35
yoki olib kelishi mumkinligi ayon bo’lgandan keyingi holatlarda u lizing
kompaniyasining xizmatlaridan foydalanishi mumkin;
•
u lizing kompaniyasidan uskunaning to’liq
qiymatini oladi, Ushbu
uskunaga egalik qilish va foydalanish huquqini saqlab qolgan holda uni sotib
olish uchun sarflangan mablag’larni qaytaradi;
•
u o’ziga kerakli bo’lgan uskunaga ega bo’lgan
va undan
foydalangan holda lizing kompaniyasi bilan muzokaralarni olib borishi mumkin
(ushbu muzokaralar ayrim hollarda uzoq muddatli cho’zilishi mumkin).
•
ijara to’lovlari korxonaning soliqqa tortiladigan foydasidan
chegiriladi va joriy tezkor xarajatlar kabi
hisobga olinadi;
•
ijaraga oluvchidan bank kreditini olishdan kamroq qo’shimcha
kafolatli ta’minot taqdim etilishi talab qilinadi (aksiyalar, obligatsiyalar, bank
kafolati yoki kafolatlarning qandaydir boshqa shakllari).
Shunday qilib, uskuna sotib olish paytida qandaydir sabablarga ko’ra
lizing imkoniyatlari to’g’risida bilishni xohlamagan, bilishga imkoniyati
bo’lmagan yoki umuman bilmagan kompaniyalar uskuna sotib olingandan keyin
uning barcha afzalliklaridan (jumladan jadallashtirilgan amortizatsiya, lizing
to’lovlarini tannarxga o’tkazish va boshqalardan) to’liq foydalanish
imkoniyatiga ega bo’ladilar. Lizingning ushbu chizmasi ko’pchilik
holatlarda
aynan moliyaviy ijara shartnomasi uchun nazarda tutilgan soliq imtiyozlarini
olish uchun foydalaniladi.
Nihoyat, qaytariladigan lizing ko’pchilik holatlarda korxona moliyaviy
holatini yaxshilash uchun samarali va nisbatan arzon usul bo’lib hisoblanadi.
Lizingning ushbu turida ijara to’lovlarining miqdori asosan kreditning joriy
qiymatiga va amortizatsiya chegirilgan ijaraga olingan uskunaning
qiymatiga
bog’liq bo’ladi.
Uskunani sotib olish va uni lizingga oluvchiga sotish bahosi o’rtasidagi
farq odatda ijaraga oluvchiga to’lanmasdan, amortizatsiya hisobga olinadi yoxud
ijara to’lovlari orqali mutanosib ravishda taqsimlanadi. Agar bitim tuzish
paytida uskunaning bozor qiymati uning amortizatsiyalanmagan qoldiq
36
qiymatidan kam bo’lgan taqdirda, farq ijaraga oluvchining balansida zarar kabi
aks ettiriladi. Ishlatishda bo’lgan uskunadan yangi qurilayotgan obyektlarni
moliyalashtirish manbai sifatida foydalanish qaytariladigan lizingning
muhim
afzalligi hisoblanadi.
Qaytariladigan lizing, bunda mol-mulk egasi uni bo’lg’usi lizingga
beruvchiga sotadi, ko’pchilik holatlarda uning o’rnida tijorat banki chiqadi va
bir vaqtning o’zida, ushbu mulkdan foydalanuvchi sifatida u bilan
munosabatlarga kiradi va ushbu jarayonni quyidagi 1.3.2-chizma orqali ko’rib
chiqishimiz mumkin:
Dostları ilə paylaş: