Devoni ishraf-bu devon davlat idoralarini taftish qilib turgan.
Boshlig’iga “sohibi devoni ishraf” yoki “mushrif” deyilgan.
Devoni arz-bu tashkilot qo’shin boshqaruvi, harbiylarning
iqtolari, daromadlari, maoshlari va harbiy qismlarga anjomlarining
qaydi va nazorati bilan shug’ullangan. Bu devonning boshlig’iga
“sohibi devoni arz” yoki “ariz” ham deyilgan.
Devoni nazr-moliyaviy masalalar bilan shug’ullangan. Devoni
nazrning boshlig’iga “nozir” deyishgan.
Xorazmsholar davlatining harbiy san’ati.
X asrgacha Xorazmshohlar davlatining harbiy tayanchi bo’lib
kelgan Xorazm og’ir qurollangan otliq qo’shini endilikda o’z
ahamiyatini yo’qotgan edi. Agarda XI asrda Somoniylar va Saljuqiylar
saltanati kabi Xorazm qo’shinida bir qancha muddat “g’ulomlar”
gvardiyasi (qullar gvardiyasi) katta rol o’ynagan bo’lsa, XII-XIII
asrlarga kelib xorazmshohlarning asosiy harbiy kuchini yollanma va
ittifoqchi turkiy harbiy qismlar-asosan xorazmshohlar saroyi bilan
quda-andachilik munosabatlari o’rnatgan qabila boshliqlari va ular
mansub bo’lgan qang’li va turkman qabilalari tashkil etadi.
1
Butun XII asr mobaynida Xorazmshohlar mana shu qabila
aristokratiyasidan doimiy suratda o’zlariga xotin olganlar. Shunisi
e’tiborga loyiqki, Xorazm hukmdori qadimgi xorazmiy unvoni bo’lgan
“xorazmshoh” va arabcha- “sulton” deb atalsa, xorazmshohning
birinchi xotini Turkiy unvon “xotun” nomi bilan mashhur bo’lgan.
Saljuqiylardan mustaqil ajralib chiqish uchun kurashning
boshlanishidan tortib to davlatning tanazzul topishiga qadar
xorazmshohlar muntazam qo’shinga ega bo’lganlar va uni to’ldirish,
qurol-aslaha bilan ta’minlash ularning asosiy tashvishi bo’lib kelgan.
Xorazmshohlar qo’shini yaxshi ta’lim olgan, turli qurol- yarog’lar bilan
1
Ҳaсанов.Ф. Турон халқлари ҳарбий санъати. -T.: “Давлат илмий нашриёти”, 2018. -Б.
282.
86
qurollangan. Uning sarkardalari esa harbiy harakatlar paytida bir necha
bor jasorat va tajribali ekanliklarini namoyish etganlar.
Davlat barpo etilayotgan davrda xorazmshohlar to’plagan qo’shin
jangari turkiy qavmlardan tashkil topgan. Harbiy bo’linmalar va
qismlar qabilaviy belgiga ko’ra shakllangan. Hatto davlat ravnaq
topgan paytda ham, qachonki qo’shinga boshqa qabila va xalqlarning
vakillari olinadigan bo’lganda ham turkiy qabilalar asosiy va bosh
zarbdor kuchni tashkil qilganlar.
Manbalarning xabar berishicha, xorazmshohlar saltanatda
umumiy majburiy harbiy ta’lim tizimini joriy etganlar. Zakariyo Al-
Qazviniy davlatning poytaxti Gurganch shahri haqida bunday deb
yozadi: “Bu ko’p sonli aholisi bo’lgan ulkan shahar va uning barcha
aholisi, hatto ko’katchilar, qassoblar, nonvoylar va bazzozlar ham
jangchilardir. Sulton Muhammad ibn Takash qoraxitoylar bilan bo’lgan
janglardan birida qo’shini mag’lubiyatga uchragandan so’ng shaharga
yashiringan. Sulton ozgina kishilar bilan ulardan qochgan. Uning
jangchilari ozligini hech kim payqab qolmasligi uchun u shaharga
kechasi kirgan. Tong otganda esa u shahardan 30 ming otliq
hamkorligida chiqib dushmanga qarshi tashlangan.”
Boshqa bir muallif Xorazmning eng mahobatli qo’rg’onlaridan
bo’lgan Hazorasp qal’asi haqida “uning aholisi jang-u jadal yulduzi
ostida tug’ilib, nayza va shamshir sutini emganlar”, deydi.
Xorazmshohlarning muntazam qismlardan tashqari shaxsiy
gvardiyasi (xaros) ham bo’lib, u mamluklardan tarkib topgan. Bunday
gvardiyani ilk bor xorazmshoh Takash joriy qilgan. Alouddin
Muhammadning bunday qismi tarkibida 10 ming kishi bo’lgan.
Xarosdan xorazmshoh va uning xonadonini qo’riqlash, jazo
ekspeditsiyasi sifatida, savdo karvonlarini qo’riqlash maqsadlarida
foydalanilgan.
Janggovar harakatlar boshlanishi bilan xorazmshohlar xalq
lashkarligiga aholi safarbarligini e’lon qilganlar, lekin yurish paytida bu
lashkarlar hech qanday maosh olmasdan, talonchilik hisobiga
yashaganlar.
Davlat qo’shin boshqaruvining oliy organi devon al-ard bo’lib, bu
devonga sohib devon al-ard rahbarlik qilgan. Manbalardan birida butun
davlatning qo’shin boshqaruvining bosh organi devonparzdor jumla-i
mamolik deb nomlangan.
87
Eng yirik viloyatlarda, shuningdek mahalliy qo’shin boshqaruvi
organlari ham mavjud bo’lgan.
Oddiy qurol-yarog’lar-shamshir, nayza, o’q-yoy, cho’qmor va
kalta nayzalardan boshqa xorazmshohlar qo’shinini katapulta
(manjaniq), qamal mashinalar (dabbobat), “toshbaqalar”, ya’ni
harakatchan minoralar, taranlar va shturm narvonlari (salolim)
bo’lgan.
1
Xorazmshohlar qo’rg’on va qal’alar qurish va ularni
mustahkamlashga katta e’tibor berganlar. Ishtaxr, Ashkanavon va Ilol
qal’alari eng mustahkam qal’alardan bo’lgan. Qal’adagi qo’shinga
mustahfizlar qo’mondonlik qilganlar. Xorazmshohlar davlatida
mirshablik va jazolash vazifalarini shihnalar o’z harbiy qismlari bilan
amalga oshirganlar. Odatda shihna lavozimiga turk lashkarboshilari-
amirlar tayinlangan. Xorazmshohlar o’z shihnalarini barcha zabt etgan
viloyat, shahar va aholi punktlariga tayinlashgan. Jangovar harakatlar
boshlanishi oldidan yoki urush e’lon qilinishidan avval xorazmliklar
bo’lajak harakatlarni muhokama qilish uchun harbiy kengash
chaqirganlar. Unga yirik lashkarboshilar, ulamolar, faqihlar va
munajjimlar taklif qilingan. Biroq bu harbiy kengashlar doimo
qarorning to’g’ri yoki noto’g’riligidan qat’i nazar, xorazmshohning
yakka o’zi qabul qilgan qaror bilan tugar edi.
Xorazmshohlar qo’shinining harbiy harakatlar paytida hujum va
mudofaadagi tuzilishi quyidagicha bo’lgan: avang’or-o’ng qanot-
markaz, so’l qanot-arergard va pistirma. Har bir 10 ming kishilik
qo’shin ortidan jangchilarning oilalari ergashib yurgan. Shu bilan birga
ba’zi janglarda janggovar yarog’-aslahalar bilan qurollangan xotin-
qizlar ham ishtirok etgan.
Turklarda qadimdan mavjud an’anaga ko’ra, qo’shin o’ng va so’l
qanotlarga ajratilgan. Xorazmshohlar davrida qo’shinga oid boshqaruv
ishlari bilan Buyuk devonning bo’limi-devoni arz shug’ullangan.
Davlat xazinasidan olingan mablag’lar va ularning sarfi to’g’risida
barcha yozuvlar shu devonda saqlangan. Saljuqiylarda bo’lgani kabi,
Xorazmshohlar zamonida ham iqto tizimi bor edi. Qo’shinda xizmat
qilgan harbiylarning hammasi ma’lum qiymatdagi iqtolarga ega
1
Ҳaсанов.Ф. Турон халқлари ҳарбий санъати. -T.: “Давлат илмий нашриёти”, 2018. -Б.
287.
88
bo’lishgan. Xususan, katta-kichik sarkardalar, qo’mondonlar va harbiy
valiylarning boy iqtolari bor edi. Katta iqtolar hukmdorning
marhamatiga muvofiq, kamayishi yoki yanada yiriklashishi mumkin
edi. Kichik iqtolar bo’lsa o’zgarmaganlar. Ular ota meros edi. Iqto
egalari chaqirilgan zahoti o’z amirlari qanoti ostiga to’planishar va
yurish tugagach, yana o’z yerlariga qaytib ketishardi. Xorazmshohlar
ya’ni bir o’lkani zabt etgach, u yerdagi darhol iqtolarga bo’linib,
mansabdorlar o’rtasida taqsimlanar va devoni arz daftarida qayd qilinar
edi. Iqto sohiblaridan tashkil topgan ulkan bir suvoriy quvvatlar
Xorazmshohlar mamlakatining turli tomonlariga joylashgandi. Ular
viloyat askarlarini tashkil etardi. Bundan tashqari hukmdorning
gvardiyasi ham mavjud edi. Sulton Jaloliddin, shubhasiz, armiyaning
bosh qo’mondoni edi. Jaloliddin doimo qo’shin boshida borardi, Sulton
goho u yoki bu amirni biror-bir mintaqani fath etish uchun safarbar
qilsada, ko’p o’tmay orqasidan yetib olib, qo’mondonlikni o’z qo’liga
olardi. Jaloliddining bayrog’i qora rangda bo’lgan. Xorazmliklar
bayrog’ining qora rangda bo’lishi Sulton Sanjarning qora bayrog’i bilan
bog’liq.
1
Sulton Sanjar o’limidan so’ng Xoramshohlarning qora rasmiy
ramz tarzida olganligi, ular o’zlarini Buyuk Saljuqiylar saltanatining
qonuniy vorisi deb belgilaganliklarini ko’rsatadi.
Xorazmshohlar o’g’uzlarning bekdili urug’iga mansub bo’lgan.
Shu bois ularning qora bayrog’ida bu ularning tamg’asi aks etgani va
sultonning ism va laqablari yozilganligi tabiiydir.
Jang shakllari maydon jangi, qurshovga olish va muqobil
to’qnashuv tarzida uch xil bo’lgan. Muqobil to’qnashuv kichikroq
miqyosidagi maydon jangidir. Jaloliddin maydon va muqobil janglarda
o’z qo’shinining an’anaviy bir shaklda, ya’ni o’ng, markaz va so’l
qanotga saflagan. Markaz odatda gvardiya qo’shinlaridan iborat edi.
O’ng va so’l qanotlar har holda viloyat qo’shinlaridan tashkil topar edi.
Aksariyat hollarda markaz suvoriylar, o’ng qanot kamonchilar, so’l
qanot piyodalardan tashkil topgan. Jang vaqtida sulton atrofidagi xossi
g’ulomon bilan oldingi safda turishardi. O’zaro ashaddiy dushman
bo’lgan xorazmliklar va mo’g’ullar bir-birining jang tarzini qabul
qilmaganlar. Xorazmshoh qo’shinlari mumtoz tartib va taktika asosida
1
Бобоев.Ҳ. Хидиров.З. Шодиев.Ж. Аҳмедова.М. Ўзбек давлатчилиги тарихи. II китоб. -
T.: 2009. -Б.117.
89
jang qilgan. Mo’g’ullar bo’lsa qismlarini o’zlarining maxsus jang
usulubida ikki qator tizgan holda urushganlar.
Jaloliddin maydon janglarida ham, muqobil janglarda ham
pistirma qo’ygan. Masalan, Qush Temur qo’mondonligi ostidagi
qo’shinlari bilan bo’lgan jangda Jaloliddin bir qancha hujumdan keyin
go’yo qochgan, dushman esa quvlagan. Natijada dushman pistirmaga
tushgasn. Jaloliddin mo’g’ullar bilan bo’lgan janglarda ham pistirma
qo’ygan.
Jaloliddin jangning bosqin shaklini ko’proq Hindistonda
qo’llagan. Bunda har holda askarlarning soni kam bo’lganligi o’z rolini
o’ynagan bo’lsa kerak. Dushman qo’shini bilan ro’baro kelgan Sulton
dushmanning kuch-quvvatini, uning armiyasi qanday kuchlarda tashkil
topganini yaxshi o’rganar va bu quvvatni diplomatik yo’llar bilan
parchalashga harakat qilar edi. Masalan, gurjilar bilan bo’lgan
janglardan birida dushman safida qipchoqlar borligini bilgach, sulton
ularga non-tuz yubordi. Natijada qipchoqlar jang maydonini tashlab
ketdilar. Jaloliddin qamal paytlari manjaniq devorteshar qurollar va neft
moyi ishlatgan. Qamal uzoq davom etgudek bo’lsa, sulton o’z
qo’shinlarini qal’a atrofiga doira shaklida joylashtirar, aldash atrofida
uchun hiyla ham ishlatgan. Masalan, u mo’g’ullarning bayrog’iga
o’xshash oq sanjoq bilan Isfahondan Rayga ketgani ma’lum.
1
Dostları ilə paylaş: |