Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi deklaratsiya, BMT bosh Assambleyasi
tomonidan qabul qilingan bo‗lib, shuni qayd etadiki, ular boshqa insonlar kabi
fuqarolik va siyosiy huquqlarga ega bo‗ladilar. Deklaratsiya shuni ko‗rsatadiki,
nogironlar maxsus xizmatlarni olishda o‗ziga xos huquqlardan foydalanishlari
kerak, bu ularning o‗z qobiliyatlarini maksimal namoyon qilish va ularning
jamiyatga integratsiyalashishini tezlashtirish imkonini berishi kerak.
Yuqorida keltirilgan barcha hujjatlarda huquqiy tenglik tamoyili imkoniyati
cheklangan insonlar va nogironlarga boshqa insonlar kabi huquqlar taqdim etishni
ko‗zda tutadi.
103
Nogironlar va imkoniyati cheklangan shaxslar o‗ziga xos huquqqa ega
shaxslar ham bo‗ladilar. ( sud majlislarida eshitmaydigan shaxslar tarjimon,
ko‗rmaydigan shaxslar kotib xizmatlaridan foydalanish huquqi).
Nogironlar sohasidagi O‗zbekiston Respublikasi davlat siyosati ―O‗zR da
nogironlarni ijtimoiy muhofaza qilish to‗g‗risida ― qonun (1991) bilan belgilanib,
unda aholining mazkur qatlamini boshqa fuqarolar bilan tengligini ta'minlash,
to‗laqonli hayot kechirish, jamiyatning iqtisodiy va siyosiy hayotida faol
qatnashish, shuningdek o‗z fuqarolik majburiyatlarini bajarish maqsadida ularning
huquqlari va manfaatlarini himoya qilish bo‗yicha choralar ko‗zda tutilgan.
Shaxsning hayot faoliyatini cheklash uning o‗ziga xizmat qiluvchi, muloqot,
o‗z xulqini nazorat qilish, shuningdek mehnat faoliyati bilan shug‗ullanishni
amalga oshiradigan qobiliyat va imkoniyatlarining to‗liq yoki qisman
yo‗qotilishini aks ettiradi.
Ko‗rinib turibdiki, bunda urg‗u nogironning kasalligiga qaratilgan bo‗lib,
uning barcha ijtimoiy va kasbiy qiyinchiliklari bo‗ladi. Kasallik davolansa barcha
muammolar hal bo‗ladi, shuning uchun aynan shunga yo‗naltirilgan. Shunday
qilib, barcha muammolar insonning o‗zida, uning kasalligi yoki nuqsonida
ko‗riladi. Bunday qarash nogironlikning tibbiy modeli uchun xosdir.
Muqobil tibbiy model ijtimoiy model bo‗lib, unda ―nogironlik- bu jamiyat
hayotida qatnashishning imkoniyatini yo‗qotuvchi yoki cheklovchi jismoniy yoki
ijtimoiy to‗siqdir‖.»
25
. Bunda qiyinchilik sababi faqatgina kasallik bo‗lmasdan,
me'yoriy hayot faoliyati uchun sharoitlarni nogironlar uchun ta'minlanmaganli ham
bo‗ladi.
Ijtimoiy modelga yaqin bo‗lgani siyosiy-huquqiy modeldir. Unga muvofiq
ijtimoiy kamchilik sifatida ko‗riluvchi nogironligi mavjud insonlar huquq va
erkinliklari tashqi cheklovlar vositasida cheklab qo‗yilgan bo‗ladi: arxitektura
muhitiga kira olmaslik, jamiyat hayoti, madaniyatiga qatnashishga cheklovlar.
25
Цит. по: Э. Наберушкина. Ижтимоий сиѐсат ва ижтимоий хизматлар кўзгусида ногиронлик./ Лекция курса
«Ижтимоий сиѐсат ва ижтимоий хизматларни ўргатишга янгича ѐндашувлар»
104
Qanday to‗siqlar sog‗ligi bilan muammo bo‗lgan shaxsning jamiyatda o‗zini
namoyon qilishiga to‗sqinlik qiladi?
1) Narsa-makon muhiti yaratgan jimoniy cheklovlar. Bu garchi eng yangil
bartaraf etilsada nogiron inson bilan eng katta qiyinchilikni paydo qiladigan to‗siq
sanaladi. Bu muammoni hal qilish ikkita jihatga ega: a) ehtiyoji bor insonlarni
maxsus maishiy asboblar, harakatlanish vositalari, uskunalar bilan ta'minlash
(kreslo-aravacha, sanchqi va qoshiq ushlagich, sun'iy nafas berish asboblarieshitish
apparatlari, ko‗zi ojizlar uchun hassa.); b) arxitektura-sanoat muhiti moslamalari
(shahar binolari zinapoyalarida panduslar mavjudligi, rangli, akustik asosda
mo‗ljalni ko‗rsatuvchi guruhli foydalanish joylari bilan jihozlanganligi .).
2. Axborot cheklovlari axborotni maxsus tashuvchilari kamligi bilan bog‗liq
(brayl alifbosidagi kitoblar, surdo tarjimonlar, maxsus dasturlar)
3. Kommunikatsion to‗siq – axborot bilan chambarchas bog‗liq. Axborotni
qabul qilishdagi cheklovlardan tashqari nogironlar muloqotda qiyinchiliklarga
duch keladilar, bu ruhiy va fiziologik omillar bilan bog‗liq.
Muloqotdagi qiyinchiliklar nutqning rivojlanish muammosi bilan bog‗liq
bo‗lib, ba'zan ruhiy muammolar borligi bilan asoslanadi. Ruhiy muammolar
nogironning asosiy kasalligi natijasi bo‗lib, atrofdagi qiziqish, qo‗rqish, ustidan
kulish, noqulaylik natijasida kuchayishi mumkin.
4.Nogironning o‗zini cheklashi. Imkoniyati cheklangan odam tez-tez
jamiyatdagi to‗liq bo‗lmagan ahamiyatiga ko‗nikadi va unga rozi bo‗lib yashay
boshlaydi. Unda boqimandalik, birovdan najot kutish shakllanadi.
Ta'limdagi cheklovlar. Garchi O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida
ta'lim olishning barcha uchun tengligi mustahkamlab qo‗yilganiga qaramasdan,
yuqorida ko‗rsatilgan to‗siqlar umumta'lim maktablari, ayniqsa OO‗Yu da
nogironlarning ta'lim olishiga xalaqit beradi.
Nogironlar sog‗lomlashtirishga muhtoj bo‗ladilar. Imkoniyati cheklangan
insonni sog‗lomlashtirish jarayonida ikkita bosqichni ko‗rish mumkin::
1) barcha ijtimoiy soha xizmatlari uchun rahbarlik vazifasini bajaruvchi
sog‗lomlashtirishning kompleks dasturi.;
105
2) nogironni sog‗lomlashtirishning individual dasturi.
Nogironlarni sog‗lomlashtirishning komplekst dasturi quyidagilarni nazarda
tutishi kerak: sog‗lomlashtirish tadbirlarini o‗tkazish uchun moddiy-texnik bazani
rivojlantirish, sog‗lomlashtirishning individual dasturlarini bajarishga yagona va
qulay uslubiy yondashuvlarni belgilovchi me'yoriy-uslubiy hujjatlarni ishlab
chiqish; hayotiy ta'minotning barcha vositalari bo‗yicha nogironlarning hayot
faoliyati to‗siqsiz muhitini yaratishga doir tadbirlarni ishlab chiqish (umumiy bino
va inshootlardan erkin foydalanish, jamoat transportlariga chiqish, aloqa. Axborot
vositalaridan foydalanish, sport va ijodning turli sohalari bilan shug‗ullanish);
nogironlarni sog‗lomlashtirish xizmati uchun mutaxassislar tayyorlash.
Nogironlarni sog‗lomlashtirishning individual dasturi uning ruhiy, jismoniy
va fiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda tuzilib, nogironlarni
sog‗lomlashtirishning umumiy tizimi asosida ishlab chiqiladi. Tibbiy
sog‗lomlashtirish, kasallik, jarohat, nuqsonlar natijasida nogiron organizmida
harakatni tiklash yoki yo‗qotilgan qism uchun kompensatsiyani nazarda tutadi.
Ijtimoiy sog‗lomlashtirish ham nogironni moddiy texnik vositalar bilan
ta'minlash (nogironlar aravachasi, maxsus maishiy texnika, surdo texnika) ham
ulardan foydalanishga o‗rgatishni nazarda tutadi. Yana bir muhim masala
kvartirani qayta jihozlash sanaladi ( panduslar, tutqichlar, yuk ko‗targichlar,
kengaytirilgan eshik dastulari).
Kasbiy sog‗lomlashtirish nogironning sog‗ligining holati, shaxsiy ishtiyoqi
va qiziqishini hisobga olib uni umumiy-foydali mehnatga qaytarish yoki jalb
qilishga qaratilgan tadbirlar tizimi.
Ahamiyati bo‗yicha ijtimoiy xodim vazifalari nogironni huquqiy o‗qitish va
huquqiy himoyasini ta'minlash, nogironlar huquqlarini himoya qilish bo‗yicha
hujjatlarni topish va tahlil qilish.
Imkoniyati cheklangan bolalar bilan ijtimoiy ishning uslubiy asoslari
Bronfenbrennerning inson rivojlanishining ekologik nazariyasiga tegishlidir. Bu
nazariyaga ko‗ra insoniy rivojlanish- faol rivojlanuvchi shaxs va uning o‗zgarib
106
boruvchi atrofi o‗rtasidagi o‗zaro moslashuvi, shuningdek bu va ekologik muhit
o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlardir.
Har bir shaxsiy o‗zgarish yirik ijtimoiy va madaniy tizimlar doirasida ko‗rib
chiqilishi mumkin. Masalan bolaning o‗qishga layoqati yo‗qligi rivojlanishning
organik patologiyasi va maktabda foydalaniladigan o‗qitish uslublari, maktab va
bolaning oilasi o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlar, shuningdek umuman ta'lim tizimi
imkoniyatlarini tadqiq qilish orqali tahlil qilinishi mumkin.
Nogironlarni sog‗lomlashtirish bo‗yicha O‗ZR davlat dasturining
yo‗nalishlaridan biri yangi turdagi idoralararo muassasalar- sog‗lomlashtirish
markazlarini yaratish va ularning samarali faoliyatini ta'minlashdir.Xorijda
abilitatsiya ( insonning ilgari mavjud bo‗lmagan imkoniyatlarini shakllantirish va
boshqalarini unga moslashtirish) hamda sog‗lomlashtirish (yo‗qolganlarini
tiklashga yo‗naltirilgan) markazlar ajratiladi.O‗zbekistonda sog‗lmlashtirish
markazlari
birinchi
va
ikkinchi
turdagi
faoliyatni
amalga
oshiradi.
Sog‗lomlashtirish markazlari o‗z oldiga bolalar, imkoniyati cheklangan shasxlar va
ularning oilalariga tibbiy, psixologik, pedagogik va ijtimoiy yordam ko‗rsatish
vazifalarini qo‗yadilar
.
Aynan mazkur tuzilmalarda nodavlat sektori yetakchi
o‗rinni egallaydi: xususiy tijorat va notijorat xayriya tashkilotlari, shuningdek
jamoat birlashmalari. Bu mazkur tashkilotlarning ishida ko‗pgina uslubiy
yondashuvlar va innovatsiyalar mavjudlishi bilan bog‗liqdir. Bu ularning
mijozlariga tanlash imkonityaini yaratadi. Sog‗lomlashtirish markazining ijtimoiy
xodimi vositachilik faoliyati va patronaj orqali bolalarga abilitatsion va
reabilitatsion yordam ko‗rsatishning uzluksizligini ta'minlashi kerak
.
Xospis – bu tuzalmaydigan kasalga hayotining so‗nggi oylari davomida
yordam ko‗rsatishni nazarda tutuvchi ko‗p qirrali dastur. Xospisning maqsadi
bemor uchun sharoit yaratish va uning oilasini qo‗llab-quvvatlash.
Xospislar AQSh da 1979-yildan boshlab tashkil etila boshlandi. Ularda
xizmat ko‗rsatish quyidagi tamoyillarga asoslangan.
1. Xizmat ko‗rsatish bemor bilan birga uning oilasini ham qamroab oladi.
Yordamga muhtoj oila a'zolari judolikka tayyorlanib boriladi va yordam beriladi.
107
2. Xospis davolashga qaraganda vaqtinchalik yengillikni olib keladi. Bunda
davolash shakli jarrohlik aralashuvi yoki boshqa tibbiy muolajalar emas, balki
kasallik va boshqa belgilarni nazorat qilish bo‗ladi. Mazkur tibbiy yordam kasallik
belgilarini boshqarishda zamonaviy bilimlarni va mayda narsalarga ham diqqat
bilan qarashni talab qiladi. Turli belgilar nazorat qilingandagina kasal ijtimoiy,
ruhiy va ma'naviy ko‗makni qabul qila oladi.
3. Xospis xizmat ko‗rsatish ko‗p profilli mutaxassislarni ta'minlaydi:
shifokorlar, hamshiralar, uyda tibbiy yordam ko‗rsatuvchi ijtimoiy xodimlar,
xizmatchilar va ko‗ngillilar. Barcha mutaxassislarning faoliyati hamshira yoki
ijtimoiy xodimlardan biri tomonidan muvofiqlashtiriladi. Davolash ishlari bo‗yicha
xospis direktori bosh davolovchi shifokor shifatida qatnashadi.
4. Xospis bemorga qarovchi uy, statsionar va tibbiy muassasalardan
ko‗ngillilar mehnatidan keng foydalanishi bilan farqlanadi. Vafot etayotgan inson
hayot sifatini oshirish uchun ma'lum majburiyatga ega bo‗lmagan ko‗ngilli shaxs,
oila ichidagi ko‗pgina masalalar masalan yuridik maslahatga eg‗tiyoj yoki oddiy
do‗stona tashriflarni hal qilishi mumkin.
5. Xospis doirasida xizmat ko‗rsatish sutka davomida va haftada yetti marta
amalga oshiriladi. Agar oila a'zosi tungi yordam uchun hyech qachon murojaat
qilmasa ham hamshira yoki ijtimoiy xodimlar doimo paydo bo‗ladigan
muammolarni muhokama qilish va kerakli yordamni olishga berishga tayyor
bo‗ladilar.
Dostları ilə paylaş: |