Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti "moliya" kafedrasi



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/75
tarix06.04.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#93869
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   75
buxgalteriya hisobi nazariyasi (2)

Usul (metod yunoncha «metodos») tushunchasi ikki ma’noni bildiradi: ayrim 
voqealarni bilish, o‘rganish usuli va alohida usul, harakat usuli yoki ko‘rinishi. 
Birinchi tushuncha kengroq ma’noga ega bo‘lib, har bir fan kabi buxgalteriya hisobi o‘z 
usuli bilan ta’riflanadi. Hisob yuritish tartibini belgilab beruvchi tarkibiy qism sifatida 
buxgalteriya hisobiga xos bo‘lgan quyidagi usullar ma’lum; hujjatlashtirish; inventarizatsiya; 
baholash; kalkulyasiya; buxgalteriya hisobi schyotlari; ikkiyoqlama yozuv; buxgalteriya balansi; 
hisobot. Ushbu tushunchalar usul elementlari ham deyiladi. 
Ikkinchi ma’noda - alohida foydalaniladigan usullar ma’nosida - qo‘llaniladigan usullar 
yig‘indisi hisobning uslubiyatini tashkil etadi. 
Metodologiya buxgalteriya xisobi oldida turgan maqsad va vazifalar ham ularni echish 
imkoniyatlari, ya’ni mavjud texnik va texnologik baza bilan belgilanadi. Usulning mazmuni - 
mazkur fanning predmeti, vazifalari va uning oldiga qo‘yiladigan talablar xususiyatlariga bog‘liq 
bo‘ladi. Ular buxgalteriya hisobi usulining tarkibiga kiradigan aniq usullarni belgilab beradi. 
Eng avval shunga e’tibor berish lozimki, buxgalteriya hisobida sodir bo‘ladigan barcha 
xo‘jalik jarayonlari, uning ixtiyoridagi barcha mablag‘larni aks ettiruvchi axborotlarni 
shakllantiradi. Har xil jarayonlarda sodir bo‘ladigan operatsiyalar soni hamda korxona ixtiyorida 
joylashgan mablag‘lar turi va manbalari juda ko‘pdir. Har bir xo‘jalik operatsiyasi mablag‘lar 
hamda manbalar turi ustidan zaruriy boshqaruv axborotini umumlashtirish, shakllantirish, 
hujjatlashtirish yordamida kuzatib boriladi. 
Hujjatlashtirish buxgalteriya hisobining ob’ektlari ustidan yoppasiga va uzluksiz kuzatishni 
amalga oshirish imkonini beradigan dastlabki aks ettirish usulidir. Buning uchun har bir alohida 
operatsiya uchun yoki ularning bir turdagi guruhi uchun dastlabki hisob axborotini muayyan 
moddiy tashuvchisi tuziladi. Unda amalga oshirilgan operatsiyaning mazmuni qayd etiladi. 
Hujjatlashtirish yordamida sodir bo‘layotgan xo‘jalik operatsiyalari haqida mukammal 
ma’lumotlar olinadi. Bu ma’lumotlar ularni keyinchalik iqtisodiy jihatdan guruhlash va 
umumlashtirish uchun asos bo‘lib hisoblanadi. Huquqiy talablarga rioya qilingan holda 
xujjatlardan foydalanish buxgalteriya hisobining ma’lumotlariga isbotlovchi kuch bag‘ishlaydi. 
Lekin xo‘jalik jarayonida bo‘lib o‘tayotgan barcha hodisalarni xam xujjatlashtirish 
yordamida qayd qilib bo‘lavermaydi. Jumladan, tabiiy yo‘qolish, mablag‘larni qabul qilish va 
topshirshp paytidagi noaniqpiklar, hisobdagi xatolar va qolaversa, o‘tirliklar tegishli 
qiymatliklarning haqiqiy miqdorini dastlabki axborotni tashuvchilar hamda hisobda aks 
ettirilganlaridan chetga og‘ishishiga olib keladi. Bunday hodisalarni rasmiylashtirish, ular sodir 
bo‘layottanda emas, balki ma’lum bo‘lgandagina mumkin bo‘ladi. Dastlabki axborot 
tashuvchilar tomonidan qayd qilinmay qolgan hodisalar, xujjatlashtirishga zaruriy 
qo‘shimchalar, ya’ni qayta ro‘yxatga olish yordamida aniqlanadi. Uning ma’lumotlari yuqorida 
keltirilgan u yoki boshqa sabablarga ko‘ra o‘z vaqtida hisobga olinmay qolgan hisob 
ko‘rsatkichlarini haqiqatdagiga muvofiqlashtirish uchun xizmat qiladi. 
SHunday qilib, xujjatlashtirish va ro‘yxatga olish buxgalteriya hisobining ob’ektlarini 
dastlabki kuzatishni amalga oshirish uchun qo‘llaniladi. Ulardan foydalanish - mulkning but 
saqlanishi ustidan nazorat qilish imkonini beradi. Hujjatlashtirish va ro‘yxatga olishning 


ma’lumotlari moddiy-javobgar shaxslarning hatti-harakatlari, amalga oshirilayotgan 
muomalalarning qonuniyligi, mablag‘larning to‘g‘ri saqlanishi, ulardan maqsadga muvofiq 
ravishda foydalanish va shu kabilar ustidan kuzatish imkonini beradi. 
YUqorida ta’kidlanganidek, xo‘jalik operatsiyalari va mablag‘lar juda turli-tumandir. 
Lekin buxgalteriya hisobi ular haqida yig‘ma ko‘rsatkichlarni berishi kerak. Bu, yig‘iladigan 
ma’lumotlar pul o‘lchovlarida ifodalanadi. Buning uchun buxgalteriya hisobida baholash usuli 
qo‘llaniladi. Baholash yordamida natura va mehnat ko‘rsatkichlarini pul ko‘rsatkichlariga 
aylantiriladi. 
Xo‘jalik jarayonini boshqarish uchun uni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha 
chiqimlarni hisoblab chiqish, har bir jarayonda ishlatilgan ham jonli ham moddiylashtirilgan 
mehnatni hisoblab chiqish kerak. Bunda xar bir chiqim turining miqdorinigina emas, balki aniq 
bo‘lgan, ularning ob’ektiga tegishli bo‘lgan umumiy summasini topish, ya’ni hisobga 
olinayotgan mahsulotlarning tannarxini aniqlab topish lozim bo‘ladi. Mahsulot tannarxi - ishlab 
chiqarish xarajatlarining miqdori ustidan nazorat qilish uchun qo‘llaniladigan kalkulyasiya 
yordamida hisoblab topiladi. U ob’ektlarning haqiqiy tannarxini aniqlash imkonini beradi.
SHunday qilib, kalkulyasiya buxgalteriya hisobi ob’ektlarini qiymatli o‘lchash uchun 
xizmat qiladi. Ularning qo‘llanilishi tijorat hisob-kitobini mustahkamlash uchun katta ahamiyat 
kasb etadi. Ma’lumki, tijorat hisob-kitobiga rioya qilish korxona xarajatlari bilan uning faoliyat 
natijalari o‘rtasidagi muvofiqlikni talab qiladi. Xarajatlar bilan natijalarni solishtirish haqiqiy 
tannarx kalkulyasiyasi ma’lumotlariga asoslanadigan puldagi ifodalash yo‘li bilan erishiladi. 
Buxgalteriya hisobining ob’ektlari tarkibidagi va funksiyalaridagi farqlanishlar ularning 
ustidan alohida guruhlar bo‘yicha, masalan, mehnat vositalari, buyumlari, pul mablag‘lari va 
hokazolarni kuzatish zarurligini taqozo etadi. Undan tashqari, ushbu guruhlarning ichida 
mablag‘larning alohida turlari va ularning joylashgan joylari bo‘yicha tashkil qilish kerak 
bo‘ladi. Demak, hisob bilan alohida ajratilgan har bir mehnat vositasining turi - binolar, 
mashinalar, uskunalar; mehnat buyumlari - asosiy va yordamchi materiallar, yoqilg‘i, yarim 
tayyor mahsulot va boshqalar; pul mablag‘lari ularning joylashgan joylari bo‘yicha hisob-kitob, 
valyuta va bankdagi boshqa schyotlar, korxonaning kassasida qamrab olingan bo‘lishi kerak. 
SHu bilan birga bunday guruhlash ko‘pincha etarli deb hisoblanmaydi. Masalan, mehnat 
buyumlarining har xil turlari, aytaylik, asosiy materiallar ustidan kuzatish ularning har bir turi, 
navi, katta-kichikligi va hokazolar to‘g‘risida ma’lumotlar olishni talab qiladi. SHunga o‘xshash 
guruhlash buxgalteriya hisobida mablag‘lar manbalari va xo‘jalik jarayonlari bo‘yicha ham 
amalga oshiriladi.
Xo‘jalik mablag‘lari va xo‘jalik operatsiyalarini aks ettirishda, ularni boshqarish uchun 
zarur bo‘lgan ma’lumotlarni olishda, buxgalteriya hisobi ob’ektlarini iqtisodiy jihatdan 
guruhlashda schyotlardan foydalaniladi. 
Axborotni dastlabki tashuvchilardagi ma’lumotlar hisob ob’ektlariga faqat tarqoq bo‘lgan 
tavsifni beradi. SHu sababli schyotlarga ehtiyoj tug‘iladi. Bu ma’lumotlarni umumlashtirgan 
holda guruhlash va summalashtirish lozim bo‘ladi. Bunday funksiyani buxgaltfiya hisobida 
schyotlar bajaradi. 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin