O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta„lim vazirligi samarqand davlat universiteti


-mavzu: Tilshunoslik va geografiya. Areal lingvistika



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/64
tarix08.04.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#95126
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   64
19-mavzu: Tilshunoslik va geografiya. Areal lingvistika 
Reja: 
1.Tilshunoslik va geografiya. Lingvistik geografiya. 


133 
2. Lingvistik geografiya predmeti, maqsad va vazifalari. 
Tayanch tushunchalar: tilshunoslik, geografiya, lingvistik 
geografiya, areal lingvistika, dialektologiya, izoglossa va til landshafti 
1.Tilshunoslik 
va 
geografiya. 
Lingvistik 
geografiya. 
Tilshunoslik geografiya bilan ham uzviy aloqadadir. Onomastikaning
bir qancha sohalari, dialektologiya fani bevosita geografiya fani bilan 
bog‗liqdir. Shunga ko‗ra, XIX asrning 70-80-yillarida tilshunoslik va 
geografiya o‗zaro aloqadorligida alohida soha lingvistik georafiya 
(lingvogeografiya) shakllandi.  
Bu soha til hodisalarining tarqalish o‗rinlarini, ularda tarixiy 
taraqqiyot jarayonida yuz bergan o‗zgarishlarni o‗rganish uchun xizmat 
qiladi. Masalan, turkiy tillar geografiyasi haqida so‗z ketganda, til 
egalarining tarix taqozosi bilan muayyan o‗zgarishlarni o‗z boshlaridan 
kechirishlari, turli joylardan ko‗chib yurishlari va hozirgi vaqtda 
o‗troqlashish sabablarini o‗rganish tushuniladi. Masalan, Turkiyadagi 
aholining qadimda Turkistonda yashab, so‗ngra hozirgi zaminga
ko‗chib ketganliklari va muqim hayot kechirishga o‗tganliklari 
fikrimizning dalilidir.
Lingvogeorafiya lahja va shevalarni o‗rganishda ham ahamiyatlidir. 
Chunki ularning tarixiy taraqqiyot yo‗llarini belgilashda, fonetik, leksik 
va grammatik xususiyatlarini o‗rganishda xalq tarixi va til tarixi bilan 
ularning tarqalgan joylari bilan uzviy bog‗liqlikda tekshiradi. Masalan, 
o‗zaro umumiy xususiyatga ega bo‗lgan Toshkent, Parkent, Pskent, 
Qarnob kabi shevalarning turli joylarda o‗troqlashib qolish sabablari
o‗rganish, ulardagi umumiy til xususiyatlarini va o‗ziga xos tomonlarini 
asos qilib olib, ularning xaritalarini chizib berish hamda lingvistik 
atlasini yaratish muhimdir.
P.Meyer, G.Paris, G.Venker J.Jilyeron, E.Edmon R.I.Avanesov, 
V.M.Jirmunskiy, B.A.Larin, F.P.Filin, M.A.Borodina, N.3.Gadjiyeva 
singari olimlar lingvistik geografiyaning shakllanishi va rivojlanishiga 
katta xizmat qilganlar. 30-40-yillardan boshlab turkiyshunoslar va 
o‗zbek tilshunoslari ham (aslida bu sohaga oid dastlabki qarashlar 
M.Koshg‗ariyning ―Devonu lug‗ati-t- turk‖ asarida mavjud) lingvistik 


134 
geografiyaga, lingvistik atlas tuzish muammolariga diqqatini jalb etdilar. 
V.M.Jirmunskiy, M.Sh.Shiraliyev, N.B.Burganov va L.3.Zalyay, 
G.B.Bakinova, 
N.A.Baskakov, 
L.A.Pokrovskaya, 
E.V.Severtyan, 
Ye.D..Polivanov, V.Reshetov, G‗ozi Olim Yunusov, I.K.Yudaxin, 
A.K.Borovkov, U.Tursunov, A.G‗ulomov, F.Abdullayev, X.Doniyorov, 
A.Y.Aliyev, Q.Muhammadjonov, S.Ibrohimov, Sh.Shoabdurahmonov, 
M.Mirzayev, 
K.Nazarov, 
A.Shermatov, 
A.B.Jo‗rayev 
singari 
olimlarning bu muammoga bag‗ishlangan qator asarlari maydonga 
keldi.
91
Bu tadqiqotlar lingvistik geografiyaning nazariy asoslarini 
belgilab berishda muhim ahamiyatga ega.

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin