1.2. Lizing munosabatlarini amal qilish jihatlari va ususiyatlari.
Jahon xo’jaligida lizing operatsiyalari ko’plab mamlakatlarda iqtisodiyot
barqarorligi va rivojlanishining ajralmas qismi bo’lib qolganligini ko’rsatmoqda.
Milliy iqtisodiyotlarda lizing hajmi o’sishining sur’ati mashina va uskunalarni
ishlab chiqarish uchun xususiy kapital qo’yilmalarning o’sish sur’atidan
ahamiyatli darajada oshib bormoqda. Mahsulotlarni ichki bozor bilan bir qatorda
tashqi bozorlarda sotishda ham lizingdan keng foydalanilmoqda.
Rivojlangan mamlakatlarning lizingga oid qonunchiligi ahamiyatli
darajada farqlanadi. Chunonchi, lizing kontrakt oxirida uskunalarni opsion bilan
sotib olish fransuz modeli Angliyada lizing bitimi emas, balki sotish sifatidagi
ijara hisoblanadi. AQShda ham, shuningdek opsion lizingning majburiy sharti
hisoblanmaydi. Lizingda sotib olish uchun opsionning o’rni butunlay qarama-
qarshi bahoga ega, ya’ni: uni lizingning kerakli va uzluksiz qismi kabi tan
olishdan boshlab to lizing operatsiyalarida ijobiy o’rin egallashini rad etgunga
qadar.
Lizing olinadigan mol- mulkning buxgalteriya hisobi qoidalarida ham bir
22
xil yondashish kuzatilmaydi. Buxgalteriya hisobining inglizsakson tizimi lizing
obyekti ijaraga oluvchining balansida aks ettirilishini nazarda tutadi, Fransiya va
boshqa ayrim mamlakatlarning amaldagi me’yorlari bo’yicha esa - u lizingga
beruvchi kompaniyaning balansida hisobga olinadi.
Shu paytga qadar dunyo amaliyotida hatto lizing tushunchasining yagona
talqini ham berilmagan. Bu nafaqat lizing operatsiyalarini yoritish uchun
qo’llaniladigan turli atamalardan foydalanish (Fransiyada -qarz-ijara, Belgiyada
-moliyaviy ijara va h.), balki huquqiy va iqtisodiy xususiyatlar bilan bog’liqdir.
Bundan tashqari, ko’pchilik mamlakatlar (jumladan, AQSh) da lizing bitimlarini
tartibga soluvchi maxsus qonun hujjatlari mavjud emas, lizing shartnomalaridan
kelib chiqadigan munosabatlar esa fuqarolik huquqi va mol-mulkni vaqtinchalik
foydalanishga berishda taraflarning munosabatlarini belgilovchi savdo
huquqining umumiy qoidalari, amortizatsiya va soliqqa tortish imtiyozlari va
buxgalteriya hisobiga oid soliq qonunchiligi bilan tartibga solinadi. Ushbu
mamlakatlarda lizing va sud amaliyoti yetakchi o’rin egallaydi.
Maxsus huquqiy ta’minot mavjudligi yoki mavjud emasligidan qat’iy
nazar, moliyaviy va tezkor lizing mohiyatining iqtisodiy va huquqiy ta’rifi
ustuvor o’rin egallaydi.
Xorijiy mamlakatlarda lizing munosabatlarini tartibga solish amaliyotini
umumlashtirish huquqiy ta’minot bo’yicha mamlakatlarni uch guruhga ajratish
imkoniyatini beradi:
- lizing bitimlarini tartibga soluvchi maxsus qoidalarga ega (Fransiya,
Belgiya, Italiya va boshqalar);
- maxsus qonun hujjatlariga ega (Angliya, Avstraliya);
- maxsus qonunlar va qonunosti hujjatlarga ega bo’lmagan (AQSh,
Germaniya).
Birinchi guruh mamlakatlarining maxsus qonunlarida lizingda vujudga
keladigan uch tomonlama munosabatlarning butun majmuini tartibga solishga
intilish ko’pchilik muhim masalalarni batafsil tartibga solish mavjud emasligi
bilan mujassamlashgan.
23
Ushbu hujjatlarga muvofiq uch taraflama asosdagi lizing kelishuvida
uskuna kelajakda ijaraga berish maqsadida sotib olinishi va undan faqat ishlab
chiqarish maqsadlarida foydalanish mumkinligi, shuningdek sotib olish
huquqlari va shartnoma muddati tugagandan keyin sotib olish huquqlari va u
sotib olinishining cheklangan bahosi albatta qayd etiladi. Shuning bilan bir
qatorda, ushbu davlatlarda tavakkalchilik va vujudga keladigan mas’uliyat
masalalari fuqarolik va savdo huquqining umumiy me’yorlari bilan hal etiladi.
Mamlakatlarning ikkinchi guruhida lizingning huquqiy tartibga solinishi
ikki tamoyildan-vaqtinchalik foydalanish uchun beriladigan mol-mulk
qiymatidan va lizing kelishuvi subyektlaridan mol-mulk qiymatidan va lizing
kelishuvi subyektlaridan kelib chiqib tartibga solinadi. Masalan, Angliyaning
qonunchilik amaliyotida agar lizing qiymati 2000 funt-sterlingdan oshmasa,
foydalanuvchi esa-huquqiy shaxs bo’lsa, 1965-yilgi “Ijara-sotish to’g’risida”gi
qonun me’yorlari qo’llaniladi.
Uchinchi guruh mamlakatlari uchun maxsus qonun hujjatlarining mavjud
emasligi lizing rivojlanishiga to’sqinlik yaratmaydigan AQSh huquqiga xosdir.
Bu yaqin vaqtlarga qadar AQShda amortizatsiya va soliq imtiyozlari lizingga
murojaat qilish uchun asosiy turtki beruvchi omil bo’lib hisoblanganligi bilan
izohlanadi. Ular o’z navbatida soliqqa tortish masalalari bo’yicha qonun
hujjatlari bilan tartibga solingan. Ushbu guruhga kiruvchi mamlakatlarda lizing
bitimlariga nisbatan shuningdek fuqarolik va savdo huquq qoidalari keng
qo’llaniladi.
Bir qator mamlakatlarda lizing munosabatlarining subyektlari
to’g’risidagi masala ham turlicha hal etiladi. Masalan, Fransiyada lizing
bitimlarini banklar va ular bilan bog’liq bo’lgan maxsuslashtirilgan moliyaviy
tashkilotlar amalga oshirishi mumkin. Belgiyada lizing bilan faqat Belgiya
Qirolligi Iqtisodiyot vazirligining maxsus ruxsatnomasiga ega bo’lgan
tashkilotlar shug’ullanishi mumkin. Italiyada lizingga beruvchi muayyan
miqdordagi kapitalga ega bo’lishi lozim. AQShda lizing kompaniyalarining to’rt
turi keng tarqalgan:
24
•
banklar va ularning bo’limlari;
•
texnika ishlab chiqaruvchi firmalarning lizing bo’yicha
maxsuslashtirilgan bo’limlari;
•
mustaqil lizing firmalari;
•
boshqa tashkilotlar (sug’urta, brokerlik, investitsiya va h.);
Banklarning lizing biznesi doirasiga faollik bilan kirib borishi bir qator
shartlar bilan belgilanadi, jumladan:
•
deyarli barcha mamlakatlarda banklar tomonidan mol-mulkni
lizingga berish, ya’ni bevosita ijaraga beruvchilar vazifasini bajarishga ruxsat
berilganligi natijada o’tgan asrning 60-70 yillarida kompaniyalarda likvid
mablag’larga keskin yetishmovchilik vujudga kelganda banklar zudlik bilan
ushbu huquqdan foydalanib, uskunalarni lizingga taqdim eta boshladilar;
•
bir qator mamlaktlarning qonun hujjatlari banklar tomonidan bir
shaxsga o’z ustav kapitalidan 10% ortiq bo’lgan miqdorda kredit berishni
taqiqlaydi, lizingga esa ushbu cheklovlar taalluqli emas;
•
lizing operatsiyalari shakli bo’yicha kreditlashning variantlari
bo’lganligi va bir qator hollarda ularning asosiy mohiyati moliyalashtirish
(birinchi navbatda moliyaviy lizing) hisoblanganligi sababli banklar lizing
loyihalarini tashkil etish va bajarishda kerakli ishtirokchilar bo’lib qoladilar.
Hozirgi kunda yetarli darajada yirik hisoblangan operativ bankning bevosita
ishtirokisiz amalga oshirilmaydi.
AQShda lizing rivojlanishining sabablaridan biri soliq imtiyozlari, ya’ni
tezlashtirilgan amortizatsiya va investitsiya soliq imtiyozi (yangi
investitsiyalarning 10% gacha qiymati soliq summasidan chegirilgan)
hisoblanadi. Masalan, uskunani sotib olish bo’yicha xarajatlar -100 000 dollar,
investitsiya bo’yicha imtiyoz -10% bo’lgan taqdirda, 10 000 dollarga teng
bo’lgan summa soliq summasidan chegiriladi. Biroq, shartnoma AQSh Moliya
vazirligining Ichki daromadlar boshqarmasi tomonidan ijara uchun belgilangan
qoidalarga muvofiq bo’lgan holdagina soliq imtiyozlari bo’yicha huquq paydo
25
bo’ladi. AQSh Moliya vazirligining Ichki daromadlar boshqarmasi tomonidan:
•
lizing 30 yildan kam bo’lgan muddatda amal qilishi;
•
lizing bilan mol- mulk oqilona bozor bahosidan kam bo’lgan
bahoda sotib olish imkoniyati nazarda tutilmasligi, masalan 1 dollarga;
•
lizing to’lov jadvalida dastavval yuqori miqdordagi to’lovlarni,
keyinchalik esa-kam miqdordagi to’lovlarni nazarda tutmasligi belgilangan. Bu
lizingdan soliqdan bosh tortish vositasi kabi foydalanilayotganligi to’g’risida
dalolat berar edi;
•
lizing ijaraga beruvchini foydaning me’yoriy bozor darajasi bilan
ta’minlashi;
•
lizing muddatini uzaytirish uskunaning me’yoriy bozor qiymatini
hisobga olish bilan belgilanadi.
Lizing taraflarga ahamiyatli darajada soliq imtiyozlarini taqdim etishi
munosabati bilan soliq idoralari avvalambor u ushbu imtiyozlardan foydalanish
maqsadida taraflar tomonidan lizing shartnomasi shaklidagi niqoblangan oldi-
sotdi emasligini aniqlaydilar. Bunda amaliyot bir qator me’yoriy hujjatlarga
tayanadi. AQShning Ichki daromadlar boshqarmasi lizingning muntazam
ravishda chop etadi, ularda lizing shartnomasi va shartli oldi-sotdi shartnomasi
o’rtasidagi farqlarni belgilash uchun asosiy mezonlar bayon etiladi.
Agar ijaraga beruvchi mol-mulkni amalda uning butun foydalanish
muddatida ishlatmasa, shartnoma imtiyozli soliqqa tortish maqsadida tuzilgan
hisoblanadi (lizing kompaniyasiga mol-mulk egasi sifatida qaraladi). Amaliyot
shartnoma lizing shartnomasi sifatida tan olinmagan sud ishlarining asosiy qismi
mol-mulkdan aksariyat butun iqtisodiy foydalanish muddatida ishlatilgan
shartnomalarga taaluqliligini ko’rsatadi.
Agar mol-mulkka egalik qilish huquqi ijaraga beruvchiga o’tkazilsa,
shartnoma oldi-sotdi shartnomasi kabi hisoblanadi. Agar Ushbu mol- mulkdan
vaqtinchalik foydalanish uchun to’lovlar amaldagi haqqoniy stavkalardan
ahamiyatli darajada yuqori bo’lgan taqdirda Ushbu shartnoma lizing
26
shartnomasi kabi hisoblanmaydi.
Ushbu holatda shubhasiz lizing shartnomasi hisoblangan shartnoma
bo’yicha to’lovlar hisoblash nuqtasi kabi olinadi. Shartli ravishda sotishda
sotuvchi, odatda lizing kompaniyalaridan farqli mol-mulk qiymatini o’ziga
tezkor qaytarish holati bunday omil qabul qilinishi uchun asos bo’lib
hisoblanadi. Shuning uchun oshirilgan davriy to’lovlar tuzilgan shartnoma lizing
shartnomasi emas, balki shartli ravishda oldi-sotdi shartnomasi ekanligidan
dalolat berishi mumkin. Agar sotib olish bo’yicha opsion bahosi boshqa
to’lovlarga nisbatan pastroq bo’lgan taqdirda ham shartnoma, shuningdek, oldi-
sotdi shartnomasi kabi tavsiflanadi.
Yaponiyada lizing biznesi XX asrning 60-yillaridan boshlandi. Lizing
operatsiyalari shu qadar yuqori sur’atlarda rivojlandiki, natijada Yaponiya lizing
operatsiyalari hajmi bo’yicha AQShdan keyin ikkinchi o’rinni egallaydigan
davlatga aylandi.
Lizing faoliyati rivojlangan jahonning ayrim mamlakatlarida, xususan,
Fransiyada, Belgiyada, Ispaniyada maxsus lizing qonunchiligi mavjud. Ushbu
mamlakatlarning me’yoriy hujjatlarida lizing tushunchasiga ta’rif berilgan,
moliyaviy lizing (moliyaviy ijara) shartnomasi tuzilganligi to’g’risida dalolat
beruvchi belgilar qayd etilgan, lizingga beruvchi javob beradigan talablar,
shuningdek lizing muddati va mol- mulkning me’yoriy xizmat qilish muddati
o’rtasidagi mutanosiblik shakllantirilgan, lizingga beruvchi, lizingga oluvchi va
mol-mulkni sotuvchi o’rtasidagi munosabatlar tartibga solingan.
Yaponiyada lizing munosabatlarining birlamchi huquqiy asosi bo’lib,
Fuqarolik kodeksi hisoblanadi. Fuqarolik kodeksiga ko’ra, moliyaviy lizing
quyidagi talablarga javob berishi kerak:
- lizing muddati qat’iy belgilab qo’yiladi va lizing to’lovlarining jami
summasi lizingga berilgan uskunani sotib olish bilan bog’liq bo’lgan barcha
xarajatlar summasidan kam bo’lmasligi kerak;
- lizingga oluvchi ijaraga olingan aktivdan kelgan barcha daromadlardan
foydalanish huquqiga ega, lizing shartnomasi muddati davomida
27
foydalanilayotgan aktiv bo’yicha barcha xarajatlarni qoplashi zarur;
- moliyaviy lizing shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish mumkin
emas.
AQShda tuzilgan lizing shartnomalarining asosiy qismida ijaraga oluvchi
u tomonidan foydalanilgan mol-mulkni shartnoma muddati tugagandan keyin
sotib olish huquqi to’g’risida izoh mavjud. Biroq lizing amalda kuchga ega
ekanligini tasdiqlash uchun ijaraga oluvchi tomonidan mol-mulk uchun to’lashi
lozim bo’lgan baho ijaraga beruvchi mol-mulkni boshqa har qanday shaxsga
sotishi mumkin bo’lgan bahoga teng bo’lishi (ya’ni «haqqoniy bozor bahosi»
bo’lishi) lozim.
AQShda 1997-yilga qadar firmalar uskunalar qiymatini o’zlarining
balanslarida aks ettirmasdan ularni ijaraga olishlari mumkin edi, ya’ni balansdan
tashqari schyot mavjud edi. Shu bois, yirik miqdorda qarzdor bo’lgan firmalar,
qarzning oshgan summasini ko’rsatmagan holda qo’shimcha ravishda
uskunalarni olishlari mumkin edi. Shunday qilib, haqiqiy qarz investorlar va
eksportyorlarga ma’lum bo’lmasdan yashirinib qolar edi. 1976-yilda Moliyaviy
hisobning standartlashtirish boshqarmasi tomonidan ayrim moliyaviy bitimlarni
mol-mulkni sotib olish kabi hisobga oladigan va o’z zimmasiga moliyaviy
majburiyatlarni qabul qilishga majbur etadigan 13-sonli qaror qabul qilingan.
Ushbu qarorning maqsadi «haqiqiy lizing»ni lizing yordamida sotib olishdan
farqlashdan iborat edi.
Me’yoriy hujjatlarda bitimlarni lizing operatsiyalariga mansub deb tan
olish qoidalari ham ahamiyatli ravishda farqlanadi. Bundan tashqari, lizingning
alohida xususiyatlari bo’yicha qonun hujjatlarining o’zi bir mamlakatning o’zida
vaqti-vaqti bilan o’zgarib turadi.
Dostları ilə paylaş: |