3
Kirish
Tadqiqot ishining dolzarbligi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakat
iqtisodiyotida chuqur o’zgarishlarga erishish, lizing munosabatlari
va uning
qishloq xo’jalik investitsion faoliyatiga ta’sirini o’rganish, iqtisodiyot
sohalarida tadbirkorlikni rivojlantirish va ularni yangi mexanizmlar orqali
cheklangan moliyaviy resurslardan iloji boricha ko’proq samara olib
foydalanishga harakat qilinadi. Shuningdek, iqtisodiyotni yanada rivojlantirish
har qanday mamlakatda investitsion jarayonlarni kengaytirishdan boshlanadi.
Lizing munosabatlari qishloq xo’jalik investitsiyalarni moliyalashda
o’ziga xos o’rni mavjud ekan, uning faoliyatini
tashkil etish va amalga
oshirish uchun alohida yo’nalishlarni ishlab chiqish zarur. O’zbekistonda
lizingga bo’lgan talabning o’sib borishi mamlakat iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir
etadi. Shu bilan birgalikda, hozirgi kunda korxonalar va qishloq xo’jaliklarda
yangi texnika va texnologiyalarga talab oshib
borishi hamda bu talabning
moliyaviy ta’minoti lizing orqali amalga oshirilishida xorijiy kompaniyalar
ham o’z tovar va xizmatlarini taklif qilmoqdalar.
Bu to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov
quyidagilarni ta’kidlab o’tganlar: - «Bugungi kunda lizing xizmatiga alohida
ehtiyoj sezilmoqda. Xususan, kichik korxonalar, xususiy tadbirkorlar, fermer
xo’jaliklari aynan lizing orqali zamonaviy ixcham texnologiyalarga ega
bo’lishi mumkin. Bugun biz uchun g’oyat zarur bo’lgan investitsiya oqimi
kuchayishiga, qishloq xo’jalik texnikasini, transport
va samolyotlar parkini
yangilashda lizing amaliy vosita bo’lib xizmat qilishi zarur
1
».
Xo’jalik yurituvchi subektlarda mavjud
asosiy fondlarni doimiy
ravishda yangilash, jahon andozalariga
mos ravishda yangi texnika-
texnologiyalarni joriy etish hamda jahon bozorlariga eksport qilish, erkin
raqobatga chidamli tovar va xizmatlar ishlab chiqarish maqsadga muvofiqdir.
Buning uchun yangi texnika va texnologiyalar uchun moliyaviy
1
Karimov I.A. «Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot – pirovard maqsadimiz»Tosh:«O’zb»2015
4
manbalarni izlab topishda lizing infratuzilmasini rivojlantirish talab etiladi va
bu orqali mamlakatimizga chet el investitsiyalarni
kirib kelishiga zamin
yaratadi. Iqtisodiyotni texnik-iqtisodiy modernizatsiyalash, sanoat va qishloq
xo’jalikning ustivor tarmoqlarini yanada rivojlantirish, ishlab chiqarish
samaradorligini o’stirish, tashqi va ichki bozorlardagi talablarga javob
beradigan raqobatbardosh tovarlarni ko’paytirish,
yangilarini yaratish va
amalga oshirilishini taqozo etadi. Bu holat dissertatsiya tadqiqoti mavzusining
dolzarbligini belgilaydi va uni tadqiq etish zaruratini keltirib chiqaradi
Dostları ilə paylaş: