138
xossasini
o‗rganishda;
biologiya
bilan
nutq
tovushlarining
artikulyatsion xususiyatlarini izohlashda, tibbiyot bilan nutqiy afaziya
masalalarini o‗rganishda aloqadorlik seziladi. Boshqa fanlar bilan esa
tilshunoslik o‗ta zich munosabatdadir. Masalan, falsafa tilshunoslikning
barcha masalalari bilan uzviy aloqada.
Tilshunoslikning boshqa fanlar bilan munosabatini o‗rganish
natijasida hozirgi kunda fanlar sistemasida ikki fan oralig‗idagi
yo‗nalishlar maydonga keldi. Mentalingvistika (tilshunoslik va falsafa
munosabati), kognitiv tilshunoslik (gnoseologiya), etnolingvistika
(etnografiya va tilshunoslik munosabati), psixolingvistika (psixologiya
va tilshunoslik munosabati), paralingvistika (semiotika bilan tilshunoslik
munosabati), neyrolingvistika (tibbiyot, fiziologiya bilan tilshunoslik),
sotsiolingvistika (til va jamiyat aloqasi), lingvokulturologiya (inson-
madaniyat-til munosabati), psixolingvistika (til va shaxs ruhiyati
munosabati) kabi yo‗nalishlar shular jumlasidandir.
Shuni ta‘kidlash zarurki, tilshunoslik boshqa fanlar bilan qanchalik
munosabatda bo‗lmasin, o‗z tadqiqoti obyekti va tadqiqot chegarasiga
ega bo‗lgan mustaqil fan sifatida fanlar sistemasida qat‘iy o‗rniga ega.
Dostları ilə paylaş: