Vi bob. Strategik va taktik rejalashtirish, marketing nazorati


 Marketing strategiyalarini bozordagi real sharoit bilan



Yüklə 274,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/13
tarix08.04.2023
ölçüsü274,89 Kb.
#95157
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
6-mavzu (2)

6.3. Marketing strategiyalarini bozordagi real sharoit bilan 
taqqoslash tahlili 
Talab bilan bog‘liq tashqi marketing strategiyasida bozordagi 
vaziyat talab tavsifini yoki kompaniyaning ular bilan mos holda o‘zgar-
tirishga yo‘naltirilgan strategiyalar qabul qilishini talab etadi. 
Agar bozorda salbiy talab mavjud bo‘lsa (bozor firma taklifini rad 
etadi), konversion marketing strategiyasi talab etiladi. Strategiyalarning 
maqsadi – tovarlarni olib kirish va sotish, ushbu kompaniyaning tovari 
salbiy qabul qilinganda uni ijobiyga aylantirish uchun qulay sharoitlar 
yaratishdan iborat.
Tovar qiymatga ega emas, deb qabul qilinsa yoki bozor yangilik-
ning paydo bo‘lishiga umuman tayyor bo‘lmasa, stimullovchi (rag‘bat-
lantiruvchi) marketing talab qilinadi.
Potensial talab vaziyatida, ya’ni marketing tadqiqotlari jarayonida 
bu vaziyat aniqlansa, bozorda hali paydo bo‘lmagan yana bir tovar 
uchun talabni shakllantirish kerak. Kompaniya rivojlanayotgan
marketing strategiyasini tanlaydi va talabni shakllantirish va uni 
potensialdan realga aylantirish uchun marketingning mos keluvchi 
kompleksini ishlab chiqadi. Bunday strategiya, masalan, mobil aloqaga 
talabni shakllantirish uchun foydalanilgan. 
Agar talabning tushib ketayotgani kuzatilsa, talabning tushish 
sababiga bog‘liq bo‘lgan remarketing strategiyasidan foydalaniladi. Shu 
bois, amaliy harakat diapazoni tovar, narx, savdo yoki kommunikatsion 
siyosatga, yangi bozorlarni o‘zlashtirish yo‘li bilan tovarning hayot sikli 
uzaytirilgunga qadar harakatlarga o‘zgartirishlar kiritish bilan variatsiya-
lanishi (variantlarga ajratilishi) mumkin. 
O‘zgaruvchan (doimiy bo‘lmagan, mavsumiy) talab sinxromar-
keting strategiyasi vositasi bilan tenglashtiriladi. Sinxromarketingning 
vazifasi – talabning holatini ishlab chiqarish imkoniyatlari va mahsulot 
chiqarish ritmiga (xizmatlar taklifi) mos holga keltirish. Masalan, 
muzqaymoqni qahvaxonalarga tarqatish yil davomida unga talab 


133 
bo‘lishini ta’minlaydi. Ayrim xizmatlarga talabni tenglashtirishda 
iste’molchilarning qulay tanlangan motivatsiya usullari katta rol 
o‘ynashi mumkin. Agar talab xaridorning odatlari va an’analari bilan 
bog‘liq bo‘lsa, uning xarakterini o‘zgartirish ancha qiyin. 
Agar talab taklifdan birmuncha yuqori bo‘lsa (haddan ortiq talab), 
ya’ni u kompaniya ishlab chiqarish imkoniyatlariga ko‘ra qondirila 
olmaydi yoki tovarning bir xilligini saqlab qolish xohlanganda savdo-
ning rag‘batlantirilishini to‘xtatilishini, narx oshmasligi, reklamalarning 
qayta ko‘rib chiqilishini ko‘zda tutuvchi demarketing strategiyasi talab 
qilinadi. 
Agar talabning holati kompaniyani to‘liq qondirsa, o‘zi uchun 
optimal darajada bo‘ladi, bunda saqlab turuvchi marketing kerak bo‘ladi. 
Bu strategiya talabning ushbu darajasini mikro va makromuhit 
o‘zgarishlariga javoban ham saqlab turuvchi choralarni o‘z vaqtida 
qo‘llashni ko‘zda tutuvchi strategiyadir (talablarning o‘zgarishida, yangi 
raqobatchilar paydo bo‘lishida). 
Qarshi (teskari) harakat qiluvchi marketing strategiyasi irratsional 
(butun son bilan ham, kasr son bilan ham hisoblab bo‘lmaydigan) 
talabning pasayishiga yoki unga qarshi harakatlanishiga yo‘naltirilgan 
(masalan, sigaretga, spirtli ichimliklarga talab). Bu holatda firmaning 
kommunikatsion faoliyati sog‘lik uchun zararli yoki jamiyat uchun 
muvaffaqiyatli (oilalar) tovarlarni ko‘rsatishga yo‘naltirilgan. Shuning-
dek, mahsulotni inson organizmiga salbiy ta’sir etishini pasaytirish 
maqsadida ishlab chiqarishni modernizatsiyasi ham o‘tkazilishi mumkin. 
Shunday qilib, firmaning tovar va bozor o‘rtasidagi balansini saqlab 
qolish zarurati aniq marketing maqsadlarini ilgari suradi va mos 
keluvchi marketing strategiyalarini talab qiladi. 
Marketing strategiyalari, aytib o‘tilganidek, ma’lum omillar 
ta’sirida shakllanadi. Eng avvalo, marketing strategiyasini tanlash 
rahbarlarning tashkilotning ichki muhiti haqida ham, tashqi muhiti 
haqida ham chuqur tasavvurga ega bo‘lishini talab qiladi. Bunda ichki 
muhit tashkilotning kuchli va kuchsiz tomonlarini ochish uchun, tashqi 
muhitni esa tashkilot o‘z marketing maqsadlari va strategiyalarini 
aniqlashda hisobga olishi kerak bo‘lgan imkoniyatlar va xavflarni oldini 
olish uchun o‘rganiladi. 


134 

Yüklə 274,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin