O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/95
tarix13.04.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#96995
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   95
48fa02dd7d5ab3776f3334d4385f927f IJTIMOIY ISH NAZARIYASI

Keksalar va ularning oilalariga tibbiy-ijtimoiy yordam o‗z ichiga keksalarga 
amaliy yordam ko‗rsatish ( masalan uyda parvarishlash, uyga zarur mahsulotlar va 
boshqa narsalarni yetkazib berish, uyni tozalash), dori voistalari, maishiy 
qulayliklar, protezlar bilan ta'minlash, oila a'zolarini keksalarni parvarishlash 
bo‗yicha o‗qitish va boshqalardan iborat. 
MisoltariqasidaO‗zbekistondaqo‗shimchamanzillitibbiy-ijtimoiyyordam 
«Yolg‗izkeksalar, pensionerlarva nogironlarga ijtimoiy yordam ko‗rsatish tartibi» 
(2000 y.), «Uyda ko‗rsatiladigan ijtimoiy yordam to‗g‗risida nizom» (2011 y.), 
«Keksalar va nogironlarni manzilli ijtimoiy himoyalash va qo‗llab-quvvatlashni 
kuchaytirish chora-tadbirlari to‗g‗risidagi» (2015 y.) me'yoriy-huquqiy hujjatlar 
bilan amalga oshiriladi.
Keksalarga tibbiy-ijtimoiy yordam O‗zbekistonda ijtimoiy infratuzilma va 
ijtimoiy soha xizmatlari asosida ko‗rsatiladi. Ijtimoiy infratuzilma ichiga aholiga 
bevosita yordam ko‗rsatuvchi turli muassasa va tashkilotlarni olib, ularga 
bandlikka ko‗maklashish va aholini ijtimoiy himoya qilish markazlari, yolg‗iz 


102 
fuqarolarga uyda ijtimoiy yordam ko‗rsatuvchi xizmatlar, nogironlarni 
sog‗lomlashtirish markazlari, urush va mehnat faxriylari respublika pansionati, 
kesksalar va nogironlar uchun Saxovat internatlari, keksalar va nogironlar, urush 
va mehnat faxriylari uchun mo‗ljallangan sanatoriyalar kiradi.
5. BMT ma'luXMTlariga ko‗ra yer yuzi aholisining 10-12% i nogiron. 
O‗zbekiston Respublikasida ro‗yxatga olingan nogironlar soni 850 ming. 
Imkoniyati cheklangan insonlarning huquqlari sohasida O‗zbekiston Respublikasi 
qonunchilik siyosatini tahlil qilib, aytish mumkinki, so‗nggi yillarda bir qator 
xalqaro hujjatlarni ratifikatsiyalash va amalga oshirish bo‗yicha davlat darajasida 
tadbirlar amalga oshirilmoqda. 
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti 
va inson huquqlari umujahon deklaratsiyasi tamoyillari va maqsadlariga muvofiq‖ 
Biror-bir nogironlik turi mavjud shaxs faqatgina mazkur hujjatlarda keltirilgan 
fuqarolik, siyosiy, ijtimoiy, madaniy huquqlardan foydalanibgina qolmasdan
boshqa insonlar bilan teng sharoitlarda ularni amalga oshiradi.». Modda-.25. 
Umumjahon deklaratsiyasi har bir inson uchun shunday hayot darajasini ko‗zda 
tutadiki, bunda uning o‗zi va oila a'zolari sog‗ligi va farovonligini ta'minlash 
uchun zarur bo‗lib, bundan tashqari ishsizlik, kasallik, nogironlik holatlarida 
ta'minot olish huquqini keltirib o‗tadi.

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin