29
O’z hukmdorlik yerlarida mustahkam tartib saqlanishini xohlagan
Abdulloh ibn Tohir o’ziga qarshi har qanday harakat yoki
qo’zg’oloning oldini olishning eng muhim usuli-soliq yig’uvchilarning
suiste’molliklariga yo’l qo’ymaslikda deb hisoblar edi. U turli
soliqlarning miqdorini kamaytirmagan bo’lsa-da, soliqlar yig’ishda
turli jinoiy ishga qo’l urganlarni jazolar edi. Amal va mansab
egalarining o’zboshimchaligini oldin olish va davlat xazinasiga ziyon
yetkazmaslik maqsadida Abdulloh o’z qo’l ostidagi o’ziga sodiq
kishilar orasidan ayg’oqchilar tanlab, ularning xizmatidan foydalanar
edi. Bunday maxfiy shaxslar joylarda hukmdorlarning yurish-turishi,
har bir mansabdorning Abdulloh oldidagi majburiyatlarini qay darajada
bajarishlari xususida noibga xabar yetkazib turishgan. Demak, amaldor
xoh viloyat hokimi bo’lsin, xoh yirik dehqon bo’lsin, Abdullohning
nazorati ostida bo’lgan.
Tohiriylar davlati ko’p sonli bilimdon amaldorlarga muhtoj edi.
Shu bois Abdulloh ibn Tohir aholining barcha qatlamlari ma’lumot
olishini ta’minlashga harakat qiladi. Manbalarning ma’lumot
berishicha, Abdulloh otasi Tohir singari shoir bo’lgan. Abdullohning
Marv, Amul va Xorazmni boshqarib turgan jiyani Mansur o’zining
falsafiy asarlari bilan mashhur bo’lgan. Abdullohning o’g’li Tohir II
ham otasidan o’rnak olishga harakat qilgan.
Umuman, Abdulloh va Tohir II hukmronliklari davri mahalliy
madaniyatning
qayta tiklanish davri bo’ldi. Ammo, bu o’ta murakkab va qiyin jarayon
edi. Gap shundaki, Tohiriylar sulolasi vakillarining o’zlari, xususan,
Abdulloh ibn Tohir o’zining arab madaniyatiga xayrixohligini ta’kidlar
edi. Shunga qaramasdan bizga qadar yetib kelgan ayrim yozma
manbalar va moddiy ashyolar mahalliy madaniyat rivojidan dalolat
beradi.
Dostları ilə paylaş: