Lizing-agror sohada ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish uslubi



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/36
tarix09.04.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#95386
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   36
lizing-agror sohada ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish uslubi sifatida

Belgiyada: 
• 
mol-mulk ijaraga oluvi tomonidan faqat kasbiy maqsadlarga 
ishlatilishi lozim; 


28 
• 
mol-mulk ijaraga beruvchi tomonidan kelgusi lizingga berish 
maqsadida sotib olinishi va kelgusidagi ijaraga oluvchining talablariga javob 
berishi lozim; 
• 
lizing muddati mol-mulkdan foydalanish muddatidan oshishi 
mumkin emas; 
• 
ijara to’lovi shunday belgilanishi kerakki, u kontrakt amal qilishi 
muddati davomida ijaraga beruvchi ijaraga olingan mol-mulk qiymatini qoplash 
imkoniyatini yaratishi lozim
• 
kontraktda ijaraga oluvchi lizing muddati tugagandan keyin 
shartnomada kelishilgan mol-mulkning qoldiq qiymatiga mos bo’lgan narxda 
ijaraga olingan mol-mulkka ega bo`lish huquqi nazarda tutilishi lozim. 
Angliyada agar kontrakt: 
• 
mol-mulk ishlatiladigan muddatdan 75% kam bo’lmagan muddatga 
tuzilganda; 
• 
uning amal qilish muddati davrida mol-mulk qiymati to’liq (yoki 
ahamiyatli) to’lanishi nazarda tutilganda; 
• 
unda lizingni imtiyozli shartlar (bankdan qarz olishga qaraganda) 
asosida qaytadan tiklash imkoniyati nazarda tutilganda u lizing kontrakti 
hisoblanadi. 
Avstriyada: 
• 
lizing kontraktining asosiy muddati mol-mulkni iqtisodiy ishlatish 
muddatining 40-80%ini tashkil etishi kerak; 
• 
sotib olish opsionining qiymati opsion sotiladigan paytdagi mol-
mulkning qiymati bilan mos bo’lishi lozim; 
• 
lizing shartnomasi uzaytirilgan muddatda (agar bunday holat 
kuzatilganda) davriy to’lovlar nominal bo’lishi kerak; 
• 
agar faqat foydalanuvchi uchun kerakli bo’lgan maxsus mol-mulk 
lizing kontraktining ashyosi hisoblangan taqdirda, foydalanuvchi bunday mol-
mulkning iqtisodiy mulkdori hisoblanadi. 


29 
Buyuk Britaniyada lizing faqat 1979-yildan, ya’ni soliq imtiyozlari joriy 
etilgandan keyin keng rivojlandi. Kompaniya investitsiya qilingan yilda soliqqa 
tortiladigan foydadan 100% investitsiyalarni chegirishi mumkin edi. Ushbu 
imtiyozlar katta daromadga ega bo’lgan kompaniyalarga ahamiyatli, lekin 
ulardan bilvosita ijaraga oluvchilar ham foydalanishlari mumkin edi. 
Kompaniya soliq imtiyozlaridan faqat hisobot yilining oxirida foydalanish 
mumkin edi. Shuning uchun agar u investitsiyalarni yilning boshida amalga 
oshirgan bo’lsa, u ushbu imtiyozlardan olinadigan nafni bir qancha vaqt 
kutishiga to’g’ri kelar edi. Biroq agar kompaniya uskunani lizing kompaniyasiga 
sotib va undan keyin ijaraga olgan taqdirda (lizing kompaniyasida moliyaviy yil 
oxiri oldinroq yakunlanishi sharti bilan) bilvosita naflar tezroq olinadi. Shuning 
uchun lizing kompaniyalari moliyaviy yillari turli muddatlarda yakunlanadigan 
filiallar ochishga urinadilar. Soliq investitsiya imtiyozi tekin bo’lmasdan ijara 
to’lovlari bo’yicha soliq orqali qaytarilar, lekin shunga qaramasdan u mol-mulk 
qiymatining 52% iga teng bo’lgan foizsiz qarz hisoblanar va ijaraga oluvchi 
uchun lizing qiymatiga ta’sir ko’rsatar edi. 

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin