Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/72
tarix12.04.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#96693
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72
kreativ-pedagogika-qullanma

Asosiy shakllar 
Ta'lim jarayonini qiziqarli, jonli, jo‘shqin 
tashkil etish 
Me'yoriy hujjatlar (o‘quv fanlari bo‘yicha 
DTS, o‘quv dasturi va rejalari)ni 
tayyorlash 
O‘quv manbalari (darslik, o‘quv-metodik 
va metodik qo‘llanma, tavsiyanoma
lug‘at, ensiklopediya, atlas, ish daftari va 
b.)ni yaratish 
Ta'lim jarayoni va ma'naviy-ma'rifiy 
ishlar loyihalarini tayyorlash 
O‘quv axborotlari, nazorat hamda sinov 
topshiriqlarini shakllantirish 
Ilmiy-tadqiqotlarni muvaffaqiyatli olib 
borish 
1-rasm. Pedagogik kreativlikning asosiy shakllari 
Ilmiy va metodik anjumanlarda faol 
ishtirok etish, chiqishlar qilish 
Ilmiy, ilmiy-metodik va metodik ishlarni 
chop ettirish 
Davriy hisobotlarni topshirish, attestatsiyadan 
o‘tish


15 
Pedagogik kreativlik – pedagogning an'anaviy pedagogik fikrlashdan farqli 
ravishda ta'lim va tarbiya jarayonini samaradorligi ta'minlashga xizmat qiluvchi 
yangi g'oyalarni yaratish, shuningdek, mavjud pedagogik muammolarni ijobiy 
hal qilishga bo'lgan tayyorgarligini tavsiflovchi qobiliyati.
Pedagogning kreativlik sifatlariga ega bo‘lmasligi tufayli talabalar ham 
qiziqarli va ajoyib g‘oyalarga ega bo‘lsalar-da, biroq, ularni ifodalashda 
sustkashlikka yo‘l qo‘yadi. Buning sababli ta'lim jarayonida qo‘llanilayotgan 
metodlar talabalarda erkin, mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat 
qilmasligi bilan belgilanadi. Kasbiy faoliyatda pedagogning kreativligi turli 
shakllarda namoyon bo‘lai (1-rasm). 
Pedagog tomonidan ushbu shakllarda kasbiy faoliyatning samarali tashkil 
etilishi uning kreativligi qay darajada ekanligiga bog‘liq bo‘ladi. 
Pedagoglar kreativlik sifatlari bilan bir qatorda ijodiy faoliyatni tashkil etishga 
layoqatlilikni ifodalovchi quyidagi malakalarga ham ega bo‘lishlari zarur: 
Pedagoglarda kreativ faoliyatni tashkil etishga imkon beradigan malakalar 
guruhlari: 
1) bilishga oid (gnostik) malakalar;
2) loyihalash malakalari; 
3) ijodiy-amaliy (konstruktiv) malakalar; 
4) tadqiqotchilik malakalari
5) muloqotga kiruvchanlik (kommunikativ) malakalari; 
6) tashkilotchilik malakalari; 
7) izchillikni ta'minlovchi (protsesssual) malakalar; 
8) texnik-texnologik malakalar 
Pedagogning kreativlik potensiali. Talabalarni kreativ fikrlashga o‘rgatish, 
ularda kreativ tafakkurni shakllantira olish uchun avvalo o‘qituvchining o‘zi 
kreativ, ijodkor shaxs bo‘lishi zarur. Bordi-yu, uning o‘zi kreativlik sifatlariga 
ega bo‘lmasa, u holda qanday qilib, talabalarni kreativ fikrlashga rag‘batlantira 


16 
oladi. Chiqariladigan yagona xulosa quyidagicha: o‘qituvchining o‘zi kreativ, 
ijodkor bo‘lsagina, talabalar ham shunday bo‘la oladi.
O‘qituvchining ijodkor va kreativ bo‘lishi yoki bo‘lmasligi emas, balki 
darslarni ijodkorlik, kreativlik ruhida tashkil etishi, yangi g‘oyalarni ta'lim 
jarayonida sinab ko‘rishga intilishi zarur. Mashg‘ulotlarda o‘qituvchi 
“Kreativlik yo‘l xaritasi”ga ko‘ra quyidagi to‘rtta yo‘nalish bo‘yicha 
harakatlanadi va ulardagi harakatlar pedagoglarning kreativligini ifodalovchi 
belgilar (Patti Drepreau) sanaladi:
ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini namoyon etish;
talabalarni o‘quv fanlarini qiziqish bilan o‘zlashtirishga rag‘batlantiruvchi 
strategiya (metod va vositalar)dan foydalana olish;
innovatsion yondashuv va pedagogik masala (muammo)larning yechimini 
topishga kreativ yondashish;
kutiladigan natija.
Kreativlik potensialining tarkibiy asoslari va ustuvor tamoyillari. Pedagogning 
kreativlik potensiali uning umumiy xususiyati sifatida aks etadi. U ijodiy 
faoliyatning dastlabki sharti va natijasi sanaladi.


17 
Mazkur sifat shaxsning o‘z-o‘zini namoyon qilish layoqatiga egalikni va 
tayyorlikni ifodalaydi. Qolaversa, kreativ potensial negizida har bir 
mutaxassisning shaxsiy qobiliyatlari, tabiiy va ijtimoiy quvvati yaxlit holda 
namoyon bo‘ladi.

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin