22
fikrlash qobiliyatidan biroz yuqoriroq bo'lgan talablarni qo'yishimiz kerak.
Shuningdek kreativlikni rivojlantirish quyidagi vazifalarni
hal qilishga ham
yordam beradi:
1. Talabalarni turli yo'nalishlarda fikrlashga o'rgatish;
2. Nostandart vaziyatlarda muammoning yechimlarini topishni o'rgatish;
3. Aqliy faoliyatning o'ziga xosligini rivojlantirish.
4. Talabalarni mavjud muammoli vaziyatni turli tomonlardan tahlil qilishga
o'rgatish;
5. Tez o'zgaruvchan dunyoda yanada samarali hayot va moslashish uchun
zarur bo'lgan fikrlash xususiyatlarini rivojlantirish.
Shu bilan birgalikda pedagogik kerativlikni rivojlantirish sharti o'qituvchi va
o'quvchilar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarda insonparvarlik psixologiya
tamoyillarini amalga oshirishdir. Ushbu tamoyillar quyidagilarni nazarda tutadi:
1. Har bir talabaning g'oyasini yuqori baholash, bu barcha g'oyalar va
javoblarni
ijobiy mustahkamlash, xatodan tanish narsaga yangicha qarash
imkoniyati sifatida foydalanishni nazarda tutadi.
2. O'zaro ishonch, psixologik xavfsizlik muhitini yaratish.
3. Tanlash va qaror qabul qilishda mustaqillikni ta'minlash.
Kreativ salohiyatga ega o'qituvchi quyidagi
sifatlarga ega bo'ladi:
Kreativ fikrlashi kengayadi;
Tadqiqot ko'nikmalarini yaxshi egallaydi;
Pedagogika yoki maxsus fan yutuqlaridan hamda ilg'or tajribalardan
foydalanish imkoniyatlarini mustaqil tahlil qiladi;
Professor-o'qituvchilar tomonidan olib borilayotgan ijodiy loyihalar va
ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishda faol ishtirok etadi.
Kreativ fikrlaydigan o'qituvchiga qo'yiladigan
zamonaviy talablar shundan
iboratki, u axborotchi emas, balki o'quvchilarning individual imkoniyatlarini
hisobga olgan holda muvofiqlashtiruvchi (koordinator), boshqaruvchi (menejer),
muloqot tashkilotchisi, maslahatchisi bo'lishi kerak. O'qituvchi
bilimlarni
23
o'zlashtirishning eng samarali usullarini izlashni qo'llab-quvvatlaydi va
boshqaradi, qiziqarli kashfiyotlarni rag'batlantiradi, muvaffaqiyasiz urinishlarni
tahlil qiladi, o'quvchilarni mag'lubiyat va g'alabalarni amalga oshirishga
undaydi.
Demak, kreativlikni rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari sinfda
maqsadli ravishda yaratilgan ijodiy tarbiyaviy muhitga bog'liq bo'lishi mumkin;
o'qituvchining ijodiy xulq-atvori namunasining
mavjudligi va talabalarning
ijodiy qobiliyatlarini ifodalovchi sifatida o'qituvchining shaxsiyati; talabalar va
o'qituvchilarning birgalikda yaratilishi; ijodiy faoliyatdagi sub'ektiv o'rni; ijodiy
muhitni saqlash va muvaffaqiyat holatlarini yaratish.
Talabalar ijodining eng samarali rivojlanishi ijodiy ta'limning uzluksiz tizimi
sharoitida maqsadli, har tomonlama pedagogik ta'sir ko'rsatish
orqali
ta'minlanadi. Bu va boshqa masalalarni ishlab chiqish bilan fundamental amaliy
pedagogika sohasi sifatida kreativ pedagogika shug'ullanishi lozim.
Shuningdek nostandrt fikrlovchi, qiyin vaziyatlarda xotirjam, muammoning
yechimini topishda bir tomonlama emas, turli tomonlama yondashadigan
salohiyatli mutaxassislarni yetishtirishdan iborat.
Kreativlik otasi" nomi bilan mashhur Pol Torrans to'rtta kreativlik
konikmasini aniqlagan. Uning olib borgan tadqiqotlari shundan dalolat beradiki,
mazkur kreativ ko'nikmalarni shakllantirish va ularni baholash mumkun:
Dostları ilə paylaş: