16
2-MAVZU: ARABLAR XALIFALIGINING DAVLAT
BOSHQARUV TIZIMI, HARBIY VA SIYOSIY TARIXI.
Reja:
1. Arab xalifaligining siyosiy tarixi.
2. Arablar davrida davlat boshqaruvidagi lavozimlar va unvonlar
ta’rifi.
3. Mahalliy boshqaruvdagi mansab va unvonlar.
4. Arab xalifaligi davri harbiy san’ati va jang taktikalari.
5. Xalifalarning hukmronlik yillari.
Tayanch iboralar:
Xalifa, Ummaviylar, Abbosiylar, amir, ministr, Qutayba, Hijoz, Abu
Muslim, Poykand, Yazid, Xunez, movarounnahr, qirot, sadr, said,
“yordam kuni”, samum.
Arab xalifaligining siyosiy tarixi.
VI asrning birinchi yarmida Arabiston yarimorolida asosini
ko’chmanchi seliy qabilalari tashkil etgan Arab xalifaligi paydo
bo’ladi. Arabiston yarim orolida islom dinini yoyish orqali
mustahkamlangan bu davlat VII asrning boshlaridan boshlab o’z
hududlarini g’arb va sharq tomonga kengaytirish harakatini boshladi.
Xususan, 642-yilda Naxavanddagi jangda Eron sosoniylari tor-mor
etilgach O’rta Osiyo yerlariga hujum uchun imkoniyat yaratiladi.
1
650-yilda arablarni Sug’diyona, Toxariston, Xorazmning hosildor
yerlari o’ziga jalb etdi. Avvaliga ular Xurosonda talonchilik
yurishlarini boshlashdi.
2
Ubaydulloh ibn Ziyod boshchiligida 651-yilda
Marvni egallash bilan boshlandi. Arablar Amudaryodan shimolda
joylashgan yerlarga “Movarounnahr”, ya’ni “daryoning ortidagi yerlar”
deb nom berishadi. Narshaxiy va arab muallifi Yoqut bergan
ma’lumotlarga ko’ra, Muhammad payg’ambarning shaxsan o’zi
Movaraunnahrni bo’ysundirishni muqaddas deb hisoblagan va islomga
e’tiqod etuvchilarni bu muqaddas ishga da’vat etgan. 652-yilda arablar
Balx shahrini egallashga muvaffaq bo’ldilar. O’sha yili Amudaryodan
o’tib Movaraunnahrga hujum qilish rejasi arablar uchun
1
Эшов.Б. Ўзбекистон давлатчилиги ва бошқаруви тарихи. -T.: 2012. -Б.151.
2
Асқаров.A. Ўзбекистон халқлари тарихи. -T.: “Фан”, 1992. -Б.72.
17
muvaffaqiyatsiz tugaydi. Ammo, Xuroson noibi Abdulloh ibn Amir
652-yilda Chag’aniyonni egallashga muvaffaq bo’ldi. Bu esa ilk bor
Movarounnahr yerlarini egallash edi. 654-yilda Sug’ddagi Maymurg’
qal’asiga arablarning birinchi hujumi bo’ladi. 657-yilda arablar
Chag’aniyonga qayta yurish qilib eftalitlarga kuchli zarbalar berdilar.
Arablar keng miqyosidagi hujumlarga tayyorgarlik ko’ra boshlagan
edilar. Manbalarning ma’lumot berishicha, Movarounnahrga yurish
qilishdagi harbiy-siyosiy tayyorgarlikdan biri xalifalikning Basra va
Kufa shaharlaridan 50 ming arab oilasi ko’chirib keltirilishi va
Xurosonning turli shaharlariga garnizon sifatida joylashtirilishi bo’ldi.
673-yilning oxiri 674-yilning boshlarida arablarning Xurosondagi
noibi Ubaydulloh ibn Ziyod Movarounnahrga hujum qilib Romitan va
Poykandni
egallaydi hamda Buxoro shahrini qamal qiladi. Ammo, buxoroliklar va
turklarning ittifoqchi qo’shinlaridan qattiq qarshilikka uchragach, sulh
tuzishga majbur bo’ladi.
676-yilda Xurosonning yangi noibi Said ibn Usmon Buxoroga
yurish qilib Buxoro malikasi Xutakxotun qo’shinlarini tor-mor etadi va
Samarqandga hujum boshlaydi. Ammo, bir oy davom etgach bu
urushda sug’diylar arablarga qattiq qarshilik ko’rsatdilar. Natijada
arablar sulh tuzib orqaga qaytadilar va yo’l-yo’lakay Termizni talon-
taroj etadilar. 683-yilda xalifa Yazid vafot etganidan so’ng xalifalikda
toj-u taxt uchun kurash boshlanib ketadi. Bunday vaziyatda arablar
yana Movarounnahrga hujum qilishdan deyarli to’xtab, o’z ichki
nizolari bilan band bo’lib qoladilar. Xalifa Abdulmalik ibn Marvon
(685-705-yil) davrida o’zaro ichki kurashlarga chek qo’yilib arablar
Movarounnahrga jiddiy harbiy harakatlar boshladilar. Umuman
olganda, arablarning yarim asr davomida Xuroson noiblari Abdulloh
ibn Amir, Ubaydulloh ibn Ziyod, Sayd ibn Usmon, Salmo ibn Ziyod
kabilar tomonidan uyushtirilgan hujumlar talon-taroj qilish, o’lkadagi
harbiy-siyosiy vaziyatni o’rganish, boyliklarini olib ketish maqsadida
uyushtirilgan edi. 705-yil Qutayba ibn Muslim Xuroson noibi etib
tayinlangach, Movarounnahrni butunlay bosib olish harakati
boshlanadi. O’rta Osiyodagi siyosiy parokandalik va kichik
davlatlarning bir-birlari bilan tez-tez nizolarga borib turishi Qutaybaga
18
nihoyatda qo’l kelgan edi.
1
706-yilda u katta qo’shin bilan
Movarounnahrga yurish boshladi va Poykand shahri 15 kunlik
qamaldan so’ng egallandi. Arablarga qarshi turklar, sug’diylar
umuman, mahalliy aholi o’zaro ittifoq tuzishga erishgan bo’lsa-da,
Qutayba nayrang yo’li bilan bu ittifoqni buzishga muvaffaq bo’ldi va
708-709-yillarda Buxoro va uning atroflariga bir necha marta yurishlar
qilib Buxoroni zabt etdi.
2
Qutayba 710-yilda Shuman, Nasaf va Keshni
egalladi. 710-712-yillarda Samarqand ixshidi Tarxun va Xorazmshoh
Hurzod Qutayba bilan sulhi tuzib unga yirik miqdorda boj to’laydilar.
Ammo, Samarqand aholisining tovon to’lashga qarshilik ko’rsatishi,
norozolik natijasida Tarxunning taxtdan ketishi va o’limi, Sug’d
podshosi va Samarqandga hujumlari uchun bahona bo’lgan edi.
Shuningdek, Qutayba “Tarxunning o’limi uchun qasd olaman”, deb
e’lon qildi va Samarqandga hujum uyushtirib, 712-yilda uni bosib oldi.
Mug’ tog’i hujjatlarining ma’lumot berishicha, 712-713-yillarda
So’g’d, Choch, Farg’ona va Panjikent hokimlari arablarga qarshi ittifoq
tuzib vaqtincha g’alabalarga erishgan bo’lsada Qutayba bu ittifoqqa
rahna solib ularni tor-mor etishga muvaffaq bo’ldi. 714-yilda Qutayba
ibn Muslim turklardan kelayotgan yordam kuchini to’xtatib qo’yish
maqsadida Choch vohasiga qayta bostirib kirdi va Isfijobni egalladi.
715-yilda Qutayba Farg’onaga ikkinchi marotaba yurish uyushtiradi.
3
Shu yili Qutayba o’ziga dushman bo’lgan xalifa Sulaymonga qarshi
isyon ko’taradi va mag’lubiyatga uchrab, o’ldiriladi. Shunday qilib,
arablar qisqa muddat ichida Movarounnahr hududlarini bosib oldilar-u,
buning sabablari quyidagilar edi:
O’lkada hukm surayotgan siyosiy tarqoqlik va mahalliy
hukmdorlarning o’zaro kurashlari arablarga juda qo’l kelgan edi.
