Lizing-agror sohada ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish uslubi



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/36
tarix09.04.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#95386
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
lizing-agror sohada ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish uslubi sifatida

1.1.1-jadval 
Lizing xizmatlarining evolyutsiya bosqichlari 
Evolyutsiya 
bosqichlari 
Xarakterli xususiyatlari 
bosqich 
1877-1952 
yillar 
• 1877 -yil. Lizing tizimining paydo bo’lishi («Bell» telefon 
kompaniyasi). 
• 1952-yil. Dastlabki mustaqil «Yunayted Steys Lizing 
Korporeyshn» lizing kompaniyasining tashkil qilinishi. 
• Ushbu bosqich ko’p jihatdan lizingning rivojlanishi va 
faoliyat ko’rsatishi uchun tashkiliy asos bo’ldi. 
II bosqich 
1952-1974 
yillar 
• Lizing infratuzilmasining shakllanishi. 
• Soliq imtiyozlarining kuchga kirishi va tezkor amortizatsiya 
usulining qo’llanishi. 
• Fan-texnika taraqqiyoti ta’sirida ishlab chiqarish va 
boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish va 
mexanizatsiyalashtirish yuz berdi. 
• Assortimentning kengayishi va mahsulotlarning 
tabaqalashuvi 
• Kichik va o’rta firmalarning rivojlanishi 
III bosqich 
1974- yildan 
hozirgi davrga 
qadar 
• AQSh va Farbiy Yevropa mamlakatlarida inqirozlar to’lqini. 
• Yangi texnologiyalarning paydo bo’lishi. 
• Mahsulotni sotish muammolarining keskinlashganligi tufayli 
lizingning davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanishi. 
• Lizing yordamida moliyalashtirish samaradorligining e’tirof 
qilinishi. 
I bosqich 1877-1950 yillarni o’z ichiga oladi. Aynan shu davrda, 
avstriyalik tadqiqotchi V.Xoyerning fikricha, «lizing» atamasi hozirgi ma’noda 
muomalaga kirdi. 1877-yilda AQShda tovarlarni faqat ijaraga berishga 


10 
asoslangan shartnomalar tizimi - «lizing» vujudga keldi, «Bell» telefon 
kompaniyasi telefon apparatlarini sotish emas, balki ularni ijaraga berishga qaror 
qildi. V.D.Gazman ta’kidlab ko’rsatganidek, bu qadar oddiy operatsiya faqat 
aloqaning rivojlanishiga kuchli ta’sir etdi, deyish noto’g’ri bo’lar edi. O’ziga xos 
moliyaviy xizmatlar ko’rsatishdan keladigan foyda yangi texnika ishlab 
chiqaruvchilarida katta qiziqish uyg’otdi, ular asbob-uskunalarni ijaraga 
berishga yuqori baho berdilar, chunki bu, ularni oddiy sotishdan farqli ravishda
«nou-xau» dan foydalanishga bo’lgan monopol huquqini himoyalashga imkon 
berar edi. 
Birinchi mustaqil lizing kompaniyasi bo’lgan «Yunayted Steyts Lizing 
Korporeyshn» 1952-yilda San-Fransisko shahrida ro’yxatdan o’tkazildi. Tezda 
ushbu voqeaning davomchilari juda ko’payib ketdi va ijara munosabatlarida 
haqiqiy inqilob to’lqiniga sabab bo’ldi. Bu yerda shuni ham qayd etish zarurki, 
mazkur bosqich keyingi davrlarda ko’p jihatdan savdo va xizmat ko’rsatish 
sohalarida faoliyat ko’rsatuvchi lizing korxonalarining rivojlanishi va faoliyati 
uchun tashkiliy asos bo’ldi. 
II bosqich 1950-1974-yillarni o’z ichiga oladi. Bu davr lizing 
infratuzilmasining shakllanishi bilan bog’liq. Lizing tadbirkorligi d 
inamikasining asosiy yo’nalishi uning kapital qo’yilmalarni 
moliyalashtirish vositasi sifatida qo’llanilishida namoyon bo’ldi. Jahon bozor 
iqtisodiyotida bu jarayon quyidagi xususiyatlar bilan tavsiflanadi. Jumladan,
AQSh va Farbiy Yevropa mamlakatlarida urushdan keyingi iqtisodiy 
vaziyat bilan bog’liq bo’lgan:
-likvid mablag’lar hajmining yetarli emasligi;
-raqobatning keskinlashuvi;
-korxonalar foydasining kamayishi;
-iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish maqsadlarida davlatning investitsiya 
siyosatni tartibga solishga katta e’tibor qaratishi. 
Xorijiy mamlakatlarning tajribasidan ma’lumki, investitsiya siyosatiga 
ta’sir ko’rsatishning asosiy iqtisodiy vositasi soliq va amortizatsiya imtiyozlari 


11 
bo’ldi. Soliq imtiyozlarining ta’siri, obyektning xizmat muddati bazasi e’tiborga 
olinmay, hisoblanadigan tezkor amortizatsiya usulining qo’llanilishi lizingda 
iqtisodiy jihatdan foydali bo’lib chiqdi. Buning diqqatga sazovor joyi shuki, 
ushbu foyda lizing bitimining barcha ishtirokchilari uchun baravar foydali edi. 
Lizing beruvchi soliq imtiyozlariga ega bo’lar, vaholanki, agar u aynan 
shu asbob-uskunani sotib olganda, unga bunday imtiyoz berilmas edi. O’z 
navbatida, bundan lizing oluvchi ham yutar edi, chunki soliq imtiyozlarini 
hisobga olganda lizing beruvchi stavkalarini kamaytirishi mumkin edi, ushbu 
stavkalar esa bankning qayta moliyalashtirish stavkasi foizlaridan 1,5-2 baravar 
kam bo’lishi mumkin edi. Bundan tashqari, lizing beruvchi asbob-uskunalar 
bo’yicha 10 foizlik imtiyoz olish huquqini ham qo’lga kiritar edi, lizing 
to’lovlari summasi esa foydalanuvchining soliqqa tortiladigan umumiy 
daromadidan chegirib tashlanar edi. 
Shunday qilib, soliq va amortizatsiya qonunlari lizingni rivojlantirish 
jarayonini qo’llab-quvvatlashga sabab bo’ldi. Imtiyozlar qanchalik ko’p berilsa, 
ushbu mamlakatlarda, lizing shu qadar tez rivojlandi. 
II bosqichning oxiriga kelib, lizing sohasidagi tadbirkorlik dinamikasining 
asosiy yo’nalishi yangilanish va yanada rivojlanish sari o’zgardi. Bunda 
fan-texnika taraqqiyoti katta rol o’ynadi. Fan-texnika taraqqiyoti ta’sirida ishlab 
chiqarish va boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash 
boshlandi, bu esa ishlab chiqarishga, ayniqsa elektron-hisoblash texnikalarni 
ishlab chiqarish sohasiga kapital qo’yilmalarning o’sishiga olib keldi va texnika 
transport vositalari bilan bir qatorda lizingning birinchi obyektlaridan biriga 
aylandi.
Shubhasiz, bu g’oyatda qimmatbaho bo’lgan asbob-uskunalardan 
foydalanish aynan lizing operatsiyalarining keng tarqalishi tufayli mumkin 
bo’ldi. Lizing oluvchi ushbu texnikadan vaqtincha foydalanish yo’li bilan o’z 
ishlab chiqarish muammolarini tez hal qilish imkoniyatiga ega bo’ldi. Bundan 
tashqari, lizing tufayli alohida texnikanigina emas, balki jamlangan 
texnologiyalardan ham foydalanish mumkin bo’ldi. Ayni paytda eng ilg’or 


12 
texnologiyalarni qo’lga kiritish, uni o’zlashtirish va yuksak texnik saviyada 
saqlash uchun ham sharoitlar yaratildi. Assortimentning bir necha marta 
kengayishi va mahsulotning tabaqalashuvi, kichik va o’rta firmalarning ko’pligi 
lizing korxonalarining samarali faoliyat ko’rsatishiga imkoniyat yaratdi. 
Ichki va tashqi bozorlarda raqobat kuchayib borayotgan sharoitlarda 
texnikani iste’molchilarga qanday moliyaviy shartlar bilan taklif qilinishiga 
katta ahamiyat berila boshlandi. Sanoat va savdo kompaniyalarining muntazam 
o’zgarib turuvchi talabini endilikda faqatgina kredit muassasalarining klassik 
operatsiyalari hisobiga to’liq qondirish mumkin bo’lmay qoldi. Xo’jalik yuritish 
manbalaridagi ustivor yo’nalishlar lizing foydasiga o’zgara boshladi. Yuqorida 
tavsiflab o’tilgan omillar va ularning ta’siri lizingning ahamiyatini kuchaytirib 
yubordi. 
Lizing tadbirkorligining rivojlanishidagi III bosqich 1973-1974-yillardagi 
iqtisodiy inqiroz davrida boshlanib, bu davrda, 1980-1982-yillardagi ham 
monopoliyalarning lizing biznesi bilan munosabatlarini qayta ko’rib chiqish 
jarayoni jadallashdi va lizing rivojlanishi faoliyat sohasining kengayishi bilan 
bog’liq bo’ldi. 
Inqiroz sharoitlarida zarur resurslardan samarali foydalanish, 
iste’molchilar doirasini kengaytirish va yangi sotuv bozorlarini egallash 
maqsadlarida lizing moddiy-texnika ta’minotning, nafaqat joriy, balki 
qo’shimcha foyda olish bilan bog’liq uzoq muddatli vazifalarni ham hal 
qilishning asosiy manbaiga aylandi. Bu davrda moliyaviy qiyinchilikka duchor 
bo’lgan kichik firmalar bilan bir qatorda ulkan resurslarga ega bo’lgan yirik 
kompaniyalar ham lizing xizmatlariga murojaat qildi. Yirik kompaniyalarning 
lizingga bunday e’tibor berishlariga asosiy sababi ularning ishlab chiqarish 
hajmini oshirish va yangi sotuv bozorlarida mustahkam o’rnashib olishga 
intilishi edi. 
Bu bosqichda banklar ham asta-sekin bunday operatsiyalarga qo’shila 
boshladilar. Ular lizing kompaniyalariga kreditlar ajrata boshladilar. Mavjud 
ma’lumotlarga qaraganda, 70-yillarda dunyoning ko’pgina yetakchi banklari 


13 
lizing bo’yicha maxsus bo’limlar yoki lizing kompaniyalarini tashkil qildilar. 
Masalan, «Siti benk» o’zining lizing kompaniyasi va bu kompaniyaning shuba 
filiallari orqali «Interneshnl Xorvestr» korporasiyasining o’ta qudratli traktor 
texnikasini lizingga berish bilan shug’ullandi. 
Yuqorida qayd etilganidek, ushbu bosqichning o’ziga xos jihati ikkita 
yirik iqtisodiy inqiroz ro’y bergan, ishbilarmonlik faoliyati pasaygan, talab 
toraygan, foyda me’yori kamaygan sharoitlarda yirik korporatsiyalar aynan 
lizinga murojaat qildilar. Bu esa, ayni paytda, lizing korxonalarining faoliyat 
taktikasini belgilab berdi, ya’ni ular uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulotni 
ijaraga berish hajmlarini ko’paytirish imkoniyati paydo bo’ldi.
O’tgan asrning 80-yillarning boshida, g’arb iqtisodchilarining 
ma’lumotlariga ko’ra, dunyoning 60 dan ortiq mamlakatlarida lizing 
kompaniyalari tashkil qilingan bo’lib, ular chet ellardagi 150 ta filiallari orqali 
rivojlanayotgan mamlakatlarda operatsiyalarni amalga oshirish bilan 
shug’ullangan. Korxonalar sonining bunday ortishi lizing tadbirkorligi 
rivojlanishidagi eng muhim o’zgarishni yorqin ifodalaydi. Aytib o’tilgan 
fikrlarni umumlashtirib, lizingning rivojlanishiga va uning iqtisodiyotdagi 
o’rniga eng katta ta’sir ko’rsatgan quyidagi bir qator asosiy omillarni sanab 
o’tish mumkin: 
- soliq-amortizatsiya imtiyozlari; 
- fan-texnika taraqqiyoti; 
- lizing yordamida moliyalashtirish samarali ekanligining tan olinishi; 
- lizingning sotuv funksiyasi
- lizing bilan bog’liq xizmatlar to’plamining kengligi. 
Biz lizing sohasidagi tadbirkorlik bosqichlarini ko’rib o’tishni 
boshlaganimizda lizing kompaniyalari sonining ko’payib borish tendensiyasi 
mavjudligini ko’rsatib o’tgan edik. Barcha mamlakatlarning tajribasidan kelib 
chiqqan holda shuni aytish mumkinki, lizing korxonalarining faoliyat jarayoni 
turlicha bo’lib, ko’pgina omillarga va avvalo raqobatbardoshlikka bog’liqdir. 
Raqobatbardoshlikning hal qiluvchi omillari narx va sifatdir.


14 
Odatda, bitimning «narxi» asosiy omil hisoblanadi. Lizing beruvchi uchun 
«narx» daromaddor koeffitsiyenti, shu jumladan ijara muddati, mulkning qoldiq 
qiymati, soliq rejimi, risk darajasi, bo’nak to’lovlarining mavjudligi, 
tomonlarning huquq va majburiyatlari bilan bog’liq. Lizing oluvchi uchun esa 
ko’pincha lizing bilan bog’liq xarajatlar miqdori, shu jumladan lizing bitimining 
foizi yoki xalqaro bozordagi valyuta kurslarining o’zgarishi narx ko’rsatkichi 
hisoblanadi.
Quyidagi 1.1.2-chizmada lizingning rivojlanish bosqichlarini ko’rishimiz 
mumkin. 


Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin