22
Arablar harbiy harakatlar natijasida aholining bir qismi halok
bo’ldi, bir qismi asirga olindi. Barcha shahar va qishloqlarda o’z harbiy
garnizonlarini joylashtirgan arablar, shu harbiy kuchlarga tayanib
aholidan turli soliqlar undirishar, ularni turli jamoa ishlariga safarbar
qilishar edi.
1
Arab qo’shini o’nlik tizimi asosida tuzilgan. Eng yirik harbiy
qo’shilma soni 10 ming kishidan iborat bo’lib, uning tepasida amir
turgan. Bu qo’shin 10 ta harbiy qismdan tashkil topgan. Ular
yuzliklarga ajratilib, tepasida maxsus boshliqlar bo’lgan. Har bir
yuztalik ikkita ellik kishilik qismga ajratilgan. Eng kichik harbiy
bo’linma o’nlikdan iborat bo’lgan.
Arab qo’shini safarga chiqqanda uning tarkibiy tuzilishi avang’or,
asosiy kuchlar va arergarddan iborat bo’lgan. Masalan, 636-yilning
bahorida Said ibn Abu Baqqos sosoniylar qo’shinini o’nta jangovar
guruhga ajratib, ular tepasiga tegishli qo’mondonlarni qo’ygan. Quyida
musulmonlarning ana shu o’nta guruhning nomlari keltiriladi: a) al-
muqadama, avangard. b) al-maymana, o’ng qanot. v) al-maysara, so’l
qanot. s) al-qalb, markaz. d) as-soqa, qo’shining orqa tomoni. e) at-
talay, razvetka maqsadida foydalaniladigan kichik otliq bo’limma. j) ar-
rajl, k) ar-rukban, yuklarni tashish uchun mo’ljalangan tuyalar karvoni.
g) al-mujarrad, nayzalar bilan qurollangan zahiradagi maxsus otliq
qism. y) al-muramiya, kamonchilar qismi.
Dostları ilə paylaş: