64
4. O‗zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning eng boshida qo‗yilgan
strategik maqsad- aholining asosiy hayotiy ehtiyojlarini qondirishni ta'minlaydigan
jamiyatda qulay ijtimoiy muhit va sharoitni yaratishdir. Hukumat tomonidan
amalga oshirilayotgan choralarning barcha mantig‗i
va bosqichlari aynan shu
maqsadga erishishga yo‗naltirilgan.
Iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichi 1994-yilgacha bo‗lib, iqtisodiy
pasayish sharoitida davlat ijtimoiy siyosati aholining hayot darajasi va
daromadlarini tushib ketishiga yo‗l qo‗ymaslikdan iborat bo‗ldi.
Ikkinchi bosqich (1995-1997 yy.), mamlakatning iqtisodiy barqarorlikka
erishishi va iqtisodiy pasayishdan chiqish davri bo‗lib, bunda davlat ijtimoiy
siyosatining maqsadi daromadlarni
barqarorlashtirish, yangi ish o‗rinlarini
yaratish, aholini manzilli ijtimoiy himoya qilishni oshirish bo‗ldi. Bu bosqichda
aholining hayot darajasini oshirishning muhim iqtisodiy mexanizmlari va asoslari
ishlab chiqildi.
Barqaror iqtisodiy o‗sishga erishilgan bugungi bosqichda ijtimoiy
siyosatning maqsadi daromadlarni uzluksiz oshirish, aholi
bandligini oshirish va
ijtimoiy himoyaning samaradorligini yuksaltirish asosida hayot darajasi va
farovonligini o‗stirish uchun sharoit yaratishdir.
Aholini ijtimoiy qo‗llab-quvvatlash tizimi o‗zida aholining ijtimoiy kam
ta'minlangan qatlamini hayot darajasini oshirishga yo‗naltirilgan, shuningdek
davlat hokimiyati,
boshqaruv organlari, jamoat tashkilotlari, ixtisoslashtirilgan
muassasalar, ish beruvchilar va jismoniy shaxslarning alohida e'tiborini talab
qiluvchi aholi toifalariga yo‗naltirilgan tadbirlar majmuasini o‗z ichiga oladi. Bu
tadbirlar ijtimoiy va tibbiy-ijtimoiy yordam, ijtimoiy xizmat ko‗rsatish, mehnat,
kasbiy sog‗lomlashtirish, aholining alohida toifalariga
imtiyozlar taqdim etish va
boshqalardan iborat.
O‗zbekiston Respublikasida aholini ijtimoiy-qo‗llab-quvvatlash tizimi
birinchi navbatda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarining farovonlik
darajasini oshirishga yo‗naltirilgan, ularga quyidagilar kiradi :
65
• Nogironlik sababidan qat'iy nazar qonunchilikka muvofiq nogironlik
guruhi belgilangan shaxslar, shuningdek 18 yoshga to‗lmagan nogiron bolalar;
• Texnogen va tabiiy ofatlar,
tartibsizliklar, shuningdek harbiy va
millatlararo nizolar natijasida shikastlangan shaxslar;
• Yolg‗iz keksalar 65 yoshga to‗lgan (erkaklar) va 60 yoshga to‗lgan
(ayollar), yoshga doir pensiya tayinlash uchun zarur bo‗lgan ish stajiga ega
bo‗lmagan va boshqa shaxslar tomonidan moddiy ko‗makka ega bo‗lmagan
shaxslar, shuningdek doimiy parvarishga muhtoj yolg‗iz keksalar ;
• Fuqarolarning o‗zini-o‗zi boshqarish organlari tomonidan belgilangan
darajadan kam daromadga ega kam ta'minlangan oilalar va
alohida shaxslar;
• Kam ta'minlangan ko‗p bolali oilalar;
• yetim va ota-ona g‗amxo‗rligisiz qolgan bolalar;
• Ijtimoiy ahamiyatli kasallikka chalingan shaxslar
• Ikki yoshgacha bo‗lgan bolalarni tarbiyalashda mashg‗ul bo‗lgan kam
ta'minlangan oilalardagi onalar yoki u yo‗q bo‗lganda o‗rnini bosuvchi shaxslar;
• Boquvchisini yo‗qotgan oilalar, voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalovchi
bevalar;
• Ishsiz sifatida rasmiy ro‗yxatdan o‗tgan shaxslar.
Aholining ko‗rsatib o‗tilgan toifalaridan tashqari ijtimoiy yordam davlat va
jamiyat tomonidan yuqori e'tiborni talab qiluvchi alohida shaxslarga, shu jumladan
bolalar, yosh oilalar, urush faxriylari va fuqarolarning bir qator boshqa toifalariga
ko‗rsatiladi.
Dostları ilə paylaş: