81
taqsimlashdan kelib chiqadi. Uni kamayrish uchun kurashda ijtimoiy xodim inson
huquqlarini rivojlanishi uchun ishtirok etadi.
Imkoniyatlarni taqsimlash. Ijtimoiy xodim qo‗llaydigan va inson huquqlari
bilan bog‗liq intervensiyaning boshqa shakli bu imkoniyatlarni taqsimlashdir.
Intervensiyaning
bu shakli irqiy, etnik, sinf va jins bo‗yicha, yosh va jinsiy
qobiliyati bo‗yicha ajratiilgan munosabatga ta'sir qiluvchi holatlarni tadqiq qiladi.
Shaxsiy va ijtimoiy sohada imkoniyatlarni taqsimlash ikkita o‗zaro bog‗liq
jarayondan iborat. Qachonki inson shaxsiy rejada ma'lum
darajaga erishganda, u
ijtimoiy rejada ham qandaydir darajaga erishadi. Insonlarni o‗qitish ular bilan
adolatsiz munosabatlarni bartaraf etishga yordam berib, ijtimoiy xodimlar ishining
muhim tarkibiy qismi sanaladi.
Kuchli tomonlarning istiqboli. Kuchli tomonlarning
istiqboli bilan ishlar
inson huquqi bilan bog‗liq ijtimoiy ishdagi intervensiyaning boshqa shakli
sanaladi. Bu holatda inson yoki guruhning kuchli tomonlari mijoz bilan o‗zaro
munosabatlar jarayonida markaziy o‗rinda bo‗ladi. Intervensiyaning mazkur shakli
tuzilmaviy adolatsiz va noteng munosabatda ko‗pgina
odamlar va guruhlarning
zarur resurslardan ajratadi. Bu xizmat inson barqarorligi va usullarda aks etib,
ko‗pgina to‗siqlarga qaramasdan o‗z muammolarini hal qiladi.
Kuchli tomon
istiqboli bilan bog‗liq bunday ishlarsiz ijtimoiy xodim mijoz va guruhlarga o‗ziga
xos munosabatda oson umidsizlikka tushadi, u ularni patologik me'yoriy
bo‗lmagan holat sifatida ko‗rib chiqishni boshlaydi.
Dostları ilə paylaş: