139
qilish
tobora qiyinlashib bormoqda, chunki bir tovar yoki marka
barchaning ehtiyojini qondirishiga erishish juda kamdan-kam hollarda
yuz beradi.
«Differensiallanmagan marketing» strategiyasiga ko‘ra firma
bozorni to‘liq qamrab olish strategiyasini
ham qabul qiladi, biroq bu
safar bozor har bir segmentga moslashtirilgan dasturlar yordamida
qamrab olinadi. AQShdagi «Djeneral Motors» (General Motors)
firmasining yondashuvi shunday ediki, firma har bir «hamyon,
maqsad
va shaxs»ga mos keladigan avtomobil borligini reklama qilar edi.
O‘zbekiston bozorlarida ARTEL firmasi differensiallangan marketing
strategiyasini amalga oshirmoqda. Firma ushbu strategiyaga ko‘ra
O‘zbekiston iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida individuallashgan
mahsulotlarni taklif qilmoqda. Bu strategiya firmalarga o‘z individual
narx, savdo va kommunikatsiya strategiyalariga ega bo‘lgan
bir necha
segmentlarda ishlashga imkon beradi. Bunda firma har bir segmentda
katta bozor ulushini egallab olishni mo‘ljallashi mumkin.
Differensiallangan marketing har doim ham butun bozorni qamrab
olishni ko‘zda tutavermaydi. Differensiallangan marketing strategiyasi
yuqori
investitsiya, ishlab chiqarish va boshqarish xarajatlarini talab
qiladi, shuning uchun u yirik korxonalar uchun zarur.
Mahsulot differensiatsiyasi turli bozorga chiqishning keng imko-
niyatidir. Bubirinchi navbatda tovar taqsimlashda diversifikatsiya
strategiyasini olib borishga asoslanadi.
Dostları ilə paylaş: