan tayoqchaning uchiga o’rnatiladi. 
Tayoqchani ushlab qanchalik tez yugurilsa, u shuncha tez aylanadi.
Xo’rozlar jangi o’yini . O’yin maydonchada o’tkaziladi. Yerga diometri 2 m li 
doira chiziladi. Hamma o’yinchilar 2 ta guruhga bo’linadilar va doira yonida bir-
birlariga yuzma-yuz bo’lib, ikkita qatorga saflanadilar. Har bir guruhdan bittadan sardor 
tayinlanadi. 
Sardorlar o’z guruhlaridan bitta o’yinchini doiraga yuboradilar. Doiraga kelgan 
o’yinchilar qo’llarini orqaga qilib, bir oyoqlab turadilar. Ruxsat berilgan zahoti, ular 
bir-birlarini yelkalari bilan turtib, doiradan itarib chiqarishga harakat qiladilar. O’z 
raqibini doiradan itarib chiqara olgan o’yinchi g’olib hisoblanadi va guruhi uchun bir 
ochko yutgan bo’ladi.
Undan keyin doira o’rtasiga sardorlar tanlagan navbatdagi "xo’rozlar" jufti 
tushadi. O’yin hamma o’yinchlar "xo’roz" rolini bajarib bo’lgunlaricha davom ettiriladi. 
Yeng ko’p ochko to’plagan guruh g’olib hisoblanadi. O’yin davomida kim qo’llarini 
tushursa, ikkinchi oyog’ini ham yerga qo’ysa, o’sha yutqazgan hisoblanadi.


Yüklə 364,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin