6-Mavzu. Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimida davlat va nodavlat
tashkilotlari
1. Aholini ijtimoiy himoya qiluvchi davlat tashkilotlari
2. Xususiy ijtimoiy tashkilotlar. Ko‗ngilli tashkilotlar
3. Ijtimoiy ish o‗zaro munosabatlarining shartnomaviy tizimi.
4. Xalqaro Qizil Xoch Tashkiloti
1.
Davlat va nodavlat tashkilotlar homiyligi federal hukumat, shtat,
okrugga kiradi. Ular umumdavlat soliqlari hisobidan moliyalashtirilib, xodimlar
davlat byudjetidan ish haqi oladilar.
Davlat va mahalliy boshqaruv organlari umumiy davlat ijtimoiy siyosatini
ishlab chiqish va uni mamlakat, mintaqa va mahalliy darajada o‗tkazishga javobgar
bo‗ladilar.
Ular aholini ijtimoiy himoya qilish dasturlarini amalga oshirish bo‗yicha
faoliyatni boshqa rasmiy tashkilotlar, shuningdek notijorat va tijorat tashkilotlari
bilan muvofiqlashtiradilar. Har bir davlat byudjet imkoniyatlari doirasida mazkur
71
tashkilotlar mamlakat aholisni ijtimoiy himoya qilish va qo‗llab-quvvatlash
bo‗yicha turli shakldagi dasturlarni amalga oshiradilar.
Finlyandiyada ijtimoiy ta'minot va sog‗liqni saqlash vazirligi bosh ijtimoiy
boshqarma bilan birgalikda ijtimoiy ta'minot sohasida markaziy organlar sanaladi.
Gubernatorlik boshqarmalari mintaqaviy rahbarlikni amalga oshiradi. Ijtimoiy
xizmat ko‗rsatish bo‗yicha tashkilotlarni mahalliy miqyosda boshqarish va amaliy
ishlari munissipaletlar tomonidan amalga oshiriladi.
AQSh da ijtimoiy soha bilan shug‗ullanuvchi davlat organlari tuzilmasi
Finlyandiya va boshqa yevropa mamlakatlaridagi kabi uyg‗unlashmagan. Davlat
siyosatini amalga oshiruvchi asosiy hukumat organlariga ijtimoiy ta'minot bo‗yicha
boshqarma, qishloq xo‗jaligi vazirligi, sog‗liqni saqlash va ijtimoiy ish vazirligi, u
yoki bu ijtimoiy dasturlarni amalga oshiruvchi boshqa federal idoralar kiradi.
Ijtimoiy siyosat va alohida ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqish aqliy markazlar
( universitet, hukumat va nohukumat assotsiatsiya fondlari) shuningdek yetakchi
siyosiy partiyalar, boshqa tashkilotlar shu jumladan biznes sohasidagi tashkilotlar
bilan amalga oshiriladi. Bu sohadagi ularning tavsiyalari ma'muriyat asosida
bo‗ladi va federal idoralar, shuningdek ijtimoiy ta'minot bo‗yicha boshqarma
ijtimoiy ishni boshqa xizmatlar kiradi. Ijtimoiy ta'minot bo‗yicha boshqarish
bo‗yicha AQSh da AKT ishlab chiqilgan bo‗lib, butun mamlakat bo‗ylab 1200 ta
bo‗limga ega. Qishloq xo‗jaligi vazirligi davlat ijtimoiy ta'minot davlat bo‗limlari
orqali federal iste'mol dasturlarini amalga oshiradi. Bu maqsadlarda mahsulot xarid
qilishda pul bilan birga foydalanilgan, ammo tamaki va spirtli mahsulotlar emas.
1912-yilda asos solingan bolalar byurosi sog‗liqni saqlash va ijtimoiy ish
vazirligini boshqaruv qismi bo‗lib, bu o‗z navbatida bolalar huquqlarini himoya
qilish bo‗yicha dasturlarni amalga oshiradi va muvofiqlashtiradi. Bolalar himoyasi
xizmati bolalarga ijtimoiy, tibbiy, yuridik va vasiylik xizmatlarini ko‗rsatadi. Ular
bolalarga kuch bilan munosabatda bo‗lish holatlarini o‗rganadi, ijtimoiy ta'minot
xizmatlari va yuridik organlarga tavsiyalar beradi.
Federal hukumat tomonidan moliyalashtiriladigan keksalar uchun agentlik
keksalar huquqlarini himoya qilish va xizmatlar ko‗rsatishga mo‗ljallangan.
72
Davlat ijtimoiy ishida band bo‗lgan ijtimoiy xodimlar tashkilotning faoliyat
yo‗nalishi va ko‗lamidan kelib chiqib turli vazifalarni bajaradilar. Masalan,
AQShdagi davlat ijtimoiy ish shtatlarida quyidagi lavozimlar nazarda tutilgan:
boshqaruvchi, dasturni baholovchi maslahatchi, mijozlarga muqobil yordam
manbalarini taklif qiluvchi maslahatchi; agentlik va mijoz o‗rtasidagi vositachi;
mijoz manfaatlarini himoya qiluvchi advokat; psixoterapevtik yordam ko‗rsatuvchi
mutaxassis; yordamga muhtoj insonlarni topish bilan shug‗ullanuvchi mutaxassis;
yordam dasturlarini rejalashtiruvchi mutaxassis, ijtimoiy o‗zgarishlarda
qatnashuvchi faol ;.
Davlat agentlikalari asosan moliyaviy yordam ko‗rsatish bilan, ijtimoiy
xizmatchilar o‗qitishda olingan bilimlardan foydalanish, faoliyatning keng turi
mavjud ko‗ngilli tashkilotlarda qatnanish vazifalarini bajaradilar.
2. Xususiy ijtimoiy tashkilotlar, ko‗ngilli tashkilotlar yana tadbirkorlik yoki
tijorat tashkilotlari deb yuritiladi. Ular aralash shaklda moliyalashtiriladi:xayriya
mablag‗lari, jismoniy shaxslar sovg‗alari, xizmatlar ko‗rsatilayotgan shaxslar
to‗lovlari, hukumat ajratgan mablag‗lar hisobidan. Xususiy ijtimoiy tashkilotlar va
ko‗ngilli tashkilotlar faqatgina o‗z faoliyat xususiyati, taqdim qilinayotgan
xizmatlari bo‗yicha emas, balki jamoa, mintaqa va mamlakat doirasidagi faoliyat
ko‗lamiga qarab ham ajratiladi.
Bu tuzilmadagi asosiy bo‗g‗in ijtimoiy agentliklardir. Bu tashkiliy shakl
aholiga yordam ko‗rsatadi. Bu tashkilotga direktorlar kengashi rahbarlik qiladi.
Agentliklar odatda professional ijtimoiy xodimlar, boshqa soha vakillari, texnik
xodimlardan iborat bo‗ladi. Bu tashkilotlar o‗zlarining aniq ustav qoidalariga ega
bo‗lib, unda mijozlarga qanday xizmat ko‗rsatish, qanday muammolarni qaysi
usullardan foydalanib hal qilishni aks ettiradi.
Amerikadagi bunday tashkilotlarga Amerika oila xizmatini misol qilib
keltirish mumkin. Bu milliy tashkilot oila xizmati mahalliy agentliklarini qamrab
olib, shuningdek uning rivojlanishidan manffatdor alohida shasxlardan tashkil
topadi. Milliy tashkilot agentlik tarkibiga kiruvchi dasturlarni ishlab chiqadi,
umumiy aloqalar va ta'lim dasturlarini ta'minlaydi, oilaga ijtimoiy xizmat
73
ko‗rsatish sohasida tadqiqotlarning va nashrlarning homiysi bo‗ladi. Tashkilot
kengashi siyosatni shakllantirishga yordam beradi va oilalar ehtiyojlari to‗g‗risida
qonunchilik organlariga tavsiyalar beradi. Mahalliy agentliklar oila va nikoh ,
o‗qitish va rahbarlik bo‗yicha dasturlar, jamiyat uchun ijtimoiy ishni
ta'minlaydilar.
Amerika xizmati (Family Service Organization), asosan yoshlar va ko‗p
bolali oilalarga turli shakldagi xizmatlarni ko‗rsatadilar.
Lyuteren ijtimoiy ish- lyuteren cherkov bilan bog‗liq agentliklar tarmog‗ini
o‗zida aks ettiradi. U yirik amerika jamiyatlarining barchasida agentlikka ega
bo‗lib, asosan bolalar va keksalarni ijtimoiy ta'minlash bo‗yicha xizmatlarni
ko‗rsatadi. Bunday tashkilotlarning namunaviy misoli- Amerika Qizil xoch
tashkiloti sanaladi. Xayriya tashkilotlari daromadi soliqqa tortilmaydi.
Notijorat tashkilotlar aqliy bilimlarni almashish ijtimoiy ishini ko‗rsatadilar,
ular kapital qo‗yilmalar uchun foydalanadigan xususiy aksioner bo‗lmaydi. Bu
tashkilotdagi xodimlar mehnatiga eng past stavkalarda haq to‗lanib, chunki mazkur
tashkilot xayriyaga bog‗liq sanaladi.
Ko‗ngilli tashkilotlarning quyidagi turlari ajratiladi:
• Asosiy vazifasi o‗z a'zolariga yordam ko‗rsatish bo‗lgan tashkilotlar
masalan,
• Kasbiy assotsiatsiyalar va jamoat klublari;
• Cherkovlar, sinagog, masjid va boshqa diniy tashkilotlar;
• Xayriya tashkilotlari, shu jumladan nafaqat o‗z a'zolari balki boshqalarga
ham yordam ko‗rsatuvchi turli fondlar, diniy federatsiyalar (Umumiy yo‗l,
katoliklar xayriyasi, ijtimoiy ta'minot Yahudiylar federatsiyasi, anonim
alkogoliklar va boshqalar.).
Ko‗ngilli tashkilotlarda ishlaydigan mutaxassislar faoliyati shakli bo‗yicha
turlicha bo‗ladi, ularni guruhlarga birlashtirish mumkin:
• xizmat ko‗rsatish (mahsulotlarni uyga yetkazib berish, xarid qilishda
yordam berish, do‗stona bordi-keldi, tajriba almashish va boshqalar) ;
74
• fuqarolik huquqi o‗zgarishlari va himoyasi uchun kurash, fuqarolik
faoliyati (qo‗mita va komissiyalarda ishlash, dasturni baholash);
•ko‗ngillilarga rahbarlik faoliyati, direktorlar kengashi a'zosi va bu sohadagi
boshqa organlar a'zosi bo‗lish, o‗z-o‗ziga yordam ;
• xayriya faoliyati uchun mablag‗lar va ehsonlar to‗plash.
Qayd etish kerakki, ko‗ngillilar faoliyatida markaziy o‗rinni pul
to‗plovchilar egallab, AQSh va boshqa bir qator mamlakatlarda fanddrayver deb
yuritiladi. Tajribali pul to‗plovchi hyech qachon yolg‗iz ishlamaydi. Guruh bilan
birga xayriya g‗oyalarini tuzib, salohiyatli donorlar ro‗yxatini shakllantiradi, o‗z
jamoasining pul to‗plash usullarini hisobga oladi va ularning faoliyatini
muvofiqlashtiradi. Turli xayriya ziyofatlari tashkil qilib, mashhur olimlar, artistlar,
yozuvchilarni ko‗p miqdordagi insonlar va mablag‗ni jalb qilish uchun taklif
qiladi.
Ko‗ngilli tashkilotlar o‗z faoliyatlarini mahalliy, shtat, umummilliy
miqyosda amalga oshirishlari mumkin.
3 .60-yillarda AQSh da aholini ijtimoiy himoyalash to‗g‗risidagi qonunda
davlat yordamlarini kelgusida taqdim qilish tizimining kelgusi rivojiga ta'sir
qiluvchi to‗ldirish kiritilgan. Tuzatishda davlat va nodavlat yordam xizmatlarining
vazifalarini ajratish masalasi ko‗rib chiqilgan. Davlat xizmati boshqa
agentliklardan xizmatlar olishga ruxsat bergan va bu xususiy hamda ko‗ngilli
tashkilotlar bilan xizmatlarni ta'minlash uchun shartnoma tuzish imkonini berdi.
Ko‗pgina hollarda shartnoma bo‗yicha xarajatlar davlat xizmatidagi katta
miqdordagi xodimlar tarkibiga nisbatan ancha kam bo‗lgan. Bundan tashqari
ko‗ngilli soha xodimlari davlat xizmatchilarida bo‗lmagan tajriba mavjud edi.
Bugungi kunda shartnoma asosidagi xizmatlarni xarid qilish AQSh ijtimoiy
xizmatlar ish amaliyoti sanaladi.
Shartnoma bo‗yicha ijtimoiy ishni taqdim qilish ijtimoiy maqsadlardagi
xarajatlarning tezlik bilan o‗sishi va yordam dasturlarini amalga oshirish bo‗yicha
davlat xizmatining o‗z majburiyatlarini bajara olmasligi sababli vujudga keldi.
75
Amerikalik olimlarning fikricha xizmatlarning shartnomaviy tizimini kirishi
ham maqsadli ijtimoiy xizmat ko‗rsatish, markazlashtirmaslik, bozor mexanizmlari
va deinstitutsionalizatsiyaning so‗nggi o‗n yillikdagi tendensiyasiga xosdir.
Maqsadli ijtimoiy ish aholining alohida guruhlari, asosan unga muhtojlarga
yo‗naltirilgan dasturlarni yaratish bilan bog‗liqdir. Masalan ―Qashshoqlikka qarshi
kurash‖ dasturi qabul qilinib, bu ma'lum irqiy, etnik guruhlarga moslashgan kichik
tumanlar miqyosida qo‗shimcha agentliklar yaratishga olib keldi.
Shartnomaviy tizim aniq muammo va ehtiyojlarni hal qiluvchi ijtimoiy
ishning plyuralistik tizimidan foydalanish imkonini berdi.
To‗liq mehnat bandliga va kasbiy tayyorgarlik to‗g‗risidagi qonun mahalliy
darajadagi homiylarni uyg‗otib, qora tanli aholidan ishsizlarni kasbiy o‗qitish
dasturlarini tuzish uchun umumiy tuzilmadan foydalanish imkonini berdi. Ijtimoiy
sug‗urtalash to‗g‗risidagi qonunning bir qator bo‗limlari (1975) shtat
hukumatlarini ularni