O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/95
tarix13.04.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#96995
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   95
48fa02dd7d5ab3776f3334d4385f927f IJTIMOIY ISH NAZARIYASI

Konservativ (korporativ)model bozor iqtisodiyoti ijtimoiy yo‗naltirilgan 
mamlakatlar uchun xosdir. Ularga kontinental yevropa mamlakatlari sanalgan 
Avstriya, Germaniya, Italiya, Fransiya davlatlari kiradi. Bunda davlatning o‗rni 
sezilarli darajad kuchli bo‗ladi: ijtimoiy tadbirlarga byudjet ajratmalari hoimdalr va 


60 
ish beruvchilarning sug‗urta badallariga deyarli teng bo‗lib, qayta taqsimlashning 
asosiy kanali davlat qo‗lida yoki uning nazoratida bo‗ladi. Shu bilan birga davlat 
sug‗arta himoyasi tizimida fuqarolarni moddiy qo‗llab-quvvatlashda qatnashadi. 
Bunda maqbul ijtimoiy nafaqalar miqdori mehnat daromadlari va shunga mos 
sug‗urta to‗lovlariga ajratmalarga bog‗liq bo‗ladi. O‗ziga xos xususiyati korxona 
egalari va kasaba uyushmalari birgalikda yurituvchi sug‗urta kassalarining o‗zini 
boshqarishidir. Ishsizlik holatida kafolatlangan to‗lov miqdori ish stajiga, to‗lov 
muddati- sug‗urta badallarini to‗lash davomiyligiga, ularning miqdori va 
ishchining yoshiga bog‗liq bo‗ladi.
Ijtimoiy-demokratik model (ba'zan solidar deb yuritiladi) aholini himoya 
qilishda davlatning yetakchilik rolini ko‗zda tutadi. Davlat ijtimoiy siyosatining 
ustuvor vazifalari aholi daromadlari darajasi va umumiy bandlikdir. Mazkur model 
shimoliy yevropa mamlakatlari Shvetsiya, Norvegiya, Finlyandiya, Daniya, 
shuningdek Niderlandiya va Shveytsariyada amaliy ifodasini topgan. Ijtimoiy 
sohani moliyalashtirish asosi iqtisodiyotning rivojlangan davlat sektori tomonidan 
xizmat ko‗rsatishga asoslanib, soliqqa tortishning juda yuqori darajasiga xos 
bo‗ladi.
Mazkur 
modelning 
boshqa 
farqli 
xususiyati 
ishlab 
chiqarish 
demokratiyasining rivojlangan tizimi, alohida korxona yoki tarmoq emas balki 
umummilliy darajada mehnat munosabatlarini tartibga solish, ishsizlik darajasini 
kamaytirish imkonini beruvchi fositalardan foydalanishdir.
Ba'zan egalitar deb nomlanuvchi ijtimoiy davlatning shved doktrinasi 
mashhurdir. U davlatning milliy darajada o‗z fuqarolari to‗g‗risida qayg‗urishi, 
og‗ir sharoitlarda ularning xavfsizligi, ishonchli himoyasini ta'minlashi, 
shuningdek himoyani tashkil qilish va boshqarishga asoslangan. Shvedlar ular 
vafot etgunga qadar davlat g‗amxo‗rlik qilishi kerak deb hisoblaydilar. »
12
.
12
Церкасевич Л. В. Европа иттифоқи мамлакатларида ижтимоий сиѐсатнинг замонавий тенденциялари. - 
СПб., 2002. - С. 27.


61 
Keltirilgan uchta model sof holda umuman uchramaydi, har birining o‗z 
ustunligi va kamchiliklari bor. Amaliyotda odatda liberal, korporativ va sotsial-
demokratik usullarining biror xususiyatlari birgalikda bo‗lishi kuzatiladi.
Ulardan ko‗pchiligi besh federal vazirlik (sog‗liqni saqlash va ijtimoiy ish, 
qishloq xo‗jaligi, mehnat, uy-joy qurilishi va shahar rivojlanishi, ichki ishlar) 
shuningdek iqtisoliy imkoniyatlar bo‗yicha qo‗mita, keksalar ishlari bo‗yicha 
boshqarma, temir yo‗lchilar pensiya ta'minoti bo‗yicha kengash va fuqarolik 
xizmati komissiyasi doirasida bo‗ladi. Muvozanatli va tashkiliy tizim bilan 
tuzilmagan ko‗pgina dasturlar moddiy yordamga muhtoj ko‗pgina guruhlarni 
qamrab olmasdan, nafaqa va kompensatsiyalarning miqdori kam darajada 
bo‗lishiga sabab bo‗ladi. Shu bilan birga bunday dasturlar afro-osiyo va lotin 
amerikasidan kelgan aholi o‗rtasida qaysidir darajada ijtimoiy boqimandalikni 
keltirib chiqaradiBoshqa mavjud kamchilik sifatida oilaviy munosabtlarga salbiy 
ta'sir ko‗rsatishini keltirish mumkin: ular ba'zan ajrashishni, ota-onalarning alohida 
yashashini, oilaviy holatga bog‗liq holda moddiy yordam olishni targ‗ib qiladi.
13 
3. Jahon tajribasining tahlili ijtimoiy himoyaning asosiy to‗rt instituti 
mavjudligini ko‗rsatadi.: 
1. Mehnat qobiliyati, ish joyi, daromad manbasi yo‗qligi sababli o‗zini 
moddiy jihatdan ta'minlay olmaydigan shaxslarga ijtimoiy yordam. Ijtimoiy 
yordam qoida bo‗yicha oldingi daromad miqdori yoki aholining o‗rtacha yashash 
darajasiga bog‗liq bo‗lmaydi. 
Ijtimoiy himoyaning mazkur institutining xususiyati – aholi guruhlariga 
ijtimoiy yordam ko‗rsatish bo‗yicha davlatning shartnomadan tashqari ijtimoiy 
munosabatlaridir. Qoidaga ko‗ra mazkur tizimdagi to‗lovlar muhtojlikni 
tekshirgandan so‗ng mavjud daromadga qo‗shimcha shakl sifatida qabul qilinadi, 
bosh asos- minimal hayotiy ehtiyojlarni qondirish uchun mablag‗larning yo‗qligi 
yoki yetishmasligidir. Ijtimoiy yordamning moliyaviy 
manbalari davlat yoki 
mahalliy byudjet, xayriya fondlari mablag‗lari bo‗ladi.
13
Лебедев О. Т., Язвенко С. А. Аҳолини ижтимоий ҳимоя қилиш. – СПб., 1999. – С. 91–92.


62 
Majburiy ijtimoiy sug‗urtalash shaklida amalga oshiriladigan davlat ijtimoiy 
va pensiya ta'minoti iqtisodiy faol aholini daromadni yo‗qotish yoki mehnat 
qobiliyatini (shu jumladan pensiya yoshiga yetish) va ish joyini yo‗qotish 
xavfidan ijtimoiy himoya qilish instituti sanaladi. Moliyaviy manbalari ish 
beruvchilar va jismoniy shaxslar (xodimlar) badallari hamda alohida toifa uchun 
davlat byudjeti mablag‗lari sanaladi.
Ijtimoiy sug‗urtalash bo‗yicha pensiya va nafaqalar mazkur tizimni 
moliyalashtirishda sug‗urtalangan shaxs va ish beruvchi ishtirokiga asoslanib, 
sug‗urtalanganlik huquqi bo‗yicha taqdim etiladi.
Tizimdagi 
ijtimoiy-huquqiy 
munosabatlarni 
belgilovchi 
xususiyati 
yo‗qotilgan daromadni o‗rnini egallash sanalib, pensiya va nafaqalar miqdori 
oldingi ish haqi va badallarga bog‗liq bo‗lib, bu tizim muhtojlikni aniqlashdan 
mustaqil ravishda ish olib boradi. 
Fuqarolarning alohida toifalari uchun (harbiy xizmatchilar, ichki ishlar 
organlari xodimlari va xodimlarning boshqa toifalari) ijtimoiy va pensiya ta'minoti 
sug‗urtalash tamoyillariga asoslangan holda amalga oshiriladi, ammo bu holatda 
sug‗urtalovchi va o‗zini sug‗urtalaydigan shaxs davlat bo‗ladi.
3. Ixtiyoriy qo‗shimcha (kasbiy) sug‗urtalash uzoq muddatli jamoa 
kelishuvlari asosida alohida tarmoq yoki kompaniyalar doirasida amalga oshiriladi. 
So‗nggi o‗n yillikda Markaziy, Sharqiy yevropa mamlakatlari va MDH da 
nodavlat pensiya fondlari keng qo‗llanila boshlandi. 
4. Fuqaroni ixtiyoriy shaxsiy sug‗urtalash shartnoma asosida tashkil qilinib, 
uning doirasi va ma'lum vaqt davomida amalda bo‗lishi, sug‗urta xatarlarining 
mavjud turlari, sug‗urtalangan shaxsning moliyaviy imkoniyatlari belgilanadi. 
Bazaviy va aniqlovchi ( moliyalashtirish hajmi, qamrab olish ko‗lami va 
ijtimoiy ishning turli shakllari) majburiy ijtimoiy sug‗urtalash instituti bo‗lib, 
rivojlangan mamlakatlarda aholini ijtimoiy himoya qilish va aholiga ijtimoiy 
yordam ko‗rsatish institutlariga sarflanadigan mablag‗ 60% gacha, ijtimoiy 
himoyaga yo‗naltiriladigan mablag‗lar jami mablag‗larning 20-30% ini tashkil 
etadi.


63 
Ijtimoiy himoya tizimini tashkil qilishning jahon tajribasi tahlilidan kelib 
chiqib, ijtimoiy himoyaning umumiy tamoyillariga quyidagilar kiradi
• 
Aholiga qulay sharoitlarni ta'minlashda davlat va jamiyatning ijtimoiy 
javobgarligi
• 
Jamiyatning barcha qatlamlari
• 
Zarur hollarda tibbiy va ijtimoiy yordamni ta'minlash; 
• 
Ijtimoiy va kasb xatarlaridan ishlovchilarni himoya qilishning 
umumiy xususiyati; 
• 
Jamiyatning 
barcha 
qismiga 
ijtimoiy 
himoyani qo‗llashni 
kengaytirish. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin