A. I. To’rayev, F. F. Axrorov, M. M. Rahmatov


Amir-qo’shin rahbari va bosqinchilik paytida hukmdorning  ma’lum hududidagi rahbari.  Chashnegir



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/56
tarix09.04.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#95294
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   56
Amir-qo’shin rahbari va bosqinchilik paytida hukmdorning 
ma’lum hududidagi rahbari. 
Chashnegir-sultonning ovqatlanishiga ma’sul shaxs hisoblanadi. 
U dasturxon yozilganda sulton taomlaridan zaharlanmasligi uchun o’zi 
birinchi bo’lib tatib ko’rar edi. 
Miroxur-sulton otxonalari boshlig’ining lavozimi. U sultonga 
qarashli minib yuriladigan otlarga egalik qilgan. Miroxurlar harbiy 
yurishlarda ham faol ishtirok etganlar. 
Tashtdor-sulton hammomlari va hovuzlarining boshlig’i. Uning 
qo’l ostida bir necha g’ulom bo’lgan. Tashtdorlar sultonga juda yaqin 
odamlar bo’lgan. 
A’lamdor-sulton bayrog’ini tutuvchi. 
Otabek-bu unvon bosib olingan davlatlarda vazirlik mansabiga 
teng bo’lgan. Otabek mansabi dastlab Alp Arslon davridan boshlab 
joriy qilingan. Keyingi sultonlar davrida ham bu unvon yetakchilik 
qildi. Shahzodalarni tarbiyalovchi inson hisoblanadi va keyinchalik 
bosh vazir lavozimiga teng yuritiladi. Otabeklar turkiy qullardan 
chiqqan sarkardalar bo’lib dastlabki paytlarda ular shahzodalarga 
tarbiyachilik qilganlar. Eron al-Jazira va Suriyada sultonlarning harakat 
ko’lamini mahlalliy otabeklar cheklab turdilar. O’sha paytdagi 
musulmon Yaqin Sharqining tarixida otabeklar katta kuch edilar.
1
Voliy-viloyat boshqaruvi qo’lida bo’lgan. Ular o’z hududiga 
tegishli barcha sohalarga boshchilik qilganlar. Ular huzurida alohida 
idoralar bo’lgan. Voliylar hukmdor orqali lavozimga tayinlanganlar. 
Shahar boshliqlari ham shaharga tegishli barcha masalalarga, harbiy 
sohadan tashqari, boshchilik qilganlar. 
1
Босворт.К.Е. Мусулмон сулолалари. -T.: “Fan”, 2007. -Б.90. 


58 
Shihna- “Harbiy hokim” deb yuritilgan. Shahardagi tartib va 
nazoratga olish bilan shug’ullangan. 
Noib-shihna yordamchisi bo’lgan. Ularning vazifalari: tartibni 
buzganlarni imomlardan maslahat olib jazolash. Yana bir vazifasi 
joylardagi tartibni nazorat qilganlar. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin