Lizing-agror sohada ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish uslubi


-rasm  Lizingning rivojlanish bosqichlari



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/36
tarix09.04.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#95386
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36
lizing-agror sohada ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish uslubi sifatida

1.1.2-rasm 
Lizingning rivojlanish bosqichlari 
Demak, 1.1.2-chizmaga ko’ra, jahon xo’jaligida dastlabki ijara 
munosabatlari tosh asrida vujudga kelgan bo’lib, unda mulk qisqa muddatga 
mulkdorga qaytarish sharti bilan ijaraga berilgan. 
Lizing oluvchining aktivlarini ma’lum vaqt davomida foydalanishi va 
lizing obyektini qaytarib berishga qiziqmasligi, lizing obyekti qiymatining to’liq 
to’lanishi va to’lov grafigining tuzilishi natijasida moliyaviy lizing 
munosabatlari shakllandi. 
Lizingning rivojlanishi 
Ijara 
munosabatla
ri 
Moliyaviy 
lizing 
Kreativ 
moiyaviy 
lizing 
Operatsion 
lizing 
Yangi 
mahsulot 
Tosh asridan 
hozirgi 
kungacha 
shakllangan 
ijara 
munosabatla
ri 
Lizing 
oluvchining 
muddat 
ichida lizing 
obyektidan 
foydalanishi 
Raqobat 
muhiti- 
ning jadal- 
lashuvi 
asosida 
shakllangan 
Lizing 
obyektining 
ikkilamchi 
bozorining 
vujudga 
kelishi 
Lizingga 
innovatsiya 
kiritish 
asosida 
vujudga 
keladi 


15 
Moliyaviy lizing esa faol raqobat muhiti shakllangan, shartnoma 
shartlariga alohida yondashuv, mijoz biznesining yo`nalishini hisobga olib 
bitimlar tuzilishi, yirik lizing kompaniyalari va mutaxassislashgan lizing 
beruvchilarning paydo bo’lishi, innovatsion faoliyat sifatida lizingning davlat 
tomonidan qo’llab-quvvatlanishi bilan vujudga keldi.
Texnologiyalarning tez rivoji, lizing obyektining ikkilamchi bozorining 
paydo bo’lishi, lizing oluvchilarning talablari va ular moliyaviy ahvolining 
o’sishi natijasida operatsion lizing paydo bo’ldi. Lizingga innovatsiyalar kiritish 
natijasida yangi maxsulotlar yuzaga kelmoqda. Bularga, sintetik lizing, venchur 
lizing dasturlari va lizingning boshqa turlarini kiritishimiz mumkin. 
1988-yilda Kanada poytaxti Ottava shahrida qabul qilingan Xalqaro 
moliyaviy lizing to’g’risidagi konvensiyada (UNIDRUA) lizingga shunday ta’rif 
berilgan: «Lizing bu shunday bitimki, unda bir tomon (lizing beruvchi), boshqa 
tomonning (lizingga oluvchi) topshirig’iga ko’ra uchinchi tomon bilan (ishlab 
chiqaruvchi) tovarni yetkazib berish to’g’risidagi bitimga kelishadi, ushbu bitim 
shartlari bo’yicha lizinga beruvchi mashinalar, ishlab chiqarish vositalari yoki 
boshqa uskunalarni lizingga oluvchi shartlari asosida sotib oladi va lizinga 
oluvchi bilan unga uskunalardan foydalanish huquqini lizing to’lovlarini 
to’lashga almashtirish asosida berishga asoslangan bitimga kirishadi»
3
.
Iqtisodchi olimlar I.Bernar va J.Kolli lizingni kreditning bir turi sifatida 
e’tirof etishib, ular lizingni ko’char va ko’chmas mulklarni ijarachiga sotish 
imkoniyatini beradigan va uni ijaraga olish shartnomasini ko’zda tutadigan 
professional kreditning bir turi sifatida talqin qilishgan
4

Rossiyalik taniqli bankir A.V.Murichev o’zining ilmiy maqolalarida lizing 
operatsiyalarini banklar tomonidan kreditlashni rivojlantirish masalasini tadqiq 
qilgan hamda qator ilmiy xulosalar va tavsiyalarni ishlab chiqqan. 
A.Murichevning fikriga ko’ra, lizing kompaniyalari faoliyatini 
moliyalashtirishning dolzarb muammolaridan biri lizing kompaniyalari 
3
Eckstein W. Zur Unidroit-Konvention ueber das intemationale Finanzierung-leasing - FLF, 1992, Heft 2. - P. 56.
4
Бернар И., Колли Ж.-K. Толковый экономический и финансовый словарь. Французская, русская, английская, 
немецкая, испанская терминология: в 2-х тт. - T.I: Пер. с фр. - М.: Международные отношения, 1994. - С. 507.


16 
tomonidan bank kreditlariga bo’lgan ehtiyojni tijorat banklari tomonidan 
qondirilmayotganligi hisoblanadi. A.Murichev o’z fikrini davom ettirar ekan, 
banklarning lizing kompaniyalarini kredit resurslariga bo’lgan ehtiyojini qondira 
olmayotganligining ikki sababini ajratib ko’rsatadi: 
- Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga bitta mijozni kreditlash 
bo’yicha cheklovning mavjudligi; 
- banklarda lizing kompaniyalari moliyaviy holatini baholashning maxsus 
metodikasini mavjud emasligi
5

A.Murichevning banklarda lizing kompaniyalarining to’lovga qobilligini 
baholashning maxsus metodikasini mavjud emasligi to’g’risidagi fikri o’rinlidir. 
Bu esa, lizing kreditlari riski darajasini pasaytirishda muhim o’rin tutadi. 
2008-yilda jahon xo’jaligida yuz bergan va hozirgacha davom etayotgan 
jahon moliyaviy iqtisodiy - inqirozining lizing operatsiyalari rivojiga salbiy 
ta’siri masalasi bir qator taniqli iqtisodchi olimlarning ilmiy izlanishlarida o’z 
ifodasini topdi. 
Masalan, V.Kashkin ushbu global moliyaviy inqirozning lizing 
operatsiyalariga ta’sirini qo’yidagicha baholagan: 
- inqiroz ta’sirida jahonning 70 foizga yaqin lizing kompaniyalarining 
yangi bitimlar imzolashi to’xtatildi; 
- lizing obyektlari soni kamaydi; 
- lizing bozorida foiz stavkalarining darajasini sezilarli darajada oshishi 
yuz berdi
- bitimlari muddatining qisqarishi yuz berdi. Agar inqirozga qadar lizing 
bitimlarining o’rtacha muddati 10 yilni tashkil qilgan bo’lsa, 2009-yilda bu 
muddat 3 yilni tashkil qildi
6

Jahon moliyaviy iqtisodiy-inqirozi Rossiya lizing bozorining rivojlanish 
sur’atlarini sezilarli darajada pasaytirdi. Taraqqiy etgan mamlakatlarda esa, 
lizing kompaniyalari juda uzoq yillik rivojlanish tarixiga ega. Ushbu rivojlanish 
5
Мурычев А.В. О развитии банковского 
кредитования лизинговых 
операций. // Деньги и кредит. - Москва, 2008. - 
№6. - С. 66-67.
6
Кашкин B.B. О рынке лизинга в условиях кризиса // Деньги и кредит. - Москва, 2009. - №8. - С. 39.


17 
jarayonida ular mustahkam resurs bazasiga va boy tajribaga ega bo’lishdi. Shu 
sababli, ularning xalqaro lizing bozorlaridagi mavqei juda yuqoridir. 
Rossiyalik iqtisodchi olim V.G.Shibakovning fikriga ko’ra, lizing 
kompaniyalari faoliyatida risklarning darajalarini aniqlash va ularning yo’l 
qo’yish mumkin bo’lgan chegaraviy darajalarini belgilash zarur
7
. Natijada, risk 
darajasini pasaytirishga erishish mumkin. 
Yana bir rossiyalik iqtisodchi olim P.Piskun lizing operatsiyalarini amalga 
oshirish maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshirishni taklif qiladi: 
1. Lizing obyektlarini import qilishda qo’shilgan qiymat solig’ini lizing 
to’lovlari summasidan chegirib tashlash lozim. 
2. Lizing obyektini eksport qilishda rezidentlar tomonidan mamlakatdan 
tashqariga olib chiqib ketilayotgan lizing obyektlariga nisbatan nollik qo’shilgan 
qiymat solig’i stavkasini qo’llash zarur
8

P.Piskun qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha ushbu muammoni hal qilish 
yo’llarini taklif qilgan. Bu juda muhim, chunki qo’shilgan qiymat solig’i boj 
to’lovlari darajasini belgilovchi asosiy to’lov turi hisoblanadi. Shu sababli, 
qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha ikkiyoqlama soliqqa tortishning saqlanib 
qolishi lizing obyektlari bahosining yuqori bo’lishiga olib keladi. Bu esa, o’z 
navbatida, lizing obyektlarining raqobatbardoshligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. 
O’zbekistonlik iqtisodchi olimlardan A.Vaxobov o’zining ilmiy 
izlanishlarida kichik biznes subyektlari faoliyatini davlat tomonidan moliyaviy 
qo’llab- quvvatlash va tijorat banklari tomonidan sarmoyaviy kreditlashni 
takomillashtirish masalalarining tahlilida lizingni mohiyatini tadqiq qilgan. 
A.Vaxobovning fikriga ko’ra, «kichik biznes subyektlariga qishloq 
joylarida qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan ishlab 
chiqarish korxonalari va firmalarini tashkil etish maqsadiga banklar tomonidan 
berilgan investitsion kreditlarning foiz stavkalarini O’zbekiston Respublikasi 
7
Шибаков В.Г. Оценка и формирование профиля рисков деятельности лизинговой компании. // Управление риском. 
-
Москва, 2008. -№2. - С. 17-27.
8
Пискун П.Н. Международный лизинг в России - проблемы и перспективы. // Банковское дело. - Москва, 
2008. - 
№6. - С.51-54. 


18 
Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi mablag’lari hisobidan bonifikatsiya qilishni 
joriy qilish lozim»
9

Kichik biznes subyektlariga banklar va lizing kompaniyalari tomonidan 
berilayotgan lizing kreditlarining foiz stavkalari yuqori darajasida 
A.Vaxobovning fikrini amaliyotga tadbiq etish muhimdir. 
Yana bir mahalliy olim D.G’.G’ozibekov, lizing munosabatlariga 
quyidagicha ta’rif beradi: «Lizing munosabati o’zida murakkab bir-biri bilan jips 
bog’liq, o’zaro aloqador va o’zaro uyg’un tadbirkorlikning rivojlanishi, kichik 
va o’rta biznes korxonalari vujudga kelishiga ko’maklashuvchi iqtisodiy 
munosabatlar tizimini aks ettiradi»
10

D.G’.G’ozibekov lizing va kredit munosabatlari o’rtasida uzviy 
aloqadorlikning mavjudligini e’tirof etadi va har ikkala kategoriyaning 
taqsimlash funksiyasiga ega ekanligini alohida ta’kidlaydi. «Lizing alohida 
turdagi mulkiy va huquqiy munosabatlar majmuasini vujudga keltiradigan 
alohida kredit va ijara munosabatlari vositasida kapitalning pul va buyum 
shaklida taqsimlanishi sohasidagi iqtisodiy munosabatlar yig’indisidan iborat. 
Lizing milliy iqtisodiyot va millatlararo iqtisodiyotlar doirasidagi ijara 
vositasida moliyaviy resurslarni makon va zamonda taqsimlash va qayta 
taqsimlashdagi mulkiy munosabatlar majmuasidir»
11
.
D.G’ozibekovning kredit va lizingning mustaqil iqtisodiy kategoriya 
sifatida taqsimlash funksiyasiga ega ekanligi ilmiy - amaliy ahamiyatga ega 
bo’lgan xulosadir. Chunki, birinchidan, lizingda ham, kreditda ham obyekt 
uning egasidan uni vaqtinchalik tasarruf etuvchi foydasiga qaytarib berishlik
muddatlilik, foiz to’lashlilik asosida beriladi; ikkinchidan, lizingda ham, 
kreditda ham to’lovlarni o’z vaqtida amalga oshirmaslik muammosi mavjud. Bu 
esa, o’z navbatida, lizing kompaniyasi va lizingga beruvchi bank tomonidan 
9
Вахабов A.B. Қишлоқ аҳолиси турмуш даражасини оширишда банк тизимининг ўрни. //Қишлоқ 
тараққиёти ва аҳоли турмуш даражасини оширишда банк - молия тизимининг ўрни.мавзусидаги Халқаро 
илмий - амалий конференция материаллари. - Тошкент, Молия, 2009. - Б. 22. 
10
Ғозибеков Д.Ғ, Собиров О.Ш., Мўминов А.Г., Қулжонов O.M, Лизинг муносабатлари назарияси ва амалиёти. - 
Тошкент.: «Fan va texnologiya», 2004. - Б. 43.
11
Ғозибеков Д.Ғ, Собиров О.Ш., Мўминов А.Г., Қулжонов O.M, Лизинг муносабатлари назарияси ва амалиёти. - 
Тошкент.: «Fan va texnologiya», 2004. - Б. 47.


19 
ehtimoliy yo’qotishlar zaxirasini tashkil qilish zaruriyatini yuzaga keltiradi.
O’zbekistonlik iqtisodchi olimlardan yana biri S.S.Ismaylova o’zining 
«O’zbekiston agrosanoat majmuasida lizing faoliyatini rivojlantirishning 
iqtisodiy asoslari» mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasida, lizing faoliyati 
tashkiliy - iqtisodiy mexanizmiga xos bo’lgan quyidagi kamchiliklarning 
mavjudligini qayd etgan: 
- lizing oluvchi tomonidan lizing obyektining kamida 40 foizlik qiymatini 
oldindan to’lab berilmayotganligi; 
- lizing beruvchining daromadi (marjasi) foiz darajasi miqdori 
chegaralanmagan, ya’ni lizing marjasi bozordagi vaziyatdan kelib chiqib 
belgilanadi, bu esa lizing oluvchi uchun qulay shart emas; 
- moliyaviy manbalarning chegaralanganligi natijasida lizing hajmini talab 
darajasida oshirish imkoniyati yo’q; 
- inflyatsiya darajasiga qarab texnika narxi yoki lizing shartnomasi 
umumiy summasining diskontlanmasligi natijasida lizing beruvchi sarf qilgan 
mablag’lar qadri (to’lovlilik qobiliyati)ning pasayishi
12

S.Ismaylova lizing oluvchi tomonidan lizing obyekti qiymatining 40 
foizini oldindan to’lab berishni taklif qiladi, lekin lizing obyekti qiymatining 25 
foizini oldindan to’lab berish tartibi joriy qilingan. Bu ko’rsatkich hamma 
tomonlar uchun qulay hisoblanadi. 
O.Sabirov o’zining nomzodlik dissertatsiyasida lizingga beruvchilarning 
nafaqat o’z mablag’lari hisobidan, balki jalb qilingan va kredit resurslari 
hisobidan lizing xizmatlari ko’rsatishi mumkinligini qonun hujjatlarida belgilab 
qo’yishni taklif qiladi. O.Sabirovning lizing bitimlarini qo’shilgan qiymat 
solig’idan ozod qilish to’g’risidagi taklifini muhim amaliy ahamiyatga ega
13
.
Fuqarolik kodeksi va «Lizing to’g’risida»gi qonunda lizing 
tushunchasining mohiyati bir xil talqin etilishi lozim. Bundan tashqari, lizing 
12
Исмайлова С.С. Ўзбекистон агросаноат мажмуасида лизинг фаолиятини ривожлантиришнинг иқтисодий асослари. 
И.ф.н. илм.дар.олиш учун диссертация. - Тошкент: БМА, 2009. - Б. 102 - 103.
13
Сабиров О.Ш. Современное состояние лизинговых отнашений в Республике Узбекистан и основные 
направления их дальнейшего совершенствования. Дисс.на соиск. уч. ст.к.э.н - Ташкент; БФА, 2001. - С. 
127. 


20 
tushunchasiga ta’rif berilayotganda quyidagi jihatlarga e’tiborni qaratish lozim: 
- lizingni uzoq muddatli moliyaviy ijara sifatida alohida qayd etish; 
- lizing shartnomalarini 12 oydan ortiq muddatga tuzishning majburiy 
shart ekanligi; 
- lizing munosabatlarini uch subyekt o’rtasida yuzaga kelishi, ammo, 
lizing munosabatlarini ikki subyekt o’rtasida ham yuzaga kelishi mumkinligi 
e’tirof etilishi lozim; 
- lizingda lizing obyektini haq evaziga vaqtinchalik foydalanish shartining 
mavjud bo’lishi. 
Chunonchi, ingliz lizing uyushmasi (Yenglish Leasing Association - 
YeLA) moliyaviy lizinga beruvchi majburiy bekor qilinmaydigan davr 
mobaynida kapitalni amortizatsiya qilgan va foyda olgan holda to’lovlar olish 
bo’yicha shartnoma deb belgilaydi.
14
Demak, bir tomondan, lizing qaytarish sharti bilan lizingga beruvchi 
tomonidan asosiy kapitalga qo’yilmalarni, ya’ni lizingga beruvchi, mulkdor 
bo’lgan holda, asosiy vositalarning elementlarini muayyan davrga taqdim etadi 
va lizing shartnomasi bilan belgilangan muddatda ularni (yoki amortizatsiya 
to’lovlari ko’rinishida ularning pul ekvivalentini) qaytarib oladi. O’z xizmati 
evaziga u haq, ya’ni lizing obyektlaridan foydalanganlik uchun to’lov oladi. 
Shunday qilib, lizingda muddatlilik, qaytarishlilik va to’lovlilik tamoyillari 
amalga oshirilishi ta’minlanadi. Bu tashqi ko’rinishda qarz munosabatlariga mos 
va o’z mohiyati bo’yicha qarz kelishuvining mohiyatini saqlab qoladi. 
Boshqa tomondan, lizinga beruvchi kreditor va lizinga oluvchi-qarz 
oluvchi kapital bilan pul shaklida emas, balki ishlab chiqarish shaklida 
muomalada bo’lishi munosabati bilan lizing tashqaridan qaraganda shakli 
bo’yicha ko’chmas mol-mulkka investitsiyalarga o’xshab ketadi. Bunda lizing 
bo’yicha kapitalning ishlab chiqarish shaklida ifodalanishi hozirgi kunda 
tushinilishi va amalga qo’llanilishi tub ma’noda eski mohiyatini o’zgartiradi va 
unga ko’p jihatdan yangi mazmun kasb etadi. Ushbu ma’noda lizing innovatsiya 
14
www. eej-net. org. uk/reg _ ADR / Fin_ Lease / fin_ lease. Html. 


21 
hisoblanadi, shuning uchun o’zining iqtisodiy mazmunida kapitalning harakat 
shakli bo’yicha investitsiya mexanizmining bo’g’ini sifatida namoyon bo’ladi. 
Shunday qilib, agar lizingga mol – mulkni muddatlilik, qaytarishlilik va 
to’lovlilik sharti bilan vaqtinchalik foydalanishga berish sifatida qaralgan 
taqdirda, uni asosiy fondlarga maqsadli kredit kabi turkumlash mumkin. Bundan 
tashqari, munosabatlarning moliyaviy tomonidan kelib chiqib, bir tomondan 
lizing an’anaviy bank kreditiga muqobil, mashinalar va uskunalar sotib olishni 
moliyalashtiruvchi yangi (innovatsiya) shakllaridan biri kabi qaraladi, chunki 
mulkdor mol-mulkni to’liq qiymati bo’yicha sotib olar ekan, uni ushbu mol-
mulkdan foydalanuvchilarning davriy badallari hisobiga qoplaydi. Shuning 
uchun lizing iqtisodiy ma’noda lizingga beruvchi tomonidan lizingga oluvchi 
foydalanish uchun mol-mulk shaklida taqdim etiladigan innovatsiya krediti yoki
keng ma’noda, innovatsiya investitsiyalarining turi hisoblanadi. 

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin