Lizing-agror sohada ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish uslubi



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/36
tarix09.04.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#95386
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36
lizing-agror sohada ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish uslubi sifatida

 
I-bob bo’yicha xulosa. 
Lizing shartnomasining muddati mol-mulkning me’yoriy xizmat 
muddatidan ahamiyati kam, shu sababli lizingga beruvchi mol-mulk qiymatini 
bir shartnomadan keladigan tushumlar hisobiga qoplashni nazarda tutmaydi; 
mol- mulk lizingga ko’p marotaba beriladi; lizingga oluvchi talabnomasi 
bo’yicha olingan mol-mulk emas, balki lizing kompaniyasida mavjud bo’lgan 
mol-mulk beriladi. Boshqacha qilib aytganda, lizing kompaniyasi mol-mulkni 
sotib olar ekan, uning aniq belgilangan foydalanuvchisini bilmaydi. Shu bois, 
tezkor lizingda ixtisoslashtirilgan lizing kompaniyalari yangi bilan bir qatorda 
foydalanishda bo’lgan lizing mol-mulk bozori konyukturasini yaxshi bilish 
lozim; 


41 
• 
texnik xizmat ko’rsatish, ta’mirlash, sug’urtalash bo’yicha 
majburiyatlar lizing kompaniyasining zimmasiga yuklatiladi; 
• 
agar ko’zda tutilmagan vaziyatlarga ko’ra mol-mulk foydalanish 
uchun yaroqsiz holga kelsa, lizingga oluvchi shartnomani bekor qilishi mumkin; 
• 
lizing mol-mulkining tasodifan nobud bo’lish, yo’qotilish, buzilish 
tavakkalchiligi lizing beruvchining zimmasida bo’ladi; 
• 
tezkor lizingda lizing to’lovlarining miqdori moliyaviy lizingga 
qaraganda yuqoriroq bo’ladi, chunki lizingga beruvchi, masalan, mol-mulkni 
qaytadan topshirish uchun mijozlar bo’lmasligi, mol-mulk buzilishi yoki nobud 
bo’lishi bilan bog’liq qo’shimcha tavakkalchiliklarni hisobga olish lozim; 
• 
shartnoma muddati tugagandan keyin, odatda, mol-mulk lizingga 
beruvchiga qaytariladi. 
Yuqoridagi tahlillardan kelib chiqib, lizingning quyidagi turlari 
mavjuddir: bevosita lizing, moliyaviy lizing, operativ lizing va tezkor lizing 
amaliyoti mavjuddir. Biroq, tezkor lizing amaliyoti paydo bo’lganligiga 
qaramasdan, ushbu tushuncha Rossiyaning
me’yoriy – huquqiy asosiga mosligi 
yuzasidan shubhalar qolmoqda. Ko’pchilik ekspertlarning fikri bo’yicha, 
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 587-599- moddalariga muvofiq 
u yoki bu uskuna yuzasidan lizing bitimi faqat bir marotaba, ya’ni u lizingga 
beruvchi tomonidan lizingga oluvchi uchun sotib olingan paytda tuzilishi 
mumkin. Tezkor lizing ashyosi ijaraga oluvchi tomonidan qaytarilgan holatda 
(yoxud u tomonidan moliyaviy lizing muddati tugagunga qadar talab qilinib 
olsa), qaytadan ijaraga berilgan ushbu ashyo joriy ijara ashyosi bo’lib 
hisoblanadi 
Shunday qilib, hozirgi zamonaviy jahon xo’jaligida, lizing munosabatlari 
oddiy ijara munosabatlaridan innovatsion lizing operatsiyalari darajasiga 
ko’tarildi. 

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin