86
3.3.1 –jadval.
Kreditor nuqtai nazaridan kredit va lizing munosabatlarining eng muhim
tafovutlari
Manba: Fozibekov D.F. va bosh. Lizing munosabatlari nazariyasi va amaliyoti. – T.: Fan va
texnologiya, 2004.
Ko’rsatkichlar
Munosabat turlari
Kredit
Lizing
Obyektga
mulkchilik
huquqi
Mulkchilik
huquqi qarz oluvchiga
beriladi. Egalik qilish, foydalanish va
tasarruf etish huquqi qarz oluvchiga
tegishlidir.
Obyektni
mulk qilib olish opsioni
mulk huquqini topshirish emas.
Egalik qilish va foydalanish huquqi
mulkchilik huquqidan ajratiladi.
Sotuvchi
bilan
munosabatlar
da xaridor
hisoblanadi
Barcha holatlarda qarz oluvchi yoki
uning vakili
Lizing oluvchi agar sotuvchini o’zi
tanlasa, u xaridorga tenglashtiriladi.
Aks holda mulkni keyinchalik
ijaraga topshirish maqsadini
ko’zlaydigan lizing beruvchi xaridor
hisoblanadi.
Kreditning
ta’minoti
Mol-mulkni garovga qo’yish, bank
kafolati, ipoteka, kafillik.
Asosan lizing obyekti
Lizing
obyektiga
chiqimlar
tasnifi
Kredit hisobidan investisiyalash
Lizing to’lovlari: kredit uchun haq,
amortizasiya ajratmalari, vositachilik
haqi, qo’shimcha xiz-matlar uchun
xaq, QQS, sug’urta to’lovlari.
Kreditni
berish va
uzish shakli
Valyuta- pul
To’lash
- tovar shaklida, uzish -
valyuta-pul, kompensasiya va
aralash shakllarda
Savdo va
kredit
bitishu-
vining
Kredit bitishuvi shartlari oldi-sotdi
dalolatnomasida ko’rsatiladi.
Hamisha mulkni xarid
qilishdan
boshlanmaydi va hamisha sotish
bilan nihoyatlanmaydi.
Kreditni
uzish
manbalari
qarz oluvchining foydasi hisobidan
Ishlab chiqariladigan mahsulot
tannarxiga ko’shiladigan amorti-
zasiya va boshqa ajratmalar
hisobidan.
QQS
Solinmaydi
Solinadi
Kredit
munosabati
qatnashchilar
i
Kredit
beruvchi va qarz oluvchi
Lizing beruvchi, lizing oluvchi va
lizing obyektini ishlab chiqaruvchi
87
Oddiy bank krediti kabi lizing krediti ham muayyan maqsad uchun aniq
muddatlarga qaytarib berish va haq to’lash sharti bilan beriladi. Kredit munosabatlari
kabi lizing munosabatlari ham shu munosabat qatnashchilaridan har birining
manfaatlari mos kelganida va tegishli manfaatlar ko’rish umidida tarkib topadi. Bank
krediti kabi lizing kreditini ham o’z vaqtida qaytarib berish va undan
foydalanganlik uchun haq to’lash kerak. Bank krediti bo’yicha ham, lizing
krediti
bo’yicha ham qarz oluvchilarning qarzning asosiy summasini qaytarish va qarz
yuzasidan haq to’lash imkoniyatlari aniqlanadi. Bank kreditiga ham,
lizing
kreditiga ham qarz olinishi asos bo’ladi. Bank kreditini berishda ham, lizing
kreditini berishda ham u yoki bu loyihani investitsiyalash
qanchalik maqsadga
muvofiq ekanligi haqida puxta ishlangan qaror qabul qilinadi. Bank kreditini olishda
ham, lizing kreditini olishda ham qarz oluvchi o’z zimmasiga qarzning asosiy
summasini va foizlarini o’z vaqtida to’lash majburiyatini oladi.
Mulkchilik huquqining egalik qilish va foydalanish huquqidan ajratilishi bank
kreditining lizing kreditidan eng asosiy farqidir. Uzoq muddatli bank krediti berilganida
kreditdan foydalanganlik uchun foizlar to’lash soliq to’langanidan keyin foyda
hisobidan amalga oshirilsa, lizing berilganida bu to’lovlar boshqa to’lovlar bilan
birga mahsulot tannarxiga kiritiladi, bu esa foyda solig’i bo’yicha tegishli soliqqa
tortish bazasini kamaytiradi.
Agar bank krediti moliyalashtirishning qo’shimcha manbai tarzida namoyon
bo’lsa, lizing krediti qoida tariqasida bitimni 100 foiz moliyalashtirishni ta’minlaydi.
Agar lizing mol-mulki lizing beruvchinint
balansida aks etsa, bu narsa lizing
oluvchining rentabellik, qarz va o’z mablag’lari koeffisiyenti kabi muhim balans
ko’rsatkichlarini yaxshilab, qo’shimcha mablag’ jalb etish uchun imkoniyat yaratadi.
Lizing mol-mulki lizing oluvchining balansida (balansdan tashqari hisob raqamida)
hisobga olingan taqdirda, lizing oluvchining balans ko’rsatkichlari kredit hisobiga sotib
olishga nisbatan afzalroq bo’lib chiqadi, chunki qarz mablag’i bilan o’z mablag’i
o’rtasidagi nisbat yaxshi tomonga o’zgaradi. Ko’pgina mamlakatlarda lizing
munosabatlaridan foydalanish tufayli tadbirkorlar bank krediti hisobidan texnika
sotib olgandan ko’ra 20-30 foiz kamroq mablag’ sarflaydilar. Yuqorida
88
ko’rsatilganlaridan tashqari yana bir qancha tafovutlar ham bor. Ammo lizing
kreditdan foydalanganlik uchun foiz stavkasiga va soliq qonunchiligiga nisbatan juda
sezgir bo’ladi. Lizing qarz mablag’larini kelgusida ham jalb etish uchun asos yaratadi.
Lizing oluvchi oldidagi asbob-texnikalarning sifati, butligi, yetkazib berish
muddatlari va boshqa xizmatlar uchun lizing beruvchi emas, balki mahsulot ishlab
chiqaruvchi javob beradi. Lizing oluvchi uchun lizing soliq to’lovlari hajmini
kamaytirish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: