O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta mahsus talim vazirligi



Yüklə 1,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/140
tarix12.04.2023
ölçüsü1,83 Mb.
#96883
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   140
Soha iqtisodiyoti va menejment -O\'quv qo\'llanma

6.3.Mehnat unumdorligi 
Xo`jalik samaradorligini baholash, korxonada foydalaniladigan resurs turlari 
bo`yicha amalga oshirilishi va miqdor jihatidan o`lchanishi mumkin. Masalan: ish 
kuchidan foydalanish samaradorligini mehnat unumdorligi va mahsulotning mehnat 
sig`imi ko`rsatkichlari yordamida baholash mumkin. Mehnat unumdorligi - inson 
mehnatining muayyan vaqt ichida ozmi - ko`pmi mahsulot ishlab chiqarish 
qobiliyatidir. 
s
u
I
Q
M


bu yerda
M
u
- mehnat unumdorligi; 
Q - mahsulot hajmi qiymat ko`rinishida; 
I
s
- ishchilar soni. 
Mehnat sig’imi - mehnat unumdorligiga teskari kattalik bo‘lib, sarflangan 
mehnat miqdorining ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga nisbati bilan aniqlanadi. 
Mehnat unumdorligi – insonning muayyan vaqt ichida ozmi-ko‘pmi mahsulot ishlab 
chiqarish qobiliyatidir. 
Q
I
T
s


 
6.4.Energetika korxonalarida ish haqini tashkil qilish 
Ish haqi – har bir xodimning sarflagan mehnati miqdori va sifatiga mos 
ravishda taqsimlanuvchi va xodim tasarrufiga pul shaklida kelib tushuvchi milliy 
daromadning bir qismidir. 
Xodimlar mehnatiga haq to‘lash ishlab chiqarish jarayoniga jalb qilingan 
mehnat resurslarining bahosidir. Ish haqi – mahsulot ishlab chiqarish va sotish 
xarajatlarining korxona xodimlari mehnatiga haq to‘lash uchun sarflanuvchi qismi. 
Ish haqining nominal va real turlari mavjud: 
Nominal ish haqi – xodimning ma’lum bir vaqt mobaynida bajargan mehnati 
uchun hisoblangan va to‘langan ish haqidir. 


81 
Real ish haqi - nominal ish haqiga sotib olish mumkin bo‘lgan Tovar va 
xizmatlar miqdori: real ish haqi - nominal ish haqining “iste’mol qobiliyati”dir. 
Korxonalarda ish haqi sohasidagi siyosatni ishlab chiqish va uni tashkil etishda 
quyidagi tamoyillarni inobatga olish zarur: 
Energetika sohasida ish haqi butun sanoatdagi kabi tuziladi. Bu erda isbay
vaqtbay va akkord usullar (bajarilgan ishlar uchun bir martalik to'lov) qo'llaniladi. 
Ishbay haq to'lashning turli xil turlar: ishbay, ishbay-progressiv va ishbay-
mukofot. Ish haqining bunday shakllari har bir ishchiga o'zi bajargan ish hajmini 
yoki mahsulot ishlab chiqarishini nazorat qilish oson bo'lgan hollarda qo'llaniladi. 
Energetikada bu asosan ta'mirlash ishlariga taalluqlidir.

Yüklə 1,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin