O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Mavzu 9. Inson hayot faoliyatining turli sohalarida ijtimoiy xizmat



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/95
tarix13.04.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#96995
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   95
48fa02dd7d5ab3776f3334d4385f927f IJTIMOIY ISH NAZARIYASI

 
Mavzu 9. Inson hayot faoliyatining turli sohalarida ijtimoiy xizmat
 
1. Jamoada ijtimoiy xizmat 
15
Элизабет Райкерт. Ижтимоий хизмат ва инсон ҳуқуқи. Сиѐсат асослари ва амалий фаолият Колумбия 
университети нашриѐти, Нью-Йорк. 
 


88 
2. Sog‗liqni saqlash muassasalarida ijtimoiy xizmat
3. Huquqni muhofaza qilish organlari tizimida ijtimoiy xizmat
4. Ta'lim muassasalarida ijtimoiy xizmat
 
1.Jamoa nima? Bu tushunchaga qaysi mutaxassislar undan foydalanishiga 
ko‗ra turlicha qarashlar mavjud.Jamoag eng oddiy yondashuv geografik nuqtai 
nazardan bo‗ladi : ma'lum hudud va ma'lum makon doirasidagi insonlarning 
aralashuvi (kichik tuman, shahar, munitsipalitet). Ijtimoiy-psixologik nuqtai 
nazardan jamoa bu umumiy manfaatlar, ehtiyojlar, qadriyatlar, faoliyatga 
asoslangan insonlarning birlashuvidir.
Olimlar fikricha ijtimoiy xodim tizimli modeldan foydalanishi zarur bo‗lib, 
jamoa doimo o‗zida ma'lum ijtimoiy tizimni aks ettiradi. Tizim shu jumladan 
ijtimoiy- bu ma'lum elementlarning doimiy yig‗indisidir.
Har qanday ijtimoiy tizim kabi jamoa barqarorlikka asoslanib, mahalliy 
hokimiyat xatosi oqibatida mustahkam bo‗lmasligi mumkin, mavjud resurslardan 
oqilona foydalanmaslik natijasida jamoaviy aloqalarning yomon ishlashi, axborot 
yetishmasligi kuzatiladi.
Aholining ishtiroki- jamoa faoliyatining shakli va asosiy maqsadidir. Bu 
ishtirok ijtimoiy, psixologik, ma'muriy, siyosiy ahamiyatga ega. Ko‗pgina 
mamlakatlarda bunday ishtirok qonunchilik bilan rasmiylashtirilgan, masalan 
AQSh da federal va shtatlar darajasidagi qonunchilik barcha fuqarolarga davlat 
faoliyatining ko‗pgina sohalarida qatnashish huquqini beradi bu-rasmiy ishtirokdan 
ma'muriy organlar a'zoligi va siyosatni birgalikda ishlab chiqishgacha. Organlar 
vaagentliklar alohida dasturlarni ishlab chiqish va nazorat qilish uchun jalb 
qilishlari mumkin. 
Yevropa mamlakatlarida masalan Daniyada jamoa boshqaruvning muhim 
organi bo‗lib. ular a'anaviy katta mustaqillikka ega bo‗ladilir. Jamolar soliqlarni 
kiritishlari va aholi saylagan kengashni boshqarishlari mumkin.
Shahar jamoasidagi ijtimoiy ishga misol qilib-bo‗sh vaqtni tashkil qilish, shu 
jumladan ommaviy-sport tadbirlari kiradi. Ijtimoiy xodimning qishloqdagi faoliyati 


89 
an'analar, norasmiy yordam turlari, masalan umumiy asoslardagi bolalar 
bog‗chalari yoki o‗zro yordamni tashkil qilisha asoslanadi. 
Jamoada ishlaganda ijtimoiy xodim ko‗p vazifalarni bajaradi. Masalan 
qiziqishlar bo‗yicha sport va madaniy tadbirlar yoki klublarni tashkil qilib ijtimoiy 
xodim fasilitator sifatida qatnashadi, uning maqsadi jamoa hayotiga insonlarning 
ijtimoiy ishtirokini faollashtirish, asotsial axloqni o‗smirlar va kattalarda oldini 
olishdir. 
Shuningdek bundan maqsadlar o‗zaro yordam guruhlarini tashkillashtiruvchi 
ijtimoiy xodimlarda ham bo‗ladi. Bunday holatda u lider tashkilotchi emas, balki 
jamiyatdagi insonlarning ijtimoiy hayoti to‗g‗risidagi kasbiy bilim, ijtimoiy resurs 
manbasi bo‗ladi.
Jamoadagi faoliyat mutaxassisdan inson, gurug‗li axloq, jamoa tuzilishi
uning ichki aloqalari to‗g‗risidagi bilim, ishga ijodiy yondashuv bo‗lishini talab 
qiladi. 
Jamoada ijtimoiy xodim faoliyatining juda muhim yo‗nalishii o‗z-o‗ziga 
yordam guruhlarini tashkil qilishdir. Ijtimoiy xodim zarur inshoot, uskunani 
olishga sho‗iga yordam beruvchi guruhlarga ko‗mak berib, ma'muriy organlarda 
ular manfaatlarini himoya qiladi, kasbiy xizmatlarni taqdim qilib, yangi guruhlarni 
yaratish ijodkori bo‗ladi. O‗ziga yordam beruvchi guruhlar bilan aloqa qilib, 
ijtimoiy xodim fuqarolik jamiyatining me'yorda ishlashi uchun norasmiy yordam 
tizimi rivojlanishiga o‗z hissasini qo‗shadi. Jamoadagi ishlarda qatnashish xorijiy 
mamlakatlarda professional ijtimoiy xodimlar uchun an'anaviy sanaladi.
2.Sog‗liqni saqlash- xorijda ijtimoiy ish mutaxassislari faoliyatining 
an'anaviy sohasi sanaladi. Birinchi ijtimoiy xodimlar 20-asr boshlarida tibbiy 
tashkilotlarda faoliyat yuritishgan. Urushdan keyingi yillarda ko‗pgina 
mamlakatlarda bemorlar muammolarini to‗laqonli tushunish va hal qilish uchun 
ishga tibbiy ijtimoiy xodimlar qabul qilingan. Ijtimoiy xodimning ba'zifalariga 
odatda mijozlar huquqlarini himoya qilish, statsionarlan tashqaridagi kasallarni 
ijtimoiy moslashtirish, intensiv terapiya kursidan so‗ng kasallarni parvarishlash va 
uyda xizmat ko‗rsatishni tashkil qilish, nogironlarning mehnat terapiyasi kiradi.


90 
Masalan Shvetsiyada kasalxonalardagi ijtimoiy xodimlar shifokr va 
bemorning yaqinlari munosabatlarini uyg‗unlashtirish, statsionar sharoitlarga 
kasalni moslashtirishga yordam berish, og‗ir kasallarning yaqinlari, vafot etgan 
bolaning ota-onalari bilan ishlash,oila ahvoli to‗g‗risida shifokorga xabar berish, 
bemorning psixologik holatini uzluksiz nazoratini amalga oshirish vazifalarini 
bajarishgan. 
Germaniyadagi ko‗pgina klinikalarda ijtimoiy ish mavjud bo‗lib, ijtimoiy 
xodimlar kasalxonalardagi markaziy ijtimoiy hizmatlar orqali mehnat qilishgan. 
Asosiy e'tiborda kasalxonaga kelgan bemorlarning moliyaviy muammolarini hal 
qilish turib, chunki Germaniyada bepul tibbiy xizmat yo‗q va moliyalashtirish 
faqat sug‗urta tashkilotlari orqali amalga oshiriladi. Bu mamlakatda tibbiy ijtimoiy 
xodimlar davolash va sog‗lomlashtirish tadbirlarini o‗tkazshi to‗g‗risida ham 
qayg‗urib, shu jumladan klinikada bo‗lgandan so‗ng nogironlar uyiga joylashtirish 
zaruriyati, davolanish vaqtida uy va ish joyining saqlanishi haqida qayg‗urish, 
bemor uchun turli qo‗shimcha ruhiy zo‗riqishlarni bartaraf qilish (yaqinlari yo‗q 
bo‗lsa bolalari to‗g‗risida qayg‗urish) bilan ham shug‗ullanishgan. Ijtimoiy 
xodimning majburiyatlariga vafot etayotgan shaxs bilan suhbatlar o‗tkazish ham 
kiradi.
Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda tibbiy ijtimoiy xodimlar aholini 
sog‗lomlashtirish bo‗yicha dasturlar ishlab chiqishda qatnashib, mahalliy ijtimoiy 
orgalari va tibbiy muassasalar o‗rtasida aloqa bo‗g‗ini vazifasini bajarib, ijtimoiy 
masalalar bo‗yicha tibbiy xodimlarga maslahat beradilar, ilmiy tadqiqotlarni 
o‗tkazib, o‗z tibbiy muassasalaridagi ijtimoiy ishga rahabarlik qiladilar.
Bugungi kunda ijtimoiy ish sohasida mazkur xodimlarning muhim ahamiyati 
psixiatrik yordam xizmatida ko‗rinadi. Ko‗pgina rivojlangan mamlakatlar 
(AQSh,Shvetsiya, Buyuk Britaniya) psixik sog‗lomlashtirish markazlari 
rahbarlarining uchdan bir qismidan ziyodi ijtimoiy ish sohasida oliy ma'lumotga 
ega 
Ko‗pchilik rivojlangan mamlakatlardagi psixik sog‗lomlashtirish xorijiy 
markazlari ijtimoiy xodimlari shifokor-psixiatr, ruhshunos va boshqa kasb bilan 


91 
birga jamoa a'zosi sanaladi. Boshqa mutaxassislardan farqi mualliflar fikricha 
faqatgina ijtimoiy xodim bemorni saqlash va uni odatiy hayotga qaytarish uchun 
zarur ijtimoiy resurslarni topa oladi. Ijtimoiy xodim faoliyatining samaradorligi 
psixiatriya sohasida bilimlarga, ruhiy sog‗liqni himoya qilish bo‗yicha qonunchilik 
bilimlariga, psixik sog‗liqqa atrof muhitning ta'siri, boshqa mutaxassislar bilan 
birga ishlash ko‗nikmalariga bog‗liq bo‗ladi. 
1. Huquqni muhofaza qilish organlaridagi ijtimoiy ish ijtimoiy xodimlar 
e'tiborini jalb qiladi. Qoidagi ko‗ra ko‗pgina rivojlangan mamlakatlardagi ijtimoiy 
xodimlar penitetsiar tashkilotlarning shtatli xodimlari bo‗lib, asosan maslahat 
berish, shuningdek jamiyatdan uzilgan shaxslarni hayotga moslashtirish bilan 
shug‗ullanadilar. Bir qator mutaxassislar psixitriya bilan shag‗ullanib, turmalardagi 
tibbiy xizmatlarda tibbiy xodim majburiyatlarini bajaradilar. AQSh, Buyuk 
Britaniya va Shvetsiyada ijtimoiy xizmatlar sohasida ta'lim olgan mutaxassislar 
penititsiar tashkilotlarda ma'muriy rahbarlik bilan shug‗ullanadilar.
Ijtimoiy xodimlarning katta 'tibori erkinlikka tezda chiqishga qaratilib, ular 
yaqinlar bilan muloqot qilib, insonni jamiyat hayotiga oson moslashishiga yordam 
berish uchun boshqa ijtimoiy resurslardan foydalanadilar. 
Penititsiar muassasalarda ko‗pgina ijtimoiy xodimlar ijtimoiy ishning tizimli 
modelidan foydalanib, bu munosabatlarda maqsadli yo‗naltirilgan faoliyatni 
nazarda tutadi. 
Bir qator mamlakatlarda ma'lum bir holatlarda ijtimoiy xodimning sud 
muhokamalarida ishtiroki nazarda tutilgan. Sudda ijtimoiy xodim mijozning 
advokati yoki manfaatlari himoyachisi sifatida qatnashib, asosan voyaga 
yetmaganlar, nogironlar va keksalarning huquqlarini himoya qiladi. Sud 
organlarida ijtimoiy xodim faoliyatining o‗ziga xso xususiyati u sud faoliyatini 
muhokama qilish huquqiga ega emasligi bo‗lib, sud instansiyasi va sud tizimining 
adolatligiga ishonishi kerak. Qarama-qarshi hollarda u o‗z kasbining axloq 
kodeksiga zid bo‗ladi.
Germaniyada yoshlarga sud yordamlarini ko‗rsatuvchi xizmatlar bo‗lib, 
unda ijtimoiy xodimlar faoliyat olib boradi. Unda ikkita masala mavjud: 


92 
huquqbuzar yoshlarga jinoyat aniqlangandan so‗ng yordam berish va o‗smirlarni 
sog‗lomlashtirishni tashkil qilish. 
Huquqni muhofaza qilish organlarida ijtimoiy ish ijtimoiy xodimlar 
faoliyatining yangi sohasi bo‗lib, tez-tez bu sohadagi ishlar axloq kodeksiga 
muvofiqligi bo‗yicha mutaxassislar orasida bahslar paydo bo‗ladi. 
4.Xorijiy mamlakatlarda maktablardagi ijtimoiy ish 60-yillarda keng 
qo‗llanildi. Ijtimoiy ishning bu sohasiga ikkita yondashuv ajratiladi : ijtimoiy 
xodim yoki maktab xodimlari tarkibiga kirishi, yoki ta'limni ta'minlovchi maxsus 
xizmatlarga birlashishi kerak. Birinchi yondashuv Germaniyada, ikkinchisi 
Yuuyuk Britianiyaga xos.
Maktabda ijtimoiy xodim bir qancha vazifalarni bajaradi: turli masalalar 
bo‗yicha bolalar va ota-onalarga maslahat beradi, o‗qituvchilar, yordamchi 
xodimlar va maktab ma'muriyatiga maslahat beradi, maktab va mahalliy jamiyat 
o‗rtasidagi bog‗lovchi sanaladi. 
Buyuk Britaniyada ijtimoiy xodimlar alohida maktablarga biriktirilib, 
muntazam ravishda u yerga borib, zqituvchilar bilan ishlaydilar, keluvchilar 
muammolar, axloqi, shuningdek moddiy muammolarini hal qilishga yordam 
beradilar. Ijtimoiy xodimlar qattiq munosabatdan qiynalgan bolalar, nogiron 
bolalarga alohida e'tibor beradilar. Ularga barcha yordamni ko‗rsatib, zarur 
hollarda ruhshunos. Huquqshunos, shifokor, militsiyani jalb qiladilar. 
BuyukBritaniyada ko‗rsatilgan xizmatning vazifalariga vaqtinchalik va 
doimiy maktabdan ajralib qolgan bolalarga yordam ko‗rsatish ham kiradi. Bunday 
hollarda ijtimoiy xodim bolani boshqa o‗quv-muassasiga joylashtirish, bo‗yicha 
ota-onalarga yordam beradilar, bola va ota-ona munosabatlarini yaxshilaydilar. Bu 
sohadagi mutaxassislar shuningdek bolalar mehnatining huquqiy me'yorlari 
bajarilishini nazorat qilib, bola uzoq vaqt maktabda bo‗lmagani sababini aniqlab, 
moddiy yordamni amalga oshiradilar. 
Maktabdagi ijtimoiy xodimlar shuningdek reja va dasturlarni ishlab 
chiqishlari, umumiy ta'limda o‗qiy olmaydigan bolalar uchun turli muqobil ta'lim 
muassasalari va tayyorlov maktablari topishga rahbarlik qiladilar.


93 
Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda ijtimoiy xodimlar oliy o‗quv yurtlarida 
ham mavjud. Ular u yerda talabalarga o‗z huquqlarini himoya qilish, yotoqxonada 
yashashni tashkil qilish, chet ellik, almashuv bo‗yicha kelgan, nogiron talabalarga 
yordam beradilar. Tez-tez ijtimoiy xodimlar ijtimoiy ishni o‗rganuvchi talabalar 
amaliy fanlarini o‗rgatadilar.

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin