O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/95
tarix13.04.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#96995
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   95
48fa02dd7d5ab3776f3334d4385f927f IJTIMOIY ISH NAZARIYASI

2. Ijtimoiy ish xalqaro federatsiyasi (International Federation of Social 
Workers)

ijtimoiy xodimlar xalqaro doimiy kotibiyatining davomchisi bo‗lib, 
unga 1928-yilda Parijda asos solingan. Ikkinchi jahon urushi davrida xalqaro 
hamkorlik bo‗yicha barcha harakatlar bekor bo‗lgan. Ammo 1950-yilda 7 
mamlakatdagi kasbiy assotsiatsiyalardagi ijtimoiy xodimlar ixtiyoriy asosda 
ijtimoiy xodimlar xalqaro assotsiatsiyasini tiklashga qaror qildilar. 1956-yil 5-10 
avgust kunlari Myunhyenda bo‗lib o‗tgan ijtimoiy xodimlar xalqaro konferensiyasi 
alohida voqyelik bo‗lib, natijada 1956-yil 9-avgustda mazkur 7 ta assotsiatsiya 
Ijtimoiy Xodimlar Xalqaro Federatsiyasini tuzdilar (IHXF).
Tashkilotning ta'sischilari quyidagi mamlakat assotsiatsiyalari bo‗lishdi: 
Avstriya, Belgiya, Kanada, Daniya, Angliya, Fransiya, Germaniya, Gretsiya, 
Niderlandiya, Shveytsariya va AQSh.
Bugungi kunda IHXF butun dunyo bo‗ylab ijtimoiy xizmat 
assotsiatsiyalarining 80 dan ortiq a'zosini qamrab olgan. U tashkil qilingandan 
buyon xalqaro konferensiya muntazam ravishda ikki yilda bir marta o‗tkaziladi. 
Toq yillarda konferensiya har bir mintaqada o‗tkaziladi. 
«Ijtimoiy xodimning axloq kodeksi» ijtimoiy xodimlar xalqaro federatsiyasi 
va ijtimoiy xodimlar xalqaro federatsiyasiyaning a'zosi bo‗lgan Ijtimoiy 
pedagoglar va ijtimoiy xodimlar uyushmasi umumrossiya jamoat tashkilotining 
tavsiyalari asosida ishlab chiqilgan. Kodeks o‗zida ijtimoiy soha 
mutaxassislarining o‗z kasbiy majburiyatlarini bajarish bilan bog‗liq ijtimoiy 
ishning asosiy tamoyillari va ahamiyati keltirilgan hujjatdir. 
«Ijtimoiy xodimning axloq kodeksi» ning bosh maqsadi insonning axloqiy 
tamoyillari va ma'naviy o‗rnini belgilash, mijozning ijtimoiy ehtiyojlarini 


85 
qondirishda mutaxassisi( ijtimoiy xodim) va jamiyat (turli institutlar) o‗zaro 
munosabatlarini belgilashdan iboratdir. 
Kodeks 6 banddan iborat kirish, IX tushunchalaridan tashkil topgan:
«Ijtimoiy xizmat- insonning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bo‗yicha (kasbiy 
va nokasbiy, majburiy va ixtiyoriy) faoliyat shakllarining yig‗indisidir. Kimdir 
yordam so‗rab ijtimoiy xodimga murojaat qilsa yoki kimgadir bunday yordam 
taklif qilinsa u ijtimoiy xizmat mijozi sifatida belgilanadi. Mijoz shaxs. Oila, 
qandaydir guruh yoki jamiyat bo‗lishi mumkin.».
Etika masalalarida xabardorlik –bu ijtimoiy xodimlar kasbiy faoliyatining 
asosiy qismidir. Ularning qobiliyati va majburiyatlari ijtimoiy ishdan 
foydalanadigan shaxslarga ko‗rsatiladigan xizmatning sifat jihatidir. IHXF ning 
etika sohasidagi xizmatlarining maqsadi tashkilot a'zolari, shuningdek ijtimoiy 
xizmat institutlari va ularning ijtimoiy ishni o‗rganuvchi talabalari , o‗rtasida 
debatlar va muhokamalar o‗tkazishdir Bir qator etik dilemmalar va ijtimoiy xodim 
duch keladigan muammolar faqat ma'lum mamlakatlar uchun xso bo‗lib, 
boshqalari barcha uchun umumiy bo‗ladi. Umumiy tamoyillarga asoslangan IXXF 
ijtimoiy ish maktabi xalqaro assotsiatsiyasi IXMXA qo‗shma deklaratsiyasining 
maqsadi ijtimoiy xodimlarni butun dunyoda kengaytirish, ular duch keladigan 
murakkab vazifalar va dilemmalarni hal qilish, etika masalalarida har bir holatda 
qanday harakat qilishni aniqlashdir.
Bu hujjatlarning boshlang‗ich nuqtasi ijtimoiy ishni belgilash bo‗lib, IHXF 
va IXMXA 2000-yil iyulda Kanadaning Monreal shahridagi ularning bosh 
konferensiyasida mustaqil ravishda qabul qilinib, keyinchalik 2001-yil mayda 
Kopengagenda birgalikda kelishildi. Bu ta'riflar inson huquqi va ijtimoiy 
adolatlilik tamoyillarini qayd etadi. Keyingi bo‗lim (3) inson huquqi to‗g‗risidagi 
turli deklaratsiyalar va konvensiyalarni yodda tutib, ijtimoiy ishda dolzarb bo‗ladi. 
Keyinchalik ikki sarlavhaga ega umumiy axloqiy tamoyillar to‗g‗risida 
deklaratsiya keladi: insonning huquqlari va qadri hamda ijtimoiy adolatlilik. 
(bo‗lim 4). Oxirgi bo‗lim ijtimoiy ishda kasbiy etika bo‗yicha bir qator asosiy 
tavsiyalarni ko‗rsatadi. Bu tavsiyalar axloq bo‗yicha dasturlarda batafsil ishlab 


86 
chiqilgan va IHXF va IXMXA tashkilotlari a'zolarining turli erkinliklari me'yori va 
qoidalarini aks ettiradi.
3.Buyuk Britaniya ijtimoiy xodimlari Milliy assotsiatsiyasi Britan ijtimoiy 
xodimlar assotsiatsiyasi (BASW) – Buyuk Britaniyada ijtimoiy xizmat va ijtimoiy 
xodimlarni taqdim qiluvchi eng yirik assotsiatsyailardan biridir.
Britan Assotsiatsiyasi 30 yildan buyue mavjud. Bu yillarda u murakkab ylni 
bosib o‗tib, amaliy tajriba to‗pladi. Assotsiatsiyada 8500 dan ortiq a'zo bo‗lib, 
ko‗pchiligi Fngliyada yashaydi va amaliy ijtimoiy xodim sanaladi.
Britan Assotsiatsiyasi ish beruvchilar bilan shartnomalar tuzadi.Bunday 
shartnomalar ijtimoiy xususiy agentliklar manfaatlarini saqlab, Assotsiatsiya 
a'zolariga jamoat ishlari bilan shug‗ullanish va assotsiatsiya faoliyatining asosiy 
yo‗nalishlarini targ‗ib qilish imkonini beradi. Britan Assotsiatsiyasi o‗z ustaviga 
ega. Bunda assotsiatsiya a'zolarining majburiyatlari, asosiy axloqiy tamoyillari 
keltirilgan. Assotsiatsiya a'zoligi ish sohasida kengayib, ijtimoiy xodimlar ularni 
bajarishlari mumkin. Litsenziyaga ega va kasbiy tayyorgarlik darajasi yuqori 
ijtimoiy xodim assotsiatsiya a'zolariga tegishli barcha talablarga javob berishi 
kerak..
Assotsiatsiyaning asosiy vazifasi himoya qilishdir. Bunda mijozlarning 
huquqi kabi turli darajadagi ijtimoiy xodimlarning huquqlari himoya qilinadi. 
Vazifa shundan iboratki, barcha tomonlar: ish iste'molchilari, ish beruvchilar, 
ijrochilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta'minlashdir.
Assotsiatsiya ijtimoiy qonunchilikni ishlab chiqish, ijtimoiy xodimlar 
mehnat sharoitlarini yaxshilash, ijtimoiy sohaga xodimlarni jalb qilish bilan 
shug‗ullanadi. Assotsiatsiya a'zolari ommaviy axborot vositalari bilan muloqot 
qilish va jamiyat fikrini shakllantirishda ishtirok etish huquqiga ega.
Ijtimoiy xodim amaliy ishlarining o‗ziga xosligi shundan iboratki, ta'lim 
olgandan so‗ng har bir ijtimoiy xodim davlat mustaqil kengashida ro‗yxatdan o‗tib, 
litsenziya oladi. Amaliy faoliyatni davom ettirish uchun har yili ish beruvchi va 
mustaqil kengash oldida o‗z faoliyatining yuqori axloqiy ekanligini isbotlab berish 
kerak. 


87 
Assotsiatsii ahamiyati shundan iboratki, ish beruvchi va mustaqil kengash 
oldida ijtimoiy xodimning manfaatlarini aks ettirib, muammoli masalalar paydo 
bo‗lganda maslahat berib, ijtimoiy xodim tayyorgarligiga zamonaviy talablar 
to‗g‗risida axborot beradi.
Assotsiatsiya boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi: ijtimoiy ish 
maktablari assotsiatsiyasi, direktorlar assotsiatsiyasi, kasaba uyushma tashkilotlari. 
Bu kuchlarni birlashtirish, o‗zaro faoliyatning strategik yo‗nalishlarini ishlab 
chiqish va ijtimoiy xodim faoliyatida siyosiy nuqtai nazardan o‗zgartirishga 
yorjam beradi. 
Assotsiatsiya a'zolari quyidagi imtiyozlarga ega: bepul maslahat olish, 
sug‗urtalashda, mebellar, buyumlar xarid qilishda chegirmalar, seminar va 
konferensiyalarda qatnashishda imtiyozlar.
4.Qo‗shma Shtatlardagi ijtimoiy xodimlar milliy assotsiatsiyasi (NASW) 
ijtimoiy xodimlar kasbiy tashkiloti. NASW o‗z a'zolari va umuman ijtimoiy 
xodimlar uchun so‗nggi axborot va boshqa resurslarni olish, tadqiq qilishni 
ta'minlaydi.
AQSh ijtimoiy xodimlar milliy assotsiatsiyasi o‗z siyosatini amalga 
oshirishda asosiy tamoyil sifatida inson huquqlarini olib, ijtimoiy xizmat nazariyasi 
va amaliyoti shunday tuziladi: «insonlarning fuqarolik, madaniy, siyosiy, ijtimoiy 
va iqtisodiy ehtiyojlarini ta'minlashda jamiyatning javobgarligi to‗g‗risida masala 
ko‗tarilganda ijtimoiy xodimlar ularni bajara olishlariga ishonchi komil bo‗lishi 
kerak.» (NASW 2000:181). Ijtimoiy xodim insonlar bilan noinsoniy 
munosabatlarning har qanday shakliga qarshi turishi lozim»
15
.

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin