Shaharsozlik va landshaft arxitekturasi


Piyodalar ko‘chalari landshaft yechimi



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix02.04.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#92606
1   2   3   4   5   6
Piyodalar ko‘chalari landshaft yechimi 
Bugungi kunda shaharlarimizni, ayniqsa, me’moriy yodgorliklarga boy tarixiy 
shaharlarimiz markazlarini hatto, qishloqlarda qurilayotgan yangi uy-joy 
mahallalarini ham piyodalar ko‘chalarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Dunyo 
shaharlarining markazlari transport harakatlari va shovqinidan xolilashtirilib, 
piyodalar uchun alohida ko‘chalar va piyodalar zonalariga aylantirilmoqda. Qadimiy 
Samarqand shahridagi Toshkent va Mustaqillik piyoda ko‘chalari, Toshkent 
shahridagi Amir Temur xiyobonini Mustaqillik maydoni bilan birlashtiruvchi piyoda 


ko'chalar(1-rasm), Buxoroning eski shahar tizimidagi o’nlab piyoda ko‘chalari, 
Shahrisabzdagi Amir Temur piyoda ko‘chasi va boshqalar bunga misoldir. (2-rasm). 
1-rasm. Amir Temur maydonining piyodalar muhiti va landshafti. 
2-rasm. Toshkentdagi Xasti Imom ansamblining piyodalar muhiti Iandshafti. 


Bu ko‘chalarning uzunligi 500-700 metr va, halto 1 km.dan kam emas. Chet el 
shaharlaridagi yuzlab piyoda ko‘chalarining uzunligi esa bundan ham kattadir. Bu 
ko‘chalar qanday landshaft va qulayliklarga ega bo'lishi va loyihalanishi kerak? 
Avvalambor bunday ko‘chalar toza-ozoda, inson masshtabiga mos, fuqaroviy va 
osoyishta me’moriy muhitga ega bo‘lishi kerak. Gap ko‘cha mebellari, tashqi 
obodonlashtirish elementlari, bunday ko‘chalarga xos bo‘lgan savdo, ovqatlanish 
va dam olish shaxobchalari, daraxtlar, maysalar, gulzorlar va ko‘cha 
yoritgichlarining kompozitsiyalari, masshtabi va shakllari haqida ketmoqda. 
Piyodalar ko‘chalariga xos xususiyatlardan biri-bu uJarda qo‘llaniladigan maxsus 
dekorativ to‘shamalar, ya’ni yo‘l qoplamalaridir. Ularning materiallari, rangi va 
shakli turlicha bolishi mumkin. Biroq, ular mustahkam va chiroyli bo’lishi kerak. 
Materiallardan: pishiq g‘isht, rangli va fakturali beton, tabiiy tosh, bruschatka, 
toshtaxtalardan, shakli esa to‘g‘riburchakli panjara, doira, tasma, to‘lqinsimon, 
“asalari uyasi”, romb va h.k. ko'rinishlarda, ranglari e’tiborni o‘ziga tortmasligi, 
asosan neytral tonlarda bo'lishi tavsiya etiladi. To‘shamalaming tiporazmerlari ikki 
xildan oshmasligi zarur. Piyodalar ko'chalarining qiyaligi 6-7% dan oshmasligi
zinapoyalar esa panduslar bilan ta’minlanishi kerak. Piyodalar ko‘chalarining 
landshaft elementlariga tik ko‘kalamzorlashtirish elementlari (trelyaj va pergolalar, 
voishlar), joyi o‘zgartiriluvchi gulli tuvaklar, osib qo‘yilgan savatchalar va qutilar, 
rabatkalar, daraxtlar yoki butalardan shakllangan qator soliterlar, dekorativ suv 
havzalari va favvoralar kiradi. Uzunroq piyoda ko‘chalariga ekilgan daraxtlar qatori 
bir xillikni yo‘qotish uchun har 50-70 metrdan so‘ng ochiq maysazor, gullovchi buta 
va gulzorlar bilan almashinib turgani ma’qul. Piyoda ko‘chalar tomonga fasadi bilan 
chiqib qolgan ayrim nobob imoratlar yoki devorlar yuzasi chirmashib o‘suvchi 
manzarali gulli lianlar bilan yopilishi mumkin. Piyodalar ko'chalariga yorqin rangli 
savdo reklamalari va ko‘cha belgilarini 0‘rnatish, asfalt to'shamalar yotqizish tavsiya 
etilmaydi. Ko‘cha eni kengroq, uzunligi kattaroq bo‘lgan hollarda uning o‘rtasiga 


uzluksiz soya beruvchi manzarali doim yashil dov-daraxtlar ekish, ularning ostiga 
esa dam olish o‘rindiqlarini o'rnatish mumkin. (3-rasm). 
 
3-rasm. Piyodalar ko'chalarini ko'kalamzorlashtirish va obodonlashtirish 
variantlari. 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin