O‘quv yili uchun Oʻzbekistоn respublikаsi хаlq tа’limi vаzirligi respublikа tа’lim mаrkаzi



Yüklə 259,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/9
tarix12.04.2023
ölçüsü259,23 Kb.
#96783
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Ona-tili-va-adabiyoti-fani

(Mirnosir Hasanov tarjimasi) 
Topshiriqlar: 
1. Matnga reja tuzing. 
2. O‘z fikr-mulohazalaringizni qo‘shib to‘liq bayon yozing. 


202 
 
2021-2022-o‘quv yili uchun 
VAQT QADRI 
Rum shahriga bir yosh savdogar tashrif buyurdi. Bu shaharda mashhur 
bir tikuvchi bor edi. Yosh savdogar shu chevarda kiyim tiktirishni xohladi. 
Yo‘lovchi mo‘ysafiddan chevarning do‘koni qayerdaligini so‘radi. Mo‘ysafid 
unga chevarning do‘koni manzilini aytdi va ogohlantirdi: 
– Bolam, u mashhur chevar bo‘lgani bilan qo‘li egri. Ehtiyot bo‘l. 
Manaman deganlarning matolaridan o‘zlariga bildirmay qirqib oladi. 
Eh otaxon, men savdogarlikni bekorga qilib yuribmanmi? O‘g‘ridan 
ko‘pini ko‘ribmanmi? Hali mening matolarimni o‘g‘irlaydigan o‘g‘ri 
tug‘ilmagan! 
– Bolam, u juda mohir o‘g‘ri-da! 
– Otaxon, mendan hech narsa ololmaydi. Manzilni ko‘rsatganingiz uchun 
rahmat! 
Otaxonga shu javobni aytib, savdogar chevarning do‘koni tomon ravona 
bo‘ldi. Do‘konni qidirib topdi. Ichidan chevar chiqib keldi. Chevar shunday 
mulozamat qildiki, savdogarni xuddi ming yillik tanishlardek kutib oldi. 
Savdogar chevarning oldiga o‘zi bilan olib kelgan qimmatbaho matoni yoydi. 
Chevar savdogarning o‘lchamlarini olib matoni qaychi bilan qirqa boshladi. 
O‘z ishini bajarayotib Rumning go‘zal qizlari haqida gapirardi, turli xil latifalar 
aytardi. 
Latifalarning qiziqligidan savdogar boshini tepaga qilib, qah-qah otib 
kulardi. Chevar bu onda tezlik bilan matoning bir tomonini qirqib olar va 
berkitar edi.
Hikoyadagi savdogar bu – siz, men, barcha insonlar. Mo‘ysafid bizga 
nasihat qilguvchidir. U otamiz, ustozimiz, hikoya, ibratli voqea va 
hokazolardir. Chevar bu dunyodir. Uning qirqib olayotgan qimmatbaho matosi 
esa insonning qimmatli vaqtidir. Dunyo shunday: sizga kulgili, ko‘ngilochar 
narsalarni ko‘rsatib, vaqtingizni o‘zining o‘tkir qaychisi bilan qirqib olaveradi. 
Buni payqamay qolasiz. Ba’zan payqaganingizda kiyimingiz tor kelib qolgan 
bo‘ladi. Ya’ni vaqtimiz juda oz qolgan bo‘ladi. Vaqtni bekor sarflamaslikni 
bugun sizga va o‘zimga nasihat qildim. 
Topshiriqlar: 
1. Matnga reja tuzing. 
2. O‘z fikr-mulohazalaringiz va matn mazmuni asosida bayon yozing. 


202 

Yüklə 259,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin