Xazinador-devon mustavfini boshqargan bo’lib uning ixtiyorda
hisobchilar, munshiy va kotiblar, daftardorlar bo’lgan.
Sohibi al-barid-davlat elchilik va hokimlar ustidan maxfiy
nazorat ishlarini bajargan.
Muxtasib-bozorlarda tosh-tarozi va narx-navolarni, ayni vaqtda
aholi tomonidan shariat qonun-qoidalariga rioya qilinishini nazorat
qiluvchi shaxs bo’lgan. Aniqlangan har qanday holat bo’yicha
jinoyatchilar va tartibbuzarlar o’sha joyning o’zidayoq jazoga tortilgan.
Mushrif-xazina kirim-chiqimi va boshqa muhim davlat ishlarini
nazorat qilgan.
Shayxulislom-davlatdagi barcha din bilan bog’liq masalalarni
rahbari hisoblangan.
Ustod-davlatdagi
barcha
ruhoniylar
rahbari
keyinchalik
shayxulislom nomi bilan tilga olingan.
Xatib-ustoddan so’ng o’z lavozimi bo’yicha turadigan diniy
lavozim. U jome’ masjidlarida juma namozida xutba o’qish huquqiga
ega bo’lgan.
Davlatda faoliyat yuritgan devonning nomlari va vazifalari. Vazir devoni yoki xojayi kalon-eng muhim devon. Ushbu devon
bosh boshqaruv mahkamasi ahamiyatiga ega edi, ya’ni davlatning
barcha siyosiy va xo’jalik muassasalari ustidan nazorat qilgan, devonlar
boshliqlariga rahbarlik qilgan.
Mustavfiy devoni-davlatdagi moliyaviy va davlat xazinasi
ustidan nazorat qilgan.
Devoni ar-rasoyil-hujjatlarni rasmiylashtirish devoni. Ushbu
devon davlat hujjatlarni ishlab chiqish va diplomatik aloqalar bilan
shug’ullangan.
Devoni sohibi al ushrot-ushbu devon maxsus saralangan harbiy
qismlarga boshchilik qilish, ularning tayyorligi, tartib intizomi, oziq-
ovqat, xo’jalik va moliyaviy ta’minoti ishlari bilan shug’ullangan.