Shuning uchun ham:
- fikrlarini o’z so’zlari bilan ifodalash;
- o’zaro tanqidiy fikrlar almashish;
- o’z g’oyalarini ifodalay olish va konstruktiv takliflarga javob ola bilish;
- fikrlarni muayyan g’oyalar qiyofasida, qulay muhitda amalga oshira olish va
o’z g’oyalarini to’la va aniq ifodalay olish.
Izn. Tanqidiy fikrlashda erkinlik bo’lishi uchun o`quvchi-yoshlar ma’qul va
noma’qul narsalarni aytish, ular haqida fikrlash, ijod qilish uchun ruxsat olishlari
lozim. O`quvchi-yoshlar yo’l qo’yiladigan holatlarni anglab olishgach, tanqidiy tahlil
qilishga faol kirishadilar. Tanqidiy tahlilga izn olish onglilik tamoyiliga asoslanadi.
Bunda tahlil va haddan oshish orasidagi farq aniqlab berilishi lozim. Tanqidiy
fikrlashga izn fikrlash uchun chinakam maqsad bo’lgan do’stona hamda samarali
sharoitda beriladi.
Rang-baranglik. O’quvchi-yoshlarning fikrlash jarayonida turli fikrlar va
g’oyalar paydo bo’ladi. Rang-barang fikr va g’oyalar yakkayu-yagona javob
mavjudligi haqidagi tasavvur bartaraf qilingan chog’dagina yuzaga keladi. Fikrlarni
ifoda qilish chegaralanganda o`quvchi-yoshlarlarning fikrlashiga chek qo’yiladi.
Faqat birgina javob mavjud bo’lgan taqdirda xilma-xil vosita va jarayonlardan
foydalanish joizki, uning yordamida o`quvchi-yoshlarlar ana shu javobni topa olsin.
Dostları ilə paylaş: