Microsoft Word boshlangich sinflar jismoniy tarbiyasi


-sinf.  Harakatli o’yinlar



Yüklə 364,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/84
tarix01.04.2023
ölçüsü364,08 Kb.
#92325
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   84
Ahmedov F. Q atamurodov Sh. O’ Avalboyev Z. A abdulaxatov A. R

4-sinf. 
Harakatli o’yinlar. 
O’yinlar maktab dasturidan keng o’rin olgan. Ular har tomonlama jismoniy 
tarbiyalashning muhim vositalaridan biri sanaladi. Harakatli o’yinlarda harakatning 
barcha turlari ko’zga yaqqol tashlanadi. Bular yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish, 
to’siqlardan oshib o’tish, qarshilik ko’rsatish va boshqalar. To’g’ri o’tkazilgan o’yinlar 
intizomni, sezgirlikni, chaqqonlikni, tezkor kuchni, chidamlilikni rivojlantirishga, 
o’yinlarni jamoa bo’lib o’ynash esa do’slik va o’rtoqlikni tarbiyalashga yordam beradi.
O’yin o’ynaladigan joy dars oldidan o’quvchilar bilan birgalikda tayyorlanadi. 
Bunda maydonchaga vaqtincha va doimiy belgilar qo’yiladi. Zalda moybo’yoq bilan, 
maydonchada esa ohak yoki bo’r eritmasi bilan doimiy belgi qo’yib chiqiladi. Katta-
kichik bayroqchalar, ustunchalar, chiziqlar vaqtinchalik belgi vazifasini o’taydi.
O’yinlarning muvaffaqiyatli o’tkazishi ko’pincha qanday tayyorgarlik 
ko’rilganiga bog’liq. O’yin va uning turli variantlarini tashkil etish, uning borishi ikir-
chikirigacha oldindan o’ylab qo’yiladi.


62
O’yin muvaffaqiyatli o’tishi uchun o’quvchilar o’yin shartini, qonun-
qoidalarini aniq tushunib olishlari kerak. O’qituvchi o’yinda faol ishtirok etib, uni 
boshqarib, kuzatib boradi.
O’qituvchi o’yinni samimiy, xotirjam va odob bilan, o’zaro o’rtoqlik 
munosabatini saqlagan holda boshqaradi. U o’yinni uddalay olmagan bolalarga ham 
yaxshi munosabatini o’zgartirmaydi, hatto o’yinchiga tanbeh berish o’rniga u biroz 
harakat qilsa, o’yinni bemolol uddalay olishi mumkin yekanligiga ruhlantiradi.
"Qal’a himoyasi" o’yini. O’yinchilar 3-4 guruhga bo’linib, aylanaga saflanadilar. 
Har bir o’quvchining orasidagi masofa 1 m. Ularning oyoqlari chiziqqa taqaladi. Aylana 
markaziga qal’a - gimnastika tayoqchalari tik qilib o’rnatiladi. O’yinchilardan biri 
qal’ani himoya qilish maqsadida uning atrofida aylanib yuradi. o’yinda valeybol va 
basketbol to’pidan foydalaniladi. 
O’yin o’qituvchining ishorasi bilan boshlanadi. O’yinchilar to’pni bir-birlariga 
oshira turib, payt poylab, uni qal’aga tekkizishga harakat qiladilar. Himoyachi qo’llari, 
oyoqlari hamda gavdasi bilan to’pning yo’lini to’sib, qal’ani himoya qiladi. To’pni 
qal’aga tekkizgan o’yinchi himoyachi bilan o’rin almashadi. 
Himoyachiga qal’ani qo’l bilan ushlash huquqi berilmaydi. Agar to’p qal’aga 
tegib u o’rnidan qo’zg’alsa-yu, lekin yiqilmasa, unda himoyachi uni qo’riqlashni davom 
ettiradi. O’yin qal’a yiqilguncha davom etadi. O’yin tugagach, faol o’yinchilar 
rag’batlantiriladi.
"Joyni o’zgartirish" o’yini. Bolalar ikki guruhga bo’linadilar. Har bir 
guruh o’zining start chiig’i orqasida qo’llarini ikki yonga ochgan holda saf tortib 
turadi. Start chiziqlari maydonchaning qarama-qarshi tomonida bir-biridan 15-20 m 
narida chizilgan bo’ladi. "Startga!" - "Diqqat!" - "Marsh!" buyrug’i berilishi bilan 
ikkala guruh bolalari bir vaqtda o’rinlarini almashtirish uchun yugura boshlaydilar. 
Qarshi tomondagi start chizig’i orqasiga qaysi guruh birinchi bo’lib saflansa, shular 
o’yinda g’olib chiqadilar.

Yüklə 364,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin