O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/95
tarix13.04.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#96995
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   95
48fa02dd7d5ab3776f3334d4385f927f IJTIMOIY ISH NAZARIYASI

O‘zini tekshirish uchun savollar 
1. 
Turli madaniyatlarda xayriya ijtimoiy hodisa sifatida. 
2. 
Xayriyaning kasbiy ijtimoiy xizmatdan farqi . 
3. 
Diniy xayriya. 
4. 
Ijtimoiy ishning axloqiy va insonparvar xususiyati.
3-Mavzu . Xorijda ijtimoiy ish asoslari
 
1. Ijtimoiy ish institutsiallashuvining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy zamini. 
Tashkiliy saxovat.
2. Settlmentlar harakati.
3. Ijtimoiy xodimlar tayyorlash maktablarining paydo bo‗lishi va 
rivojlanishi. 
4. Ijtimoiy ish xususiyati. 20-asrda ijtimoiy ish rivojlanishi. 
 


32 
1. Ma'lumki, kasb o‗zida aholining ma'lum bir qatlami ehtiyojlariga 
mo‗ljallangan va ixtisoslashgan bilimlar majmuasi bilan muhim ijtimoiy 
muammolarni hal qilishga qaratilgan mashg‗ulot sanaladi.
Adabiyotlarda ijtimoiy ishning kasb sifatida paydo bo‗lishi 19-asr oxiri va 
20-asr boshlariga to‗g‗ri keladi. Aynan shu davrda bir qator sanaoti rivojlangan 
mamlakatlarda mutaxassislar guruhi paydo bo‗lib, ular ijtimoiy ish bilan 
professionala shug‗ullanishni boshladilar, o‗quv muassasalari yaratib, ijtimoiy 
xodimlarni o‗qitdilar. Muhim faoliyat turi sifatida ijtimoiy ish ancha oldin Buyuk 
Britaniya va AQShda shakllandi va keyinchalik u kasbiy asosda qo‗yildi. 
Ilmiy va o‗quv fani sifatida ijtimoiy ishning rivojlanishi va ijtimoiy 
xodimlarni tayyorlashga bo‗lgan ehtiyoj nima bilan asoslanadi. Tadqiqotchilar 
fikricha uning asosiy sabablari quyidagilar: 
1. Borliqning umumiy tamoyillari va me'yorlari bilan bog‗liq yagona 
jamiyatning buzilishi. 
2. Urbanizatsiya va sanoatlashish . 
3. Ijtimoiy aloqalar va insoniy munosabatlarning kuchayishi. 
yevropa va AQSh da sanoat rivoji, urbanizatsiya jarayonining tezlashishi, 
jamiyatda yuqori daromadga ega qatlamning ko‗payishi, shahar hayotiga 
moslashishning osonligi, insonlar o‗rtasida, inson va jamiyat o‗rtasidagi 
munosabatlarda an'anaviy ijtimoiy aloqalarning buzilishi, shunday ijtimoiy 
muammolar paydo bo‗lishiga olib keldiki, an'anaviy jamiyatda sinovdan o‗tgan 
usullar bilan ularni hal qilish mumkin bo‗lmay qoldi.
Jamiyatda munosabatlarning tezlik bilan kuchayishi sharoitida yanala 
ko‗proq ziyoli insonlar shakllanib, saxovatlik va bag‗rikenglik uslubiyoti bilan 
jamiyatni sog‗lomlashtirishga qaratildi.
Ammo qachonki qashshoqlik darajasi keng miqyosda bo‗lsa, jamiyatga 
o‗tish- bu tabiiy jarayon sanaladi. Bu insonlar kasal hisoblanadi va ularni davolash 
zarur bo‗lib, u mavjud faoliyat sifatida o‗sib borayotgan jamiyat muammosi bilan 
birgalikda ko‗rildi. Shuningdek ijtimoiy ish doirasida parallel ravishda ikkita 
yo‗nalish rivojlanib, ijtimoiy muammolarni tushunishda bir-biriga qarama-qarshi 


33 
turadi. Mazkur jarayon mualliflar ko‗rsatishicha AQSh va bir qator yevropa 
mamlakatlari ayniqsa, Buyuk Britaniya, Gollandiya, Germaniya uchun xosdir. 
Ijtimoiy ishning rivojlanishi ikkala mintaqada bir-birini rag‗batlantirdi.
Professional faoliyat sifatida ijtimoiy ish AQSh da tezkorlik bilan rivojlandi. 
Shahar atrofidagi qishloqlarning shaharga aylanishi, boshqa joydan keluvchilar, 
tayinsiz va omadsiz odamlarning ko‗payishi g‗aribxona va qamoqxonalarning 
ko‗payishiga olib keldi. Bu toifa shtatlar organlari himoyasi ostida bo‗lib, 
keyinchalik shtatlr o‗zgarish va xayriya kengashlariga o‗tkazilgan. Umumiy 
sektorda bolalarga qarash bo‗yicha ko‗ngilli tashkilot va agentliklar paydo bo‗ldi.
Shtatlar xayriya va o‗zgarish kengashlari 19-asrning 60-yillarida paydo 
bo‗ldi. Ular turli tuzilma va majburiyatlarga ega bo‗lib, ammo ularning asosiy 
vazifasi turli tashkilotlarni boshqarish sohasida qonunchilik maslahat yordamini 
ko‗rsatish edi. Kengashlarga mashhur filantroplar, ko‗ngillilar, ziyolilar kirishgan.
1865-yilda turli shtatlardagi kengash a'zolari ijtimoiy fanlar Amerika 
Assotsiatsiyasiga birlashdilar. Ammo odamlarga yordam ko‗rsatish kabi bir xil ish 
bilan shug‗ullanadigan insonlarning turli guruhlari turli qarashlar va turlicha 
manfaatlarga ko‗ra ajratildi.
Ko‗pchilik fikricha amaliy ijtimoiy muammolarni hal qilish inson 
to‗g‗risidagi ilmiy bilimlar asosida bo‗lishi kerak. Yordamga muhtoj shaxslarga 
qarovchi va nochorlarga yordam berishni nazoratini amalga oshiruvchi amaliy 
xodimlar amaliyotda qo‗llay oladigan oddiy usullarni ishlab chiqishdan 
manfaatdorlar. Manfaatlarning to‗qnashuvi tezkor shaklda bo‗ldi. 1874-yilda 
amaliy xodimlar Assotsiatsiyadan chiqishdi va o‗zlarining xususiy tashkilotlari- 
xayriya va o‗zgartirish milliy konferensiyasini tashkil etishdi. ( u bir qator 
manbalarda xayriya va tuzatilgan faoliyat konferensiyasi deb ham nomlangan.). 
Xayriya va o‗zgartirish milliy konferensiyasining yaratilishi professional 
ijtimoiy ishning ibtidosi bo‗ldi. Aynan shu vaqtdan boshlab, olimlar fikricha, 
tashkiliy ijtimoiy ish rivojlandi.
Amerika adabiyotlarida uning rivojlanishining dastlabki bosqichi dastlabki 
ishonchsiz qadamlardan rasmiy uslublarga o‗tish bosqichi sifatida xarakterlanadi. 


34 
G‗arbda qo‗llangan ijtimoiy ish asosi har bir alohida holat bilan ishlashning 
qayta ishlangan va boyitilgan uslubi bo‗lib, bu bir tomondan ilmiy fanlar shu 
jumladan psixoterapiyaning turli elementlari, boshqa tomondan individ va shaxsga 
inqiroz holatida yordam ko‗rsatish tajribasini uyg‗unlashtiradi. AQSh da 19-
asrning 80-yillarida ijtimoiy ishning ikkita yo‗nalishiga ega ikkita kasbif 
tashkilotlar paydo bo‗ldi. Ulardan biri tashkiliy xayriya London jamiyati shaklidagi 
muassasa bo‗lib, 1887-yilda Baffaloda tuzildi. Ikkinchisi qo‗shnilar (birga 
yashovchilar) Gildiyasi bo‗lib Nyu-Yorkda 1886-yilda tashkil etildi. Ikkila 
tashkilot o‗z g‗oyalarini Angliya viktorian an'analaridan olib, tezlik bilan 
rivojlandi. 1892-yilga kelib AQSh va Kanadaning yirik shaharlarida 92 ta xayriya 
tashkilotlari tuzilgan edi. 
Settlmentlar deb ataluvchi emigrant, ko‗chib keluvchilar shaharchalari 1986-
yilga kelib 44 tani tashkil qildi va bu miqdor doimiy o‗sib bordi. Qayd etish 
kerakki, bunday manzilgog‗lar faqatgina AQSh da emas, balki Angliya, 
Germaniya, Finlyandiya va boshqa mamlakatlarda ham paydo bo‗ldi.
Ikkala tashkilot va harakat kambag‗al va omadsiz insonlarning manfaatlarini 
himoya qilish uchun paydo bo‗ldi. Ular o‗ziga oliy va o‗rta ma'lumotga ega 
insonlarni jalb qildi. Ularning faoliyati asosan yosh ayollar uchun jozibali bo‗lib, 
ular ijtimoiy ishda o‗zining ijtimoiy maqomini oshirish va iqtisodiy mustaqillikka 
erishish imkoniyatini ko‗rishdi. Ikkala harakat cherkovga yaqin edi.
Saxovat harakatiga Meri Richmond boshchilik qildi va ular bevosita ijtimoiy 
islohotlar uchun kurashmadilar. Bu harakatning g‗oyaviy asosi insonning 
kambag‗alligi va ijtimoiy muammolari edi. Aloqa o‗rnatish maqsadida 
ko‗ngillilarning tashrifi kambag‗allar bilan ishlashning eng ma'qul shakli bo‗lgan.
Xayriya jamiyatlari a'zolari yaqin vaqtgacha asosiy yordam manbasi bo‗lgan 
ta'minotni borib ko‗rishga almashtirish zarur deb hisoblaganlar.
AQSh da ko‗ngillilar deb atalgan do‗stona mehmonlar kelgan vaqtda kerakli 
yordamni aniqlash uchun o‗qitish, ro‗yxatga olish amalga oshirilgan, hamkorlik va 
muvofiqlashtiruvchi ishlar bajarilgan. Kambag‗al oilalarga boruvchi jamiyat 
a'zolari uchun konferensiyalar o‗tkazilgan, bunda ular boshqa xodimlar bilan 


35 
uchrashib, tajriba va fikr almashganlar. Ular uchun asosiy axloq qoidalari 
keltirilgan kam sonli qo‗llanmalar ham bo‗lgan. Amerikalik olimlarning fikricha 
bu tashkilotlar kam ta'minlangan oilalar hayotini o‗rganish va ularga yordam 
ko‗rsatish bo‗yicha bugungi tizimning ibtidosi edi.
Umid beruvchi muhim maslahat eng maqbul ish uslubi bo‗lgan. Moddiy 
yordam faqatgina favqulodda holatlarda berilgan. Odatda birlamchi ehtiyoj 
buyumlari kam miqdorda berilib, ular eng zarur ehtiyojlarni qondirishga 
mo‗ljallangan edi. Nafaqalar mustaqil yashaydigan, mulkka ega bo‗lmaganlarga 
berilgan. Uyga tashrif buyuruvchilar odatda yosh va boy ayollar bo‗lib, ular o‗z 
mijozlarining holatini, ularning yashash tarzini o‗rganib keyin yordam berishgan.
2. Ko‘chib kelganlar (settlmentlar) harakati ijtimoiy islohotlar uchun 
qatnashgan. Bu harakatning asosiy g‗oyasi atrofdagi nosog‗lom muhit va uni 
o‗zgartirish zaruriyati, kambag‗al va nochor insonlarni bu holatdan chiqarish 
uchun harakatdir. Ish amerika dahalarida amalga oshirilib, bu harakat asoschilari 
Djeyn Adams va Elen Star g‗oyalari asosida ko‗ngillilar kambag‗allar dahalariga 
kelishgan va yordamga muhtoj insonlar bilan qo‗shni yashashgan. Agar xayriya 
tashkilotlari ularga yordam so‗rab murojaat qilgan insonlar hayotini o‗rganish 
bilan shug‗ullangan bo‗lsa, settlmentlar harakati vakillari asosan ta'lim faoliyati, 
kasbga yo‗naltirish bilan band bo‗lishgan. Ulardan eng mashhuri 1899-yilda 
tuzilgan Chikagodagi Xall-Xaus emigrantlar uyi edi. U 19 millat vakillariga xizmat 
qilib, ishlovchi qizlarga turar-joy bergan, bolalar uchun kunduzgi yaslilar, muzey, 
klub, kichik teatr bor edi. Amerikalik olimlarning fikricha settlmentlar harakati 
guruhli ijtimoiy ishning boshlanishiga xizmat qildi. 
Nochorlarga va omadsiz shaxslarga yordam ko‗rsatish kabi bir xil ish bilan 
shug‗ullangan xayriya tashkilotlari va settlmentlar turli ishlash uslublaridan 
foydalanishdi. Ammo faoliyatning turlichaligiga qaramasdan xayriya tashkilolari 
a'zolari va ko‗chib keluvchilar harakati vakillari ma'lum doirada hamkorlik 
qilishdi. Masalan settlment xodimlari xayriya tashkilotlari dasturlarida do‗stona 
mehmon vazifasini bajarishgan. 


36 
Ijtimoiy ishning kasb sifatida boshlanishi xayriya tashkilotlari o‗z vasiylari 
bilan tizimli ishlash modelini izlay boshlagan vaqtda sodir bo‗ldi.
Emigrantlar, uchun uylar, xayriya tashkilotlari, pansionatlar ijtimoiy 
o‗zgarishlarni ta'minlovchi shaxslarni tayyorlash maktabi bo‗lib. So‗nggi o‗n yilda 
ijtimoiy islohotlar va ijtimoiy ish sohasidagi birinchi navbatdagi vazifa bo‗ldi. 
O‗zining nomiga qaramasdan xayriya tashkilotlari katta ko‗lamda yordam 
ko‗rsatish foydadan ko‗ra zarar olib keladi deb hisoblaganlar. Shuning uchun ular 
nochrlikning sababini bartaraf etish uchun vosita topishga harakat qilganlar. Ular 
ilmiy uslublar jamiyatdagi nochorlik kabi kasallikni davolaydi deb hisoblashgan. 
Xayriya jamiyati a'zolarining dalil va nazariyalar bo‗yicha bilimlarining katta 
qismi ishchi uchun og‗ir va qiyin bo‗lmagan hayotni ta'minlashda adolatga erishish 
bo‗yicha kuchli istakning borligi bilan ajralib turadi. Bundan tashqari, ular 
insonning yashashi va qadr-qimmati, dam olish va qariganda ijtimoiy ta'minot 
huquqlarini ko‗rsatib o‗tadilar. Bu ilmiy xayriya yoki ilmiy filantropiya deb 
nomlanuvchi g‗oyalar xayriya yetakchilarining o‗z konsepsiyalari hisoblanadi.
Ilmiy xayriya AQSh mustaqillik deklaratsiyasida shakllangan liberalizm 
siyosiy falsafasidan kelib chiqqan. Ko‗pgina olimlar fikricha ―ilmiy‖ tushunchasi 
so‗nggi standartlar bo‗yicha tahlil qilinganda ancha oddiy darajada. Saxovat 
faoliyati yetakchilari qayd etadilarki ko‗rsatilayotgan yordam aniq vaziyatga mos 
bo‗lishi va yordam aniq maqsad va kutilayotgan natija bilan muvofiq kelishi kerak.
Kasbiy ijtimoiy xizmat- tadqiqotchilar fikricha 19-asr oxirida ilmiy xayriya 
va ilmiy filantropiya targ‗ibotchilari harakatidan boshlandi. Xayriya faoliyatining 
yetakchilari turli tashkilot va dasturlar siyosatini, shuningdek ularni boshqarish 
tizimi, mahalliy jamoat va xususiy agentliklar, shtatlar tashkilotlarini tanqidiy 
tahlil qilishdi. Ilmiy filantropiya konsepsiyasining ko‗pgina himoyachilari 
ma'lumotga ega va halol mutaxassislar bo‗lib, saxovat tushunchasining mohiyati va 
natijalari ham shunga monanad bo‗ldi.
19-asrdagi ijtimoiy o‗zgarishlar va xayriya faoliyatining ustunligi 
professional ta'lim tizimini tashkil qilish, shifokor, o‗qituvchi, ruhoniy tayyorlash 
kabi mazkur soha xodimlarini tayyorlashning boshlanishiga olib keldi. Ixtiyoriy 


37 
faoliyat sifatidagi yordam berish g‗oyasi muhtojlarga yordam berish tizimi 
sifatidagi ijtimoiy ish g‗oyasiga o‗zgardi. 
Asr boshiga kelib bu yangi xizmatning mohiyati ixtiyoriy ko‗mak berishdan 
ilmiy filantropiyaga almashdi, kafolatlangan ish haqi va mos tayyorgarlik olish 
uchun ko‗ngilli xodim bo‗lishga kurash boshlandi. yevropada professional sohada 
yangi rivojlanayotgan faoliyat ijtimoiy tibbiyot sifatida tushuntirildi. Shimoliy 
Amerikada asr boshida ijtimoiy xizmat atamasi mavjud edi. 
3. Turli agentliklarda ishlaydigan do‗stona mehmonlar tajribasining 
almashuvi bosqichma-bosqich o‗qitiladigan kurs shakliga o‗tdi. 1898-yilda 
M.Richmond g‗oyasi bo‗yicha amaliy filantropiyaning dastlabki milliy maktabi 
o‗z faoliyatini boshladi. (oldingi Kolumbiya universitetidagi ijtimoiy ish fakulteti). 
Ko‗chib kelganlarning harakati o‗z faoliyatini ta'lim muassasalari bilan birga 
bo‗lishini taqozo qildi. Jeyn Adam va uning ijtimoiy fanlar sohasidagi ko‗pgina 
olimlardan iborat jamoasi o‗rtasida doimiy aloqalar mavjud bo‗lgan. Bu aloqalar 
va intilishlar dastlab tajriba almashish bo‗yicha kurs sifatida keyinchalik Chikago 
fuqarolik va filantropiya maktabi yaratishga xizmat qildi. Keyinchalik u Chikago 
universiteti qoshidagi ijtimoiy boshqaruv maktabiga o‗zgartirildi.
Ijtimoiy xizmat yevropada jadal rivojlandi. Londonda xayriya jamiyati 
bo‗lgan ijtimoiy xodimlarni tayyorlash uchun birinchi maxsus o‗quv muassasasi 
1903-yilda ochildi va bu ―Sotsiologiya maktabi‖ nomini oldi. 1912-yilda bu 
maktab London iqtisodiyot maktabining ijtimoiy xizmat fakultetiga o‗zgartirildi.
1908-yilda yevropada ayollar harakati asoschisi Alisa Solomon rahbarligida 
Germaniyada ijtimoiy xodimlar uchun ayollar maktabi ochildi. 1910-yilga kelib 
yevropa mamlakatlarida va AQSh da ijtimoiy ishning 14 ta maktabi bor edi. 
Dastlabki ijtimoiy xodimlar maktablari qoidaga ko‗ra bir yillik tayyorgarlikka ega 
bo‗lgan.
Ammo ijtimoiy xodimlar uchun birinchi haqiqiy o‗quv muassasasi 
Gollandiyada ochilgan. 1899-yil Amsterdamda ijtimoiy xodimlarni tayyorlash 
bo‗yicha institut ochildi. Bu yerda o‗qitish ikki yillik va kunduzgi shaklda bo‗lgan.
Ham ayollar, ham erkaklar o‗qitilib, ular nazariy va amaliy tayyorlanganlar. 


38 
Birinchi jahon urushi uni yo‗qotmadi, ammo uning ishtirokchilari ichki 
muammolarini qiyinlashtirdi. Bu muammolarning kuchayishi ijtimoiy xodimlarni 
tayyorlashga qatnashuvchi mamlakatlar miqdorining o‗sishi bilan kuzatildi.Agar 
urushdan oldin 7 ta mamlakatda ular tayyorlangan bo‗lsa, urush oxirida maktablar 
soni o‗sdi.
1920-yillarda dastlabki ijtimoiy xizmat maktablari Belgiya, Norvegiya, 
Shvetsiya, Italiyada ochildi. Ijtimoiy xodimlarni o‗qitish bo‗yicha maktablar 
hattoki Chilida ham ochilib, uning asoschisi mashhur jamoat arbobi Rene Sandra 
bo‗ldi.
O‗tgan asrning 30-yillarida ijtimoiy xodimlarni tayyorlovchi mamlakatlar 
o‗sishi davom etdi.: Ispaniya, Isroil, Irlandiya, Lyuksemburg, Gretsiya, 
Portugaliya, Daniya, Hindiston, Misr. Ko‗rib turibmizki, ijtimoiy xizmat kasb 
sifatida uchinchi dunyo mamlakatlarida allaqachon ma'lum.
Ijtimoiy xodimlarni tayyorlash faqatgina tashkiliy emas, balki uslubiy 
jihatlarni ham o‗z ichiga oladi. Ishga tushirilgan o‗quv muassasalari hali malakali 
o‗qituvchilarga ega emas edi. O‗quv qo‗llanmalari deyarli yo‗q edi. AQSh da bu 
sohadagi dastlabki kitoblar A.Uornerning «Amerikaga xos xayriya» va 
M.Richmondning «Nochorlarga do‗stona tashrif: xayriya tashkilotlarida 
ishlovchilar uchun amaliy qo‗llanma» asarlari bo‗ldi. Amerikada ijtimoiy ish 
uchun kadrlar tayyorlash xayriya tashkilotlari imkoniyatiga katta darajada bog‗liq 
edi. Dastlabki o‗qituvchilar katta ish tajribasiga ega xayriya tashkilotlari a'zolari 
bo‗lib, ularda pedagogik ta'lim yo‗q edi. Talabalar ishlab chiqarishdan ajralmagan 
holda shug‗ullanib, o‗quv dasturlari turli sohalardagi amaliy ijtimoiy ish uchun 
maxsus mavzularni ham o‗z ichiga olgan edi. O‗sha vaqtda amaliy ijtimoiy ish 
sohasi quyidagilar bo‗lgan: 

Farovon bo‗lmagan oilalar hayot sharoitlarini o‗rganish

Tibbiyotdagi ijtimoiy ish 

Maktablardagi ijtimoiy ish 

Ijtimoiy psixoterapiya 


39 
Amaliy ijtimoiy ishning ko‗rsatilgan sohalari mustaqil o‗quv dasturlari 
bo‗lib, bir amaliy ishdan boshqasiga o‗tishda qiyinchiliklar tug‗dirgan. Qayd etish 
kerakki, barcha dasturlar mijoz bilan individual ishlarni o‗rgatishga yo‗naltirilgan 
bo‗lgan. Guruhli xizmat ijtimoiy ishning mustaqil va nazariy asoslangan uslubi 
sifatida ijtimoiy xodimlarni o‗qitish dasturlariga faqatgina 40-yillarda kiritildi.
5. Ijtimoiy ishning o‗ziga xosligi nimada? U hamshira, shifokor, o‗qituvchi 
kasbidan nima bilan farqlanadi? Bu masala ham boshlovchi mutaxassis ham 
maktab o‗qituvchilarini o‗ylantirgan. Maktablarda ko‗pincha bazaviy ta'lim va 
uning amaliyot bilan aloqasi, kasbiy ta'lim darajasining zarurligi, umumiy 
tayyorgarlik va yuqori murakkablikdagi ixtisoslashuv to‗g‗risida fikr yuritilgan. 
Bir qator mutaxassislar ijtimoiy xodimlar uchun universitet ta'limi amaliyotiga 
qarshi chiqishgan. Jumladan, M.Richmond, katta miqdordagi universitet fanlari va 
ilmiy maktablarni o‗rganish zarurligi bilan bog‗liq universitet tayyorgarligi 
ijtimoiy ishning xayriyaga asoslangan ahamiyatiga, talabalarning xolisligiga putur 
yetkazadi deb hisoblagan.
Ijtimoiy ishning amerika ensiklopediyasida J.Leybi qiziqarli faktni keltiradi.
1915-yilda Xayriya milliy konferensiyasi AQSh da kasb ta'limi sohasidagi 
yetakchi mutaxassis A.Fleksnerni ijtimoiy xizmat kasb yoki kasb emasligi 
to‗g‗risida o‗z fikrini bildirishga taklif qiladi. U aytadiki, uning mezoni bo‗yicha 
ijtimoiy xizmat-bu kasb emas. Ammo uning so‗zi ijtimoiy xizmat bilan 
shug‗ullanmoqchi bo‗lganlarga hyech qanday ta'sir ko‗rsatmadi va ijtimoiy ish 
maktablariga arizalar oqimini kamaytirmadi. Bundan tashqari bu mutaxassislarni 
yanada muvofiq va shakllantirilgan dasturlarni yaratish uchun rag‗bat bo‗ldi.
Maktablar o‗rtasidagi aloqalarni qo‗llab-quvvatlash uchun 1919-yilda 
tuzilgan Amerikadagi ijtimoiy ish maktablari assotsiatsiyasi o‗quv ishlari 
me'yorlarini ishlab chiqish uchun forumga o‗zgartirildi. 1924-yilda Assotsiatsiya 
ijtimoiy xizmat sohasidagi mas'ul xodimlarni tayyorlash uchun, ularni o‗qitish 
kurslari uchun va universitetlardagi kurslar uchun me'yorlar (o‗quv rejalari) ishlab 
chiqdi.


40 
Minimal yillik dastruda sinfda va amaliyotda o‗rgatiladigan o‗quv kurslari 
to‗plami nazarda tutildi. Mazku o‗quv kurslari ijtimoiy ishni o‗rgatish uchun 
me'yoriy kurs sifatida tan olindi. Universitet ta'limida ijtimoiy ish o‗quv 
dasturlarining kiritilishi 30-yillarning oxirida sodir bo‗ldi, bu Assotsiatsiyada oliy 
o‗quv yurtlari doirasida faoliyat yurituvchi maktab sifatida qabul qilingandan 
so‗ng amalga oshdi. Bu maktablarda o‗qitish ikki yilga mo‗ljallangan va magistr 
darajasini olish huquqini beruvchi dastur bo‗yicha amalga oshirildi. 
Assotsiatsiyaga faqatgina bunday dasturlarga ega maktablar qabul qilindi. 1974-
yilgacha ikki yillik aspirantura bo‗yicha o‗qitish yagona shaklda bo‗lib, ijtimoiy 
xodim attestatsiyasi sifatida qabul qilindi. Boshqacha aytganda professionallik 
mezoni magistr darajasining mavjudligi bo‗ldi.
20-asrning birinchi yarmi ijtimoiy ishning institutsiyalashuvi, davlat 
ahamiyatining kuchayishi, davlat yalpi farovonligi nazariyasi va amaliyotining 
rivojlanishi bilan xarakterlanadi.
Ijtimoiy xodim kasb faoliyatining boshlanishi odatda uning asosiy huquq va 
majburiyatlarini shakllantirish, rasmiy mehnatga haq to‗lashni kiritish, o‗quv 
muassasalari, kasbiy tashkilotlarni yaratish deb hisoblanadi. Ijtimoiy xodim 
kasbining ijtimoiy maqomi dastlab AQSh da keyinchalik G‗arbiy yevropa 
mamlakatlarida joriy qilindi, ammo dastlabki ixtisoslashgan o‗quv muassasalari, 
ijtimoiy xodimlarni tayyorlashning boshlanishi to‗g‗risida gapiradigan bo‗lsak, 
ular dastlab Gollandiya, keyinchalik AQSh, Buyuk Britaniya va Germaniyada 
tashkil qilindi. Birinchi va ikkinchi jahon urushlari oralig‗idagi davrda ijtimoiy 
xizmat maktablari ko‗pgina Osiyo mamlakatlari, yaqin va o‗rta sharq, G‗arbiy 
yevropa mamlakatlari va keyinchalik Afrika davlatlarida ochildi.
1910-yilda yangi harakat yevropa va Amerikada 14 ta ijtimoiy xizmat 
maktablari shakllanishiga olib keldi. 1920-yilda birinchi Lotin Amerikasidagi 
ijtimoiy xizmat maktabi Chilida ochildi.
10

30-yillarda ijtimoiy xodimlarni tayyorlashni amalga oshiruvchi mamlakatlar 
soni o‗sishda davom etdi. Uchinchi dunyo mamlakatlarini bosqichma-bosqich 
10
Ижтимоий хизмат касб сифатида (таҳлилий тўплам ) //Ж. Ижтимоий тадқиқот. – М., 1993. №3. – С. 91. 


41 
vujudga kelishi, ularning an'anaviy iqtisodiyot asoslarini yemirilishi natijasida 
ijtimoiy ish sharq mamlakatlarida ham ma'lum bo‗ldi. 1936-yilda Hindistonda 
Ijtimoiy fanlar instituti, Misrda ijtimoiy ishning dastlabki kurslari ochildi.
Shunday qilib muhtojlarga yordam ko‗rsatuvchi maxsus tayyorgarlik va moddiy 
rag‗batlantirishga mo‗ljallangan kasbga aylandi.
Dastlabki ijtimoiy xodimlar keng turdagi muammolar- immigrantlarni ingliz 
tiliga o‗qitishdan tortib, industrial jamiyatda ish topish uchun zarur bo‗lgan 
ko‗nikmalarni egallashga yordam ko‗rsatishgan. Ular ijtimoiy adolatsizliklarga 
barham berib, insonlarga o‗z muammolarini samarali hal qilishga ko‗mak 
berishgan. 
Ijtimoiy xodimlarning kasbiy manfaatlarini aks ettiruvchi birinchi tashkilot 
Amerika Qo‗shma Shtatlarida paydo bo‗ldi. Bu 1917-yilda tuzilgan Ijtimoiy 
xodimlar milliy birjasidir. Keyinchalik ijtimoiy xodimlarning boshqa kasbiy 
tashkilotlari paydo bo‗ldi (shifokorlar, o‗qituvchilar). 1921-yilda ular dastlabki 
rasmiy ro‗yxatdan o‗tgan ijtimoiy ish Amerika assotsiatsiyasiga birlashdilar.
Ijtimoiy ish tashkiliy tuzilmasini yaratish jarayoni G‗arbning boshqa 
mamlakatlaridan ham keng tarqaldi. 1928-yilda Parijda yettita yevropa 
mamlakatlari milliy assotsiatsiyalarini birlashtirgan ijtimoiy farovonlik bo‗yicha 
Halqaro kengash tuzildi.
Bugungi ijtimoiy xodimlarning o‗tmishdoshlarining kuchi muhtojlarga 
yordam ko‗rsatishga qaratilgan edi. Faqatgina 20-asrga kelib, ijtimoiy ta'minot 
uslublari, tahlili va tavsiflash yo‗llariga jiddiy e'tibor qaratildi, xayriya va jamoat 
tashkilotlari o‗z istaklarini jamiyatning pragmatik maqsadlariga moslashtirdilar. 
Dastlab M.Richmond AQSh da buni o‗rgandi. U xayriyani individ va uning 
oilasiga e'tibor qaratish uslublari bilan birlashtirdi.
20-30- yillarda Z.Freyd va uning izdoshlarining psixo tahliliy g‗oyalari 
natijasida ijtimoiy hizmatning psixodinamik nazariyasi oldinga o‗ringa chiqdi. 
V.Robinson o‗zining «Ijtimoiy holatda o‗zgaruvchi psixologiya» asarida ijtimoiy 
hizmat uslublarida yangi psixologik tushunchani ko‗rsatib berdi.


42 
20-asrning dastlabki choragi psixiatrik uslub va psixo tahlilga asoslangan 
davr bo‗ldi. Ijtimoiy xizmat biologiya, iqtisodiyot, tibbiyot, psixiatriya, 
sotsiologiya, antropologiya, statistika, pedagogika, ijtimoiy psixologiyaga 
tayanaishi kerak deb hisoblangan. 
20-asrning ikkinchi yarmida tizimli, majmuaviy yondashuv asosiy o‗rinni 
egalladi. Endi ijtimoiy xodimdan faqatgina bir sohaga ixtisoslashgan tor 
mutaxassislik emas, universallik, turli uslub va sohalarni o‗zlashtirish talab qilindi. 
Shu bilan bir vaqtda uslubiy madaniyat, ishonchli empirik ma'lumotlarga ehtiyoj 
paydo bo‗ldi.

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin