Qadrlash. Tanqidiy fikrlashning omillaridan biri o`quvchi-yoshlarning fikrlash
jarayonini qadrlashidir. Tashkil etilgan fikrlash jarayonida o`quvchi-yoshlar o’z
g’oyalari, tasavvurlarining o’qituvchi tomonidan qadrlanayotganini tushungan holda
chuqur mas’uliyat va e’tiborga yarasha javob qaytaradilar. O`quvchi-yoshlar o’z
fikrlash jarayonini qadrlashni namoyish qilishga harakat qiladilar, unga va uning
oqibatlariga nisbatan jiddiy munosabatda bo’la boshlaydilar.
Qimmatlilik. Fikrlash jarayonini tashkil etish davomida o`quvchi-yoshlar
ularning
fikrlari, o’z tanqidiy tahlili natijalari qimmatli ekanligini ularning ongiga
singdirish zarur. O’qituvchi o`quvchi-yoshlardan muayyan materialni shunchaki
qayta ishlashni talab qilganda tayyor qoliplardan, andozalardan holi bo’lishi lozim.
Bu esa o’quvchi-yoshlarda o’zgalar g’oyalarini mexanik tarzda qayta ishlab chiqish
eng muhim va qimmatli ekanligiga ishonch hosil qilishga olib keladi. Aslida
o’quvchi-yoshlarga o’z fikri, o’ziga taalluqli bo’lgan g’oya
va tasavvurlar qimmatli
ekanligini ko’rsata olish zarur. O’quvchi-yoshlarning o’zlari ham o’z fikrlarining
qimmatbaho ekanligiga ishonch hosil qila olishlari zarur. Ular o’z fikrining tushuncha
va masalani muhokama qilish jarayonida o’ta muhim, shuningdek, katta hissa bo’lib
hisoblanishini tan olishlari kerak.
O’zaro fikr almashuv. Fikrlash jarayoni o’quvchi-yoshlarning o’zaro fikr
olishuvini ko’zda tutadi. O’quvchi-yoshlarning o’zaro fikr olishishi ularning bir –
biridan o’rganishdagi o’rtoqchiligiga asos soladi. O’quvchi-yoshlardan fikrlovchi
sifatida o’zlarida bo’lgan yirik fikr va oddiy xatoga bo’lgan qobiliyatlarini
boshqalarga ochib berish talab etiladi. O’zaro fikr olishishda o’quvchi-yoshlardan
diqqat
bilan tinglash, o’zining qarashlar tizimini so’zlovchiga zo’rlab o’tkazish va
boshqa so’zlovchilarni tuzatib turishdan o’zini tiyib turishi ham talab etiladi. Bunga
javoban o’quvchi-yoshlar boshqalarning yalpi fikrlaridan foydalanish imkoniyatiga
ega bo’ladi. Keng doiradagi munozara oqibati o’laroq o’quvchi-yoshlar o’zlariga
tegishli bo’lgan g’oyalarni tahlil qilish va uni aniqlashga yanada qobiliyati orta boradi
hamda ularni o’z bilimlari va hayotiy tajribalarida yaratgan g’oyalari tizimiga tirkab
boradi. Fikrlash jarayonini tashkil etishda uni o’tkazishning bir necha modellari
mavjud. Ular:
- o’ziga ishonch hosil qilish;
- ishda faol ishtirok etish;
- o’rtoqlar va o’qituvchi bilan fikr
almashish;
- o’zgalar fikrini tinglay olish.[7]
Xulosa o`rnida shu alohida ta’kidlash joizki, axborotlarni chorlash, o’ylab
ko’rish va fikrlash metodikalaridan foydalanish quyidagi muhim vazifalarni yechish
imkoniyatini beradi:
- o’quvchi-yoshlarga maqsadlarini anglab olishga yordam beradi;
- mashg’ulotlarda faolligini ta’minlaydi;
"Science and Education" Scientific Journal
Volume 1 Issue 4
July 2020
153
www.openscience.uz
- samarali munozaraga chorlaydi;
- o’quvchi-yoshlarning o’zlari savollar tuzishi va uni savol tarzida bera olishi
uchun yordam beradi;
- o’quvchi-yoshlarga o’z shaxsiy bilimlarini ifoda
qilishga yordam beradi;
- o’quvchi-yoshlarning shaxsiy mutolaasi motivatsiyasini qo’llab-quvvatlaydi;
- har qanday fikrlarga bo’lgan hurmat kayfiyatini yaratadi;
- o’quvchi-yoshlarda personajlarga bo’ladigan iztirobini o’stirishga yordam
beradi;
- o’quvchi-yoshlarda qadrlanadigan fikrlashga sharoit yaratadi;
О`z tanqidiy fikrlashini maqsadga qaratish va motivlashtirish qobiliyatiga ega
bо`lish, о`z istak-mayllarini faol boshqarishga qobillik, har bir daqiqa о`z
shaxsini
takomillashtirishda foydalanish uchun vaqtni qadrlash eng muhimdir.
Dostları ilə paylaş: