A. I. To’rayev, F. F. Axrorov, M. M. Rahmatov


Ibriqdor-hukmdor tahorat olgan vaqtda qo’liga suv qo’ygan.  Farrosh-



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/56
tarix09.04.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#95294
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   56
Ibriqdor-hukmdor tahorat olgan vaqtda qo’liga suv qo’ygan. 
Farrosh-sulton o’rin-to’shaklari saqlanadigan farroshxona 
boshlig’i. Uning ixtiyorida gilamlar, chodirlar, poyandozlar, ko’rpa-
to’shaklar bo’lgan. Farrosh va maxsus o’rgatilgan g’ulomlar sulton 
atrofida doimo hozir turar edilar. 
Xorazmshohlar davlatidagi devon faoliyatidagi lavozimlar va 
mansablar. 
Vazir-mamlakatda sultondan keyingi eng yuqori mansabdor 
shaxs bo’lgan. Vazir sultonning bosh maslahatchisi bo’lib, bevosita 
unga bo’ysungan. Vazir rasmiy marosimlarda, davlatlararo aloqalarda, 
mustamlakalarda bilan olib boriladigan muzokaralarda xorazmshoh 
nomidan ishtirok etib, sulton va raiyat (fuqarolar) o’rtasida vositachilik 
qigan. Barcha davlat amaldorlari, jumladan, amirlar, beklar va harbiy 
boshliqlar vazirga bo’ysungan. 
Vazirning vazifalari quyidagilardan iborat bo’lgan: 
-devonxonalar 
amaldorlarining 
boshlig’i. 
Yuqori 
mansabli 
amaldorlarini ishga tayinlagan yoki ishdan bo’shatgan; 
-davlat amaldorlariga nafaqalar (arzak) va moddiy yordam (mavajib) 
joriy etish ishlarini boshqargan; 
-davlat amaldorlarini hayot uchun zaruriy ozuqa va ashyolar bilan 
ta’minlanishi belgilagan;
 -bojxona va xazina faoliyatini nazorat qilgan; 
- sultonga muntazam ravishda hamrohlik qilgan, ba’zi paytlarda 
qo’shin jo’natib ularga boshlilik qilgan. Xorazmshohlar davlatida vazir 
lavozimi dastlab Otsiz hukumatida paydo bo’lgan. 
Nozir-moliyaviy ishlar bo’yicha amaldori. 
Mustavofiy yoki sohibi devoni istifo (daftardor)-davlatdagi 
moliyaviy ishlariga rahbarlik qilgan. 
Mushrif yoki Sohibi devoni ishraf-devoni ishraf rahbari, davlat 
idoralarini taftishlariga rahbarlik qilgan. 
Mustavfiy-mamlakatning chekka o’lkalaridagi moliyaviy ishlar 
rahbariga moliyaviy maslahatchi. 
Munshiy-devoni 
inshoni 
boshlig’i 
bo’lib, 
sultonning 
maktublarini ham yozib borgan. Davlatning tashqi va ichki ishlari 
yuzasidan vasiqalarni hozirlash, aloqani boshqarish uning qo’lida 
bo’lgan. 
Manshur-devoni nazr ishlarini yuritishga ma’sul shaxs. U 
devondan chiqadigan har bir farmon, yorliqni nazorat qilgan.


84 
Muhtasib-shaharning bozorlarini nazorat qilgan va shaharni 
boshqarish bilan bog’liq vazifalarni bajargan, aholining axloqiy ishlari 
bo’yicha kuzatuvchi bo’lgan. Bu mansabga aksariyat hollarda ma’rifatli 
odamlar, faqihlar singari olimlar orasidan imom unvoniga ega 
bo’lganlar qo’yilgan. 
Omil (Amilon yoki ummol)-devonda moliyaviy rahbarlar ichida 
eng kichik vazifa. Har bir tuman, shahar, aholi yashaydigan maskan 
qishloqning soliq yig’ishish bo’yicha rahbari bo’lgan. Viloyatlarda 
vazirdan keying eng nuzufli mansab egasi omil bo’lib, omil “voliy” 
manosida ishlatilgan. Omil boshqaruvchi noib kabi vakolatga ega 
bo’lgan. Voliy keyingi davrlarda yirik urug’ beklari orasidan 
tayinlangan. Ularning qo’l ostida ba’zan qullardan tarkib topgan 
xususiy harbiy qismlar ham bo’lgan.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin