21
2. Ijodiy yo'nalish tamoyili.
Bu
tamoyil nafaqat reproduktiv, balki ijodiy faoliyat ko'nikmalarini
rivojlantirishni ham o'z ichiga oladi. Kreativlikni rivojlantirish faqat maqsadli
xarakterga ega bo'lmasligi kerak, ya'niki erishilayotgan natija amaliyot so'ngida
natijaga erishish degan fikrdan yiroq bo'lishi lozim.
Bu holatda talaba
topshiriqlarni tez va hech qanday hissiyotlarsiz bajarishlari kerak.Chunki bu
holat mashg'ulot sifatiga, diagnostika natijalariga, umuman, barcha tajriba-sinov
ishlariga salbiy ta'sir ko'rsatadi.Agar kreativlikning rivojlanishi bosqichli
xususiyatga ega bo'lib, har bir vazifa yoki faoliyat
turi sinovning keyingi
bosqichi sifatida qaralmasdan, balki o'z-o'zini sinab ko'rish, o'zini o'zi anglash va
qiziqarli faoliyat uchun imkoniyat sifatida yo'naltirilgan bo'lsa, u holda
bajarilayotgan ish yuqori sifatlii va o'rganilayotgan konsepsiya ko'rsatkichlari
o'sish darajasida bo'ladi.
3.Butunlilik va izchillik tamoyili.
Bu tamoyil ijodkorlikni rivojlantirish
dasturi tuzilmasi yaxlitlilik, izchillik,
to'liqlilikni talab qiladi. Faqat shu holatda qo'yilgan
maqsadga erishish uchun
vosita va usullarni tanlashning maqsadga muvofiqligi haqida gapirish mumkin.
Kreativlikni bo'lajak o'qituvchining yaxlit qiyofasiga hamroh bo'ladigan sifatlar
tizimining tarkibiy qismi sifatida qarash lozim.
Dostları ilə paylaş: