Deinstitutsionalizatsiya – statsionarda joylashgan va ularni parvarishlashni
tashkil etishdagi shaxslar miqdorini qisqartirishga, turar-joyi bo‗yicha davolashni
76
amalga oshirishga yo‗naltirilgan jarayon, shuningdek shartnomaviy tizimning
rivojlanishi.
Bunday yondashuvning asosiy tamoyili insonga cheklanmagan sharoitda
odatda statsionar muassasalardae foydalanish huquqini taqdim qilish, qancha
mumkin bo‗lsa shuncha odatiy hayot tarzi va erkin yashashni ta'minlashdan iborat.
Bugungi kun mutaxassislarining yashash joyi bo‗yicha odatiy hayotdan
chetlashgan shaxslarning qayta moslashuvi va qo‗shilishi bo‗yicha qarashlari
turlicha. Ko‗pgina mamlakatlarda ijtimoiy ishdan jamoat tuzilmalariga o‗zgardi.
Mahalliy darajada reintegratsiyaning ko‗pgina dasturlari amalga oshirilmoqda va
ular orasida ay-joy ta'minoti, ruhiy davolash, uyda yordam berish, voyaga
yetmagan huquqbuzar shaxslarni qayta tarbiyalash dasturlari mavjud. Bunday
dasturlarni amalga oshirish davlat, xususiy va ko‗ngilli ijtimoiy xizmat
xodimlarining birgalikdagi ishtirokini talab qiladi.
Xalqaro diniy-filantropik tashkilot Qutqaruv Armiyasi 1865-yilda Angliyada
tuzildi. 13 yil o‗tib u angliyalik targ‗ibotchi Uilyam But tomonidan qayta tashkil
etilib, u buning birinchi generali bo‗ldi. Tez orada qutqaruv armiyasi o‗z faoliyatini
boshqa mamlakatlarda ham boshladi. Hyech narsasi yo‗q shaxslarga moddiy va
ma'naviy yordam ko‗rsatilib. Qutqaruv armiyasi askarlari xristianlik dinini targ‗ib
qilishgan.
Qutqaruv armiyasi faoliyati bugungi kunda yer yuzining barcha qit'alaridagi
96 mamlakatni qamrab olgan. Qutqaruv armiyasi o‗z faoliyatini quyidagi
yo‗nalishlarda olib boradi : uysizlarga turar joy berish, ochlarga oziq-ovqat taqdim
qilish, keksalar to‗g‗risida qayg‗urish, bolalar bilan ishlash, nogironlarga yordam.
Yaqinlarini izlashda yordam berish va boshqalar.
Qutqaruv armiyasining ijtimoiy ishi asosida quyidagi g‗oyalar yotadi:
umidsiz shahidlar va halok bo‗lganlarni qaytarish imkoni yo‗q, inson yordam olish
huquqiga ega, bunda kam harakatlilikni yaxshilash eng oddiy yo‗l, agar insonning
ma'naviy qiyofasida bular bo‗lmasa diniy-axloqiy tarbiya vositasida ularni bartaraf
etib bo‗lmaydi.
77
Har qanday xayriya tashkiloti professional ijtimoiy xodimlarsiz ish yurita
olmaydi. Faqat ulargina ulardan yordam so‗ragan shaxslarga ko‗mak berishi,
tadbirlarni amalga oshirishi mumkin. Axir qutqaruv armiyasi kabi katta
tashkilotdagi ishlar faqatgina xudoga ishonish va insonlarga samimiy munosabat
bilan asoslanmasdan. Bu tashkilot insonlarga yordam ko‗rsatish uchun katta
ishlarni amalga oshiradilar. Ammo kimga qanday yordam berishda qutqaruv
armiyasi professionallarni yordamga jalb qiladilar. Aynan shuning uchun bu
tashkilot uchun ijtimoiy xizmat katta ahamiyatga ega sanaladi.
―Anonim Alkogoliklar‖ harakati 1935-yilda Akron (Ogayo shtati) da paydo
bo‗lib, 12 qadam dasturi asosida shakllangan. AA ning oldingi variantidagi asosiy
tamoyillar asosan xristianlik bilan bog‗liq bo‗lgan. Shu bilan birga AA
faoliyatining muvaffaqiyati jamiyat a'zolarining xulqi va ehtiyojlari uchun
kuzatuvga asoslanganligidir.
Bunday tamoyillar ―12 qadam dasturi‖ asosini tashkil etadi:
1. Biz o‗zimizni alkogol oldida ojiz deb tan oldik va bizning hayotimizni
boshqarib bo‗lmaydi.
2. Shunga ishonamizki, bizning o‗z kuchimizdan qudratli kuch mavjud va
bizga sog‗lom fikrlashni qaytarishi mumkin.
3. Xudo bizning hayotimizga unga qanday ishonsak qaror qabul qiladi.
4. O‗z xulqimizni chuqur va dadillik bilan tadqiq qildik.
5. Xudo, o‗zimiz va boshqa insonlar oldida o‗z aybimizni tan oldik.
6. Xudo bizning xarakterimizdani barcha salbiy xususiyatlarni yo‗qotishi
uchun to‗liq tayyorlandik.
7. Undan bizning kamchiliklarimizni tuzatishini o‗tindik.
8. Biz yomonlik qilgan barchani esladik va ularga zararni qoplashga
tayyorlandik b.
9. Imkonimiz bo‗lganda barcha shaxslarga shaxsan ziyonlarni qopladik.
10. O‗z xulqimizni tanqidiy kuzatishni davom ettirdik va qachon xato qilsak
uni o‗z vaqtida tan oldik.
11. Ibodat va anglash yo‗li bilan xudo bilan lngli aloqani tushundik.
78
12. Bu qadamlarni bajarish natijasida ruhiy uyg‗onishga erishib, boshqa
alkogoloklar bilan tajriba almashib, bizning barcha ishlarimizda bu tamoyillarni
qo‗lladik.
«Anonim Alkogoliklar» harakati hozirda butun dunyoda keng
qo‗llanilmoqda. Bu harakat guruhlari miqdori doimiy o‗smoqda, masalan har yili
AQSh va Kanadada yillik o‗sish taxminan 4 ming guruhlarni tashkil qilmoqda.
12 qadam dasturidan tashqari 60-yillardan boshlab giyohvandlar o‗rtasida
o‗xshash jamiyat Anonim giyohvandlar jamiyati tashkil qilindi.
Xalqaro Qizil Xoch –bu ijtimoiy harakat bo‗lib. barcha irq va dinlarga,
aholining barcha ijtimoiy qatlamlariga taqdim etiladi, millionlab a'zolarga ega.
Mazkur faoliyatning maqsadi- hyech qanday ajratishsiz kim og‗ir ahvolda
bo‗lsa unga yordam berishdir. Bu maqsad ko‗p sonli va turli shakldagi vazifalar
orqali amalga oshadi : urush vaqtida jarohatlanganlarga g‗amxo‗rlik, aqliy va
jismoniy nuqsonli insonlarga yordam, zilzila qurbonlariga yordam, donorlikni
tashkil qilish, bosib olingan hududlardagi aholi himoyasi, ayrilgan oilalarni
birlashtirish
Shu kabi vazifalar qizil xoch tashkiloti oldida 100 yildan ortiq vaqt
davomida turibdi.
Qizil Xoch jamiyatini yaratish tashabbuskori shveytsariyalik jamoat arbobi
Anri Dyunandir (1828-1920). O‗tgan vatq davomida harakat keng doirada
rivojlanib, uning me'yoriy va yuridik asosi, uning faoliyatini muvofiqlashtiruvchi
tuzilmalar va organlarni yaratish zarurligini ko‗rsatdi. Xalqaro Qizil Xoch va Qizil
Yarim Oy jamiyatlari faoliyatining asosiy 7 ta tamoyillari quyidagilar:
insonparvarlik; xolislik; neytrallik; mustaqillik;ixtiyoriylik, yagonalik, universallik.
Dostları ilə paylaş: |