Chunki, parokanda va siyosiy jihatdan tarqoq hududlarni alohida-
alohida zabt etish Qutayba uchun qulay edi.
O’zaro birlashish harakatida bo’lgan va ittifoqchilik uchun
harakat qilgan mahalliy hokimlar orasiga Qutayba turli nayranglar bilan
rahna solishga erishgan edi.
1
Сагдуллаев.A, Аминов.Б, Мавлонов.Ў, Норқулов.Ҳ. Ўзбекистон тарихи: Давлат ва
жамият тарихи I-Қисм. -T.: “Академия”, 2000. -Б.72.
2
Эшов.Б. Ўзбекистон давлатчилиги ва бошқаруви тарихи. -T.: 2012. -Б.152.
3
Сагдуллаев.A, Аминов.Б, Мавлонов.Ў, Норқулов.Ҳ. Ўзбекистон тарихи: Давлат ва
жамият тарихи I-Қисм. -T.: “Академия”, 2000. -Б.73.
19
Arablar o’zaro kurashayotgan hokimlarning biriga ikkinchisini
yengishi uchun yordam ko’rsatib, keyin ularning har ikkisini ham birin-
ketin bo’ysundiradilar. Misol uchun, Sug’dni zabt etishda Qutayba arab
qo’shini bilan bir qatorda Xorazm, Buxoro va Nasafning kuchlaridan
foydalangan edi.
Arablar Movarounnahrga qadar juda katta hududlarni bosib
olgan bo’lib, katta boylik va harbiy zahiralarga ega edilar. Arablar
qo’shiniga muntazam ravishda bosib olingan yerlar va ichki
viloyatlardan yangi harbiy kuchlar safarbar qilinib turilar edi.
1
Muhammad (s.a.v) ning amakilari Abbos avlodlari. Abu Muslim
qo’zg’oloni natijasida hokimiyat tepasiga kelgan. Dastlabki poytaxti-
Kufa shahri “Saffoh” (“Xunez”) laqabi bilan mashhur bo’lgan Abul
Abbos Abdulloh sulolalarning birinchi xalifasi edi. Ikkinchi xalifa
Saffohning ukasi Abu Ja’far Mansur (754-775) Bag’dod shahriga asos
solib, poytaxtni shu yerga ko’chirdi. Buxoro amiri buyrug’i bilan
musulmonlar 776-yil aprelida katta qo’shin bilan Narshax devorlari
tagiga keldilar. 783-yilda Muqanna joylashgan qal’ani egallaydilar.
2
Shu qo’zg’olonlar orqali xalifalik inqirozi seziladi. IX asrning ikkinchi
yarmidan boshlab abbosiylar xalifaligi zaiflasha boshladi. X asrning
boshiga kelib faqat Bag’dod va uning atroflarigina siyosiy hokimiyat
abbosiylar qo’lida qoladi. Harbiy kuchlar turk sarkardalariga qo’liga
o’tadi. Ular xohlagan vaqtlarida xalifalarni almashtira olar edilar. X
asrning o’rtalariga kelib abbosiylar siyosiy hokimiyatni tamoman
qo’ldan boy berib, musulmonlarning diniy xalifasigina bo’lib qoldilar.
Erondagi buvayhiylar (945) Bag’dodni o’z qo’liga oldi, lekin ular
abbosiylarning mavqei bilan hisoblashar edi. Bag’dod saljuqiy-
sunniylar tomonidan bosib olingandan keyin abbosiylar siyosiy
hukmronligi qisman tiklandi va dinning mavqei mustahkamlandi. 1258-
yil mo’g’ullar Bag’dodni vayron qilib, abbosiylarni tamoman tor-mor
keltirdi. Mo’g’ul xoni Xuloku buyrug’i bilan abbosiy xalifalarning
so’nggisi-Mustasim qatl etildi. Abbosiylar sulolasining qolgan vakillari
esa Misrga qochdi.
Dostları ilə paylaş: |