26
III BOB. Kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirishni amaliy asoslari
3.1 Kasbiy bilimlar asosida ko‘nikmalarni shakllantirish usullari
(ko‘nikma, malaka)
Tug‘ma instinktlardan farqli o‘laroq inson xatti-xarakatining ko‘p qismi hayot tajribasida
ortirilgan ko‘nikmalardan iboratdir Kasbiy ko‘nikmalar haqida gapirar ekanmiz kasbga
tayyorgarlik bosqichi ishtirokchisining o‘z funksiyasi va rolini bajarishi uchun talab etiladigan
usul, uslub, kasbiy madaniyatdagi odatlarni, stereotiplarni tushuniladi.
Ongli xarakatlar kasbiy malaka va ko‘nikmalarning alohida shakli bo‘lib, u kasbga
tayyorgarlikga nisbatan ong xarakatining maqsadlari uchun xizmat qiladi.
Kasbiy bilimlar bilan ko‘rollantirishning maqsadi ijtimoiy xarakterga ega bo‘lishini
ta’minlash, har xil ishtirokchilarni birlashtirish uchun turli usullar qo‘llaniladi. Avvalo bu
masalani turli dasturlar,
sxemalar, tadbirlar, korxona ta’lim muassasasining o‘zaro xamkorligi
asosida yechadilar.
Kasbiy bilimlarga ega bo‘lish va ko‘nikmalarni shakllantirish uchun talabalarning
mustaqil faolligi, qiziqishlari va ta’sir darajalari alohida axamiyat kasb etadi.
Yuqorida ko‘rsatilgan kasbiy bilimlarning uch shakli:
instinktlar,
ko‘nikmalar va
ongli xarakat-analitik maqsadda qo‘llaniladi.
Zamonaviy ijtimoiy psixologiya va kasb psixologiyasining kasbiy madaniyatning
ko‘plab nazariy modullarida namoyon bo‘ladi. Lekin barcha yo‘nalishlar, tadqiqotlar
strategiyalarga kiritiladi.
Birinchisi shaxsni ta’sir ob’ekti sifatida mashina vintchasi deb tasavvur qiladi. Ikkinchisi
guruh
tadqiqotchilari boshqa fikr, ya’ni inson faqat tashqi ta’sir ob’ekti bo‘libgina qolmasdan,
faoliyatning rivojlanishining maqsadi, uning faol sub’ekti deb hisoblaydilar. Bu esa o‘z
navbatida ijtimoiy psixologiya va kasb psixologiyasida shaxsni yoki guruhni kasbiy faoliyatga
kirish mexanizmi, ob’ektiv qonuniyligi va faktorini ochish tarzida o‘rganishni taqozo etadi.
Ijtimoiy – siyosiy jarayonni individ tomonidan psixologik qabul qilishi milliy omilga xam
bog‘liq bo‘ladi.Talabalarning kasbiy bilimlarini oshirish orqali ulardagi kasbiy ko‘nimalarni
shakllantirida ularning qiziqishlarini alohida ahamiyatga ega ekanligi yuqorida e’tirof etilgan edi.
Kasbiy qiziqishlarning o‘quvchilar faoliyatidagi o‘rnini yuqoridagi
tahlillar asosida
muhim ekanligiga ishonch hosil qildik. Kasbiy qiziqishlarni o‘rganish psixologiyada juda ko‘p
ilmiy tadqiqotlar mavzusi sifatida o‘rganilgan va amaliy tahlil qilingan ekan, biz o‘z
tadqiqotimizni ana shu tadqiqotlarning bugungi o‘quvchilar faoliyatidagi kasbiy qiziqishlarni
o‘rganish orqali qiyosiy tahlil qilishga harakat qildik. Ma’lumki shaxsning barcha qobiliyatlari
uning qiziqishlarining qay darajada shakllanganliga bog‘liq holda rivojlanadi. Shu nuqtai-
nazardan o‘quvchilar kasbiy qiziqishlari ularning ehtiyojlari, kelib chiqishi,
kasblar haqida
qanchalik ma’lumotlarga egaligi, kelajak orzulari bilan bog‘lik bo‘ladi.
Shaxsning kasbiy bilimlarini aniqlash muammosi X1X asrning oxiri – XX asrning
boshlariga kelib izchil hal qilina boshlandi. Xorijda bunday ishlar Spirmen, Bine, Ayzenk va
boshqalar tomonidan o‘rganildi. Ular kasbiy bilim va ko‘nikmalarni o‘rganish uchun maxsus
testlardan foydalandilar. Bu testlarning umumiy mohiyati shundaki,
ularda topshiriqlar tizimi
tobora qiyinlashib boruvchi testlar-topshiriqlar batareyasidan iborat bo‘ladi.
Kasblarni klassifikatsiyalashning turli usullari, ularni egallash yo’llari, kasbning insonga
qo’yadigan talablar bilan tanishishidan tashqari, o’z qiziqshlari mayl va qobiliyatlarini
aniqlashning ba’zi amaliy ko’nikmalarini ham o‘zlashtirishi zarur. Shu maqsadda ularga qiziqsh
kartasi, mayillikni baholash kartasi va hokazolarni to‘ldirish kabi topshiriqlarini bajartirish
ko’zda tutiladi. Bu tadbirlar har bir o‘quvchiga o‘z imkoniyatlarini
haqiqiy baholash va ularni
muayyan kasbning insonga qo‘yadigan talablari bilan taqqoslash imkonini beradi. Kasbiy
bilimlarni egallash va kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirishda o‘quvchi qobiliyatlarining har bir
yo‘nalishga hos shakllanganlik darajasi ham muhim ahamiyatga ega. Bu boradagi psixolog
olimlarning olib borgan tadqiqot natijalariga e’tibor berganimizda, masalan, Ayzenkning
27
mashxur intellekt testi 40 ta topshiriqdan iborat bo‘lib, u intellektual
jarayonlarning kechishi
tezligini o‘lchaydi. Bu yerda vaqt mezoni muhim hisoblanadi. Boshqa mualliflar sekin ishlash –
qobiliyatsizlik belgisi emas deb, boshqacharoq usullarni o‘ylab topganlar. Ko‘pchilik olimlar
uchun, masalan, rus olimlari uchun qobiliyatni o‘lchashning ishonchli mezoni – bu shaxs
yutuqlarini va uning qobiliyatidagi o‘zgarishlarni bevosita faoliyat jarayonida qayd etishdir.
Rus olimi Ye.A. Klimov yoshlar iqtidorining yo‘nalishini aniqlash maqsadida faoliyat va
kasb-hunar sohalarini asos qilib olib, metodika yaratdi va uning “Professional-diagnostik
so‘rovnoma” deb atadi. Shunday qilib, u barcha kasblarni ularning yo‘naltirilgan sohasiga ko‘ra
5 toifaga bo‘ldi:
P(T) - tabiat (usimlik, hayvonlar, mikroogranizmlar);
T - texnika (mashina, materiallar, energiyaning turlari) ;
Ch(O)- odam (odamlar guruhi, jamoalar);
Z (B)- belgilar (turli ma’lumotlar, belgili simvollar);
X (I)- badiiy, ijodiy obrazlar (tasviriy san’at, musiqa).
Bu metodik yordamida o‘quvchilarning kasbi yo layoqatlari aniqlanadi va ularning to‘g‘ri
kasbga yo‘naltirish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: