Aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy bahosi. Aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy
baholash
qoidasi shundan iboratki, ularning tannarxi yoki sotib olish qiymati asosiy bahodir.
Standartlarda ko‘zda tutilgan ayrim hollarda haqiqiy baho sotib olish qiymatidan farq
qilishi mumkin.
Tushunarlilik. Moliyaviy hisobotlarda berilayotgan axborot foydalanuvchilarga tushunarli
bo‘lishi kerak.
Ahamiyatlilik. Moliyaviy axborot foydalanuvchilar qarorlar
qabul qilish jarayonida
ularning ehtiyojlarini qondirish va ularga operatsion, moliyaviy va xo‘jalik
faoliyatiga baho
berishda ko‘maklashish uchun ahamiyatli bo‘lishi kerak.
Jiddiylik. Agar axborotni kiritmaslik yoki noto‘gri taqdim etish axborotdan
foydalanuvchilarning moliyaviy hisobot asosida qabul qilingan iqtisodiy qarorlariga ta’sir etsa, u
jiddiy hisoblanadi. Axborotning
ahamiyatiga uning mohiyati ham, shuningdek uning qimmati
(jiddiyligi) ham ta’sir o‘tkazishi mumkin.
Haqqoniy va xolis taqdim. Moliyaviy hisobotlar foydalanuvchida xo‘jalik
yurituvchi
sub’ektning moliyaviy ahvoli,
operatsiyalar natijalari, pul mablaglari harakati to‘grisida
haqqoniy va xolis tasavvur yaratishi kerak.
Dostları ilə paylaş: