O‘quv yili uchun Oʻzbekistоn respublikаsi хаlq tа’limi vаzirligi respublikа tа’lim mаrkаzi


N.Hakimova – Toshkent viloyati, Olmaliq tumani 19-sonli umumiy o‘rta  ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi



Yüklə 259,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/9
tarix12.04.2023
ölçüsü259,23 Kb.
#96783
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Ona-tili-va-adabiyoti-fani

N.Hakimova – Toshkent viloyati, Olmaliq tumani 19-sonli umumiy o‘rta 
ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


202 
 
2021-2022-o‘quv yili uchun 
 
ONA TILI
9-SINF 
Ona tili fanidan o‘quvchilarning DTSda belgilangan bilim, ko‘nikma, 
malaka va kompetensiyalarning elementlari qay darajada shakllanganligini 
hamda fikrini mantiqiy izchillikda, ona tilining keng imkoniyatlaridan o‘rinli 
foydalangan holda ravon va to‘g‘ri bayon eta olish malakasi, fikr bayon 
etilayotgan soha bo‘yicha o‘quvchining bilimlari kengligi va chuqurligi, tuzgan 
matnining imloviy, uslubiy, savodlilik darajasini aniqlash maqsadida 9-sinf 
bitiruvchilari ona tili fanidan yakuniy attestatsiyada ijodiy bayon yozadilar. 
Bayon matnlari 3 ta variantda tayyorlanadi. Har bir variantda bittadan 
matn beriladi. Bir o‘quvchi 3 ta variantdan (konvertdan) bittasini tanlab oladi. 
Tanlab olingan konvertdagi matn mavzusi doskaga yozib qo‘yiladi. Ijodiy 
bayon uchun berilgan topshiriq ham doskaga yozib qo‘yiladi. O‘qituvchi 
tomonidan ijodiy bayon matni bir marta (lozim bo‘lsa, ikki marta) o‘qib 
eshittiriladi. O‘quvchilar eshitgan matn mavzusidan berilgan topshiriq asosida 
ijodiy bayon yozadilar . 
Ijodiy bayon hajmi 9-sinf uchun 3,5 – 4 bet bo‘lishi mumkin. Belgilangan 
vaqt 2 soat (120 daqiqa) bo‘lib, 5 ballik tizimda baholanadi. Tasviriy 
vositalardan foydalanib bayon yozishda o‘quvchi matn mazmuniga bog‘lab, 
mustaqil ravishda ayrim narsa, voqea-hodisalarni tasvirlaydi. Boshlab berish 
yo‘li bilan bayon yozishda boshlanishi berilgan matnni o‘quvchilar ijodiy 
davom ettirib, uni to‘liq matn shakliga keltiradilar. O‘quvchining yozgan 
bayoni mazmun izchilligi va lisoniy qurilishi jihatidan talab darajasida bo‘lishi 
bilan birga, savodli bo‘lishi kerak. Shuningdek, bayonning reja asosida 
yozilishiga erishilishi zarur. Aniq tuzilgan reja o‘quvchi bayonining izchil 
mantiqiy bo‘lishini ta’minlaydi. 
Ijodiy bayon uchun ikkita baho (mazmuniga va savodxonligiga 5/5 
tarzida) qo‘yiladi. 

Yüklə 259,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin