76
2020 yilda O’zbekistonda 500 ming yangi ish o’rinlari yaratilishi ko’zda
tutilmoqda.
Salohiyat(potensial) tushunchasi lotin tilidan olingan bo‘lib, imkoniyat, kuch-
quvvat ma’nosini anglatadi.
Kadrlar salohiyati - mehnat resurslarining umumiy soni va jinsi, yoshi,
ma’lumoti, kasbiy ko‘nikmalari, korxonaning u yoki bu bo‘g’inlarida va
jamoatchilik ishlab chiqarishida qatnashishi bilan ifodalanuvchi
mehnat resurslari
yoki imkoniyatlarini ifodalaydi.
Kadrlar korxonada mehnat bilan band bo‘lgan hamda korxona shaxsiy
tarkibiga kiruvchi turli kasbiy - malakaviy guruhlardagi xodimlar majmuasidir.
Korxonaning mehnat resurslari uning ish kuchini tavsiflaydi.
Ish kuchi - insonning mehnat qilishga jismoniy
va aqliy qobiliyatlari
hisoblanadi. Bozor munosabatlari sharoitida mehnat qobiliyati ish kuchini tovar
holiga keltiradi. Uning boshqa tovarlardan farqi:
o‘z qiymatidan ortiq bo‘lgan qiymat yaratadi;
uni jalb qilmasdan biron-bir ishlab chiqarish
jarayonini amalga oshirish
mumkin emas;
asosiy fondlar va aylanma mablag’lardan samarali foydalanish darajasi ish
kuchiga bog’liq.
Ish kuchidan samarali
foydalanishga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi:
xodimlarning moddiy manfaatdorligi,
atrof-muhit, aqliy, jismoniy va asablar
kuchlanishi, boshqarish usullari va h.k.
Dostları ilə paylaş: