Maxfiylik va jamoa manfaati. Ijtimoiy xodim mijozga tegishli bo‗lgan
ma'lumotlarni maxfiy saqlashi lozim. Ammo alohida hollarda masalan mijoz
uchinchi shaxsga zarar yetkazishi mumkin bo‗lganda ularni oshkor qilish mumkin.
Haqiqatni gapirish va mijoz manfaati zaruriyati. Ijtimoiy ishda mijozning
holati va farovonligi bilan bog‗liq ishlar to‗g‗risida ishonchli axborot olishda
mijozning huquqi bilan bog‗liq tamoyillar mavjud. Ammo bir qator ijtimoiy
xodimlar ba'zi hollarda haqiqatni yashirish va yolg‗on axborot berish mumkinligini
ko‗rsatib berdi. Masalan, zararlardan mijozni himoya qilish zarur. Ayniqsa
ko‗pchilik ijtimoiy xodimlar rost ma'luXMTni mijozga ko‗rsatish mumkin
emasligi xulosasi shakllangan.
53
Paternalizm va o„zini aniqlash Paternalizm muammosi jiddiy etik ijtimoiy
xizmat sanaladi. Paternalizm –mijoz xoxishiga aralashuv va uning erkinligini
cheklash; uning harakatini cheklash, uning xoxishisiz xizmatlarni qabul qilish
talabi. Bularning barchasi mijoz manfaatini himoya qilish uchun paternalizm
namunalaridir. Kollegiallik va chaqimchilik . Ijtimoiy xodimlardan biri muassasa
qonun yoki qoidalarini buzgan hollarda bu haqda jamoa bilishi uchun jiddiy
muammo bilan to‗qnashadi. O‗z jamoasi qoida buzilishi to‗g‗risida bilsa, ijtimoiy
xodim etik munozara bilan to‗qnash keladi va o‗z harakatini sinchiklab o‗ylab
ko‗radi. Do‗stona hissiyotlar, kasbiy javobgarlik va reputatsiyaning buzilish
ehtimoli uni hal qilishga sabab bo‗ladi.
Cheklangan resurslarning teng va noteng taqsimlanishi tamoyili. Mazkur
muammo bugungi kunda ham dolzarb sanaladi. Resurslar cheklanganligi yoki
tanqisligiga oziq-ovqat, turar joy, dasturni amalga oshirish uchun pul mablag‗lari
yetishmovchiligi kiradi. Mazkur resusrlarni taqsimlanishi tenglik tamoyilini
hisobga olib yoki mijozga teng imkoniyatlar taqdim etish bilan amalga oshadi.
Taqsimlashda u yoki bu yordamga ehtiyoj hisobga olinadi, dastlab adolatsizlik
yoki ajratishdan katta zarar ko‗rgan shasxlarga beriladi.
Shaxsiy va kasbiy qimmat.Amaliy faoliyatda ijtimoiy xodimlar shaxsiy va
kasbiy qimmatlikning ichki ziddiyatlari bilan to‗qnash keladilar. Masalan, abortga
qarshi ijtimoiy xodimlar buni homilador yosh qizlar bilan mazkur muammoni
muhokama qilishda murakkablik duch keladilar. Boshqa misol.
Bemor diniy
sabablarga ko‗ra tibbiy preparatlarni qabul qilishdan bosh tortdi. Ijtimoiy xodim
tibbiy preparatlar bemor sog‗ligini yaxshilashiga ishonchi komil. Bunda mijoz
huquqini himoya qilish to‗g‗risidagi tushuncha qanday qo‗yilgani to‗g‗risida
o‗ylash kerak.
Keltirilgan misollar ijtimoiy xodimlar holatining murakkabligi hamda turli
ma'noga egaligini ko‗rsatadi. Mutaxassislar bilishadiki, murakkab etik masalalarda
to‗liq va aniq javobni kasbiy kodekslardan topish murakkab bo‗lib, u umumiy
atamalarda va yuqori darajadagi mavhumlikda tuzilgan. Bundan tashqari ular
tamoyillar bir qator holatlarda o‗zaro bir-biriga zid ekanligini ham ko‗rsatadilar.
54
6 .Konsepsiya bilan bir qatorda inson huquqi g‗oyasi SR tushunchalar
tuzilmasida paydo bo‗ldi. Inson huquqi tushunchasi yaqinda paydo bo‗lgan.
Dastlab u ikki asr oldin G‗arbiy yevropa va AQSh da yaratilgan. Ammo inson
huquqi g‗oyasining ildizlari Qadimgi Gretsiya va Rimga borib taqaladi.
Haqiqatdan ham aynan grek shahar-polislarida to‗g‗ri demokratiya tamoyillari
bilan bog‗liq fuqarolik to‗g‗risida tushunchalar paydo bo‗lgan. Barcha
insonlarning prinsipial tengligi to‗g‗risida fikrlar dastlab rim faylasuflari
tomonidan keltirilgan. Ammo umumiy fuqarolik huquqi yakuniy shaklda 17-18
asrda shakllanib, amerika va fransuz inqilobidan so‗ng diqqat markazda turgan.
Dastlab G‗arbiy yevropa va AQShda bundan ikki asr oldin paydo bo‗lgan
mazkur tushuncha keyinchalik jamoa ongida mustahkam o‗rnashdi.Mutloq va
ilmiy asosli mazkur g‗oyalar asosida urinishlar kuzatilib, shu jumladan utilitarizm
maktabi vakillari bunda qatnashishdi. Inson huquqi g‗oyasi aynan falsafada qolib,
mavhum tamoyillar, katgoriya va qimmatliklar bilan mantiqiy bog‗liq tizimda
mavjud bo‗ldi. Ba'zan u alohida guruh uchun yoki targ‗ibot usuli sifatida
foydalanildi.
17-18 –asr fuqarolik huquqi falsafasida diqqat markazda qonun oldida
insonlarning tengligi masalasi turgan. Ammo dasturning amaliyoti kuchsiz bo‗ldi.
Masalan Amerika va Fransiyadagi siyosiy va yuridik huquqlarni kafolotlovchi
boshqaruvning respublika shakli shuni ko‗rsatdiki, uning o‗zi amalda fuqarolar
tengligiga olib kelmaydi. O‗zaro aloqalarning eski tizimining yo‗qolishi ijtimoiy
himoyaning an'anaviy shakllaridan ko‗pgina odamlarni mahrim qildi va
kambag‗allikni ko‗paytirdi. Mulkiy belgilar bo‗yicha jamiyatni polyarizatsiyalash
kuchaydi. Bolee togo, razrushenie staroy sistemы vzaimosvyazey lishalo mnogix
lyudey prejnix. Sanoat inqilobi, ishchilar sinfining shakllanishi, moddiy
sharoitlarning yomonlashishi, xarob joylar, ichkilikbozlik, kambag‗allik va
fohishalikning paydo bo‗lishi eng salohiyatli vakillarni jalb qilish imkonini
bermadi.
Keyinchalik inson huquqi to‗g‗risidagi tasavvurlar fuqarolik va ijtimoiy
jihatlardan tashqari kengayib bordi. Sivilizatsiyalashgan jamiyat sanoatlashish va
55
urbanizatsiyaning o‗sib borishi sharoitida o‗zining barcha a'zolarini minimum
farovonlik va barqarorlik bilan ta'minlashga majburdir. Bu pensiya ta'minoti
tizimini rivojlanishi, ishsizlar uchun nafaqalar to‗lash, uy-joy ta'minoti, sog‗liqni
saqlash va ta'limning barcha uchun bo‗lishini ta'minlashni rivojlantirishni ko‗zda
tutadi.
Fuqarolik huquqiga o‗xshash tushuncha Shvetsiya va Angliyada ikkinchi
jahon urushi oxirida paydo bo‗lib, keyinchalik boshqa G‗arbiy yevropa
mamlakatlarida qo‗llanildi. Buyuk Britaniyada bunday tizim ijtimoiy davlat yoki
umumiy osoyishta davlat nomini oldi. Mualliflar fikricha (Buyuk Britaniyada
Beverij) tizim ijtimoiy yomon holatlarning barcha shakllari: kasalliklar, ishsizlik,
kambag‗allik, savodsizlik, maishiy tartibsizlikning bartaraf bo‗lishiga sabab bo‗ldi.
Shu yillarda AQSh da prezident Ruzvelt tomonidan iqtisodiy huquqlar to‗g‗risida
qonun qabul qilinib, bunda qo‗rqinchdan ozod bo‗lish bilan bog‗liq
kambag‗allikdan chiqish to‗g‗risida so‗z boradi.
Demografik o‗zgarishlar va xronik ishsizlik ijtimoiy davlatning byurokratik
tizimi bilan yanada ko‗p mablag‗ talab etiladigan ijtimoiy dasturlarni amalga
oshirib, resusrlarning cheklanmagan zaxiralariga ishonch o‗zini oqlamadi. Davlat
velferizmi va davlat sotsializmi yutuqlaridan foydalangan avlod tajribasi shuni
ko‗rsatdiki, katta mehnat va mablag‗ga qaramasdan ko‗pgina muhim ijtimoiy
muammolar tugatilmadi.
Ijtimoiy xizmat o‗zida zamonaviy timsol sifatida inson huquqi va
professionalizm g‗oyasini aks ettiradi. Boshqa kasblar kabi u umum insoniy qadr-
qimmatga mo‗ljallangan va shuning uchun narsalarning mos tartibiga shubha
tug‗ilganda tanqidiy tarzda yondashadi.
Dostları ilə paylaş: |