18
fikrlaridagi sezgilaridagi, muloqotdagi, alohida faoliyat turidagi, ijodiy
yondashish, bilish darajasi deb ta`riflash mumkin.
O`qituvchining
kreativligi, bu uning qat`iy, chegaralangan yoki sust
chegaralangan sharoitlarda har xil original g`oyalarni izlab toppish laoyiqatidir.
Ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish quyidagi o`zaro bir-biriga bog`liq kreativlik
tarkibiy komponentlarini ajratsh imkoni beradi:
1. Intellektual (aqliy);
2. Axloqiy (o`z-o`zini boshqarish);
3. Motivatsion (maqsadiy);
4. Emotsianal (his hayajonli).
Kretiv layoqat quyudagi o`zaro bir-biriga bog`liq bo`lgan qismlardan iborat
bo`ladi:
1. Kreativlik maqsad;
2. Ijodiy intilish;
3. Kreativ (ustanovka) qurish,
4. Kreativ yo`nalish;
5. Kreativ ifodali akt;
6. Kreativ o`z-o`zini boshqarish;
7. Kreativ faollik;
8. Kreativ intilishlar darajasi.
O`qituvchining kreativligi uning ijodiy faoliyatida paydo bo`ladi va
rivojlanadi.
K.Rodgers “Ijod-o`z o`zini kuchaytirish demakdir” degan asarida ijodiy
shaxs uchun eng asosiy savollardan birini beradi: “Meni meni hayot tarzim
qoniqtiradimi yoki to`g`ri talqin etadimi. O`qituvchining ushbu savolga javobi
uning kasbiy va ijodiy cho`qqilarga intilishi yuqori ijodoy malakali va o`zini
ijodiy tomondan to`la namoish etishga intilishi kreativ shaxs bo`lishi”.
Shunday qilib kreativlik o`qituvchining ijodiy
faoliyatida ijodiy intilishi,
ijodiy qobiliyati, kreativ maqsadi, yo`nalishi va o`zini boshqara olishida
19
ko`rinadi va uni o`zini faolligi, o`zini-o`zi boshqara olishi bilan yetuk
rivojlanayotgan, o`sayotgan shaxsga aylanayotganini bildiradi.
Pedagogning kreativlik potentsiali uning umumiy
xususiyati sifatida aks
etadi. U ijodiy faoliyatning dastlabki sharti va natijasi sanaladi. Mazkur sifat
shaxsning o`z-o`zini namoyon qilish layoqatiga egalikni va tayyorlikni
ifodalaydi.
Qolaversa, kreativ potentsial negizida har bir mutaxassisning shaxsiy
qobiliyatlari, tabiiy va ijtimoiy quvvati yaxlit holda namoyon bo`ladi.
Kreativ
potentsial
bilish
jarayoniga
yo`naltirilgan
ijodkorlik
bilan
chambarchas bog`liq. Pedagogning kreativ potentsiali an`anaviy tafakkur
yuritishdan farqli ravishda quyidagilarda namoyon bo`ladi:
- tafakkurning tezkorligi va egiluvchanligi;
- yangi g`oyalarni yaratish qobiliyati;
- bir qolipda fikrlamaslik;
- o`ziga xoslik;
- tashabbuskorlik;
- noaniqlikka toqat qilish;
Pedagog kreativlik potentsialiga ega bo`lishi
uchun kasbiy faoliyatida
quyidagilarga e`tiborini qaratishi zarur:
- kasbiy faoliyatiga ijodiy yondashish;
- yangi-yangi g`oyalarni yaratishda faollik ko`rsatish;
- ilg`or pedagogik yutuq va tajribalarni mustaqil o`rganish;
- hamkasblar bilan pedagogik yutuqlar xususida fikr almashish.
Har bir pedagogning o`zini- o`zi rivojlantirishi va o`zini- o`zi namoyon eta
olishi
bevosita uning
kreativlik
qobiliyatiga
egaligi
bilan bog`liq.
Odatda pedagoglarning kreativlik qobiliyatiga ega bo`lishlari pedagogik
muammolarni hal qilishga intilish, ilmiy-tadqiqot ishlari yoki ilmiy loyihalarni
amalga oshirish va o`zaro ijodiy hamkorlikka erishishlari orqali ta`minlanadi.
Pedagog o`z-o`zidan ijodkor bo`lib qolmaydi. Uning ijodkorlik qobiliyati
20
ma`lum vaqt ichida izchil o`qib-o`rganish, o`z
ustida ishlash orqali
shakllantiriladi va u asta-sekin takomillashib, rivojlanib boradi. Har qanday
mutaxassisda bo`lgani kabi bo`lajak pedagoglarning kreativlik qobiliyatiga ega
bo`lishlari uchun talabalik yillarida poydevor qo`yiladi va kasbiy faoliyatni
tashkil etishda izchil rivojlantirib boriladi. Bunda pedagogning o`zini-o`zi ijodiy
faoliyatga yo`naltirishi va bu faoliyatni samarali tashkil eta olishi muhim
ahamiyatga ega.
Pedagog ijodiy faoliyatni tashkil etishda
muammoli masalalarni echish,
muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, shuningdek, pedagogik xarakterdagi ijod
mahsulotlarini
yaratishga
alohida
e`tibor
qaratishi
zarur.
Muammoli masala va vaziyatlarni hal qilar ekan, pedagogning masala
echimini topishga ijodiy yondashishi unda hissiy-irodaviy
sifatlarning
rivojlanishiga yordam beradi. Pedagog o`z oldiga muammoli masalalarni
qo`yish orqali mavjud bilimlari va hayotiy tajribalariga zid bo`lgan dalillar bilan
to`qnash keladi. Buning natijasida o`z ustida ishlash, mustaqil o`qib o`rganishga
nisbatan ehtiyoj sezadi.
Kreativlikni rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslarini tahlil qilish
natijalari bo'lajak o'qituvchining pedagogik amaliyot davridagi kreativligini
rivojlantirishning tarkibiy-funksional modeli tamoyillarini ajratib ko'rsatish
imkonini beradi. Bu tamoyillar quyidagilardan iborat
Dostları ilə paylaş: