Lizing-agror sohada ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish uslubi



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/36
tarix09.04.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#95386
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
lizing-agror sohada ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish uslubi sifatida

3.3.2-jadval. 
Lizing munosabatlari bilan yollash munosabatlarining eng muhim tafovutlari 
Manba: Fozibekov D.F. va bosh. Lizing munosabatlari nazariyasi va amaliyoti. – T.: Fan va 
texnologiya, 2004.
 
Baholash 
ko’rsatkichlari 
Munosabat turlari 
Yollash 
Lizing 
Ishlab chiqarish vo-
sitalariga munosabat 
Foydalanish 
Foydalanish, egalik qilish, qisman 
tasarruf etish 
Yollash obyekga 
Xodim 
Mol-mulk 
Resurslar uchun
javobgarlik 
Ma’naviy va qisman 
moddiy 
To’liq mulkiy 
Asosiy fe’l-atvor 
motivlari va stimullari 
Avvalo fiziologik ehtiyojlarni 
qondirish 
Shaxsiy imkoniyatni yuzaga chiqarish, 
sosial va intellektual ehtiyojlarni 
qondirish 
Ishlab chiqarilgan 
mahsulot va daromadga 
bo’lgan huquq 
Mahsulot va daromad 
korxona egasining mulkidir 
Lizing oluvchi foydalanuvchiga 
tegishlidir 
Tovar ishlab 
chiqaruvchining holati 
Yollanma xodim 
Tadbirkor-mulkdor 
Bajaradigan funk-siyalari 
Ijrochilik 
Ijrochilik, boshqaruvchilik, ya’ni 
ijodiy vazifalar 
Boshqaruv usullari 
Asosan ma’muriy 
boshqaruv 
Qarzni o’zi boshqarish va 
boshqaruvning iqtisodiy usullari 
Huquqiy tartibga solish 
Mehnat munosabati 
Moliyaviy, mulkiy, kredit, ijara, 
tijorat huquq munosabatlari, 
mulkchilik munosaballari 
Mehnatga haq to’lash 
darajasi 
Mehiat shartnomasiga 
binoan 
Lizing oluvchining qoldiq daromadi 
bilan belgilanadi 
Menejerlar bilan 
munosabatlar 
Tabaqaviy (iyerarxiya-viy) 
Shartnomaga binoan, sherikchilik 
Tashkiliy shakl 
Yollanma mehnat 
Mustaqil tadbirkorlik faoliyati 


89 
Lizing haqida qaror qabul qilganda avvalo, lizing loyihasiga alohida e’tibor 
berish, lizing obyektini yetkazib berish va qabul qilish shartlari, uni ishlatish, 
texnikaviy xizmat va boshqa shartlarni sinchiklab asoslash lozim. Aniq loyihaga 
investisiya sarflashning muqobil usullarini taqqoslashda lizing mol-mulkini xarid 
qilish yoki qaytarish sharoitlarini, soliq solinishini (ko’riladigan manfaat yoki 
zararni) sug’urta, to’lov usullarini, tovar bilan kreditlash shartlarini va umuman 
lizingning moliyaviy vazifalarini har tomonlama asoslash kerak bo’ladi. Lizing 
foydasiga investisiya qarorlari qabul qilishda risklar xavfini baholash katta 
ahamiyatga egadir.
O’zbekiston Respublikasining "Lizing to’g’risida"gi Qonuni 18 va 19- 
moddalariga binoan lizing obyekti bilan bog’liq barcha risklar lizing oluvchi zimmasiga 
yuklatiladi, bu esa lizing oluvchi faoliyatini og’irlashtiradi. Masalan, lizing 
obyektini sug’urtalash uchun javobgarlik lizing shartnomasida ko’rsatilmagan 
bo’lsa, buning uchun lizing oluvchi javobgar bo’ladi. Lizing obyekti bilan bog’liq 
bo’lgan barcha risklar, shu jumladan, uning tasodifan yo’qolishi yoki nobud bo’lishi, 
yoki o’g’irlanishi, barvaqt eskirishi, shikastlanish risklari lizing shartnomasida nazarda 
tutilgan tartibda lizing oluvchiga o’tadi. Risklar lizing oluvchiga o’tgan paytdan e’tiboran 
lizing oluvchi lizing obyekti harkanday yo’qotilishi yoki shikastlanishi uchun lizing 
shartnomasi amal qiladigan muddat davomida javobgar bo’ladi. 
Qonunda ko’zda tutilishi bo’yicha, agar risklar lizing beruvchidan lizing 
oluvchiga o’tadigan vaqt lizing shart-nomasida belgilangan bo’lmasa, risklar lizing 
oluvchiga u lizing obyektini olgan paytdan e’tiboran o’tadi. Sotuvchining 
nochorligi yoki lizing obyektining undan foydalanish maqsadlariga nomuvofiqligi 
risklari lizing oluvchining zimmasida bo’ladi, lizing beruvchining sotuvchini yoki 
lizing obyektini tanlash yohud lizing beruvchi lizing oluvchini muayyan sotuvchini 
yoki lizing obyektini tanlashga g’ayri qonuniy tarzda majburlash holari bundan 
mustasnodir. 
U yoki bu loyihalarni amalga oshirish yuzasidan qarorlar qabul qilish jarayonida 
lizing obyektini tadbirkorning o’zi vujudga kelayotgan ishlab chiqarish ehtiyojlari va 
mavjud imkoniyatlar holatiga qarab tanlaydi. Har bir aniq loyiha barcha shart-


90 
sharoit va cheklashlarni hisobga olib alohida ko’rib chiqilishi kerak, chunki lizing 
investisiyalarni moliyalashtirish usullaridan biri ekanligi sababli, eng manfaatli 
bo’lgan taqdirdagina undan foydalanish lozim.
Shunday qilib, tadqiqotlarning ko’rsatishcha, lizing munosabatlarining kredit 
munosabatlaridan afzalligi shundan iboratki, traktor narxi, muddati, shartnoma 
bo’yicha jami summa, lizing (kredit) muddati mobaynida to’lanadigan foiz 
summasidadir. Lizing uchun 10 yil mobaynida to’lanadigan foiz summasi 
11928989 so’m, kredit uchun 3 yil mobaynida 11962840 so’mni tashkil etadi. 

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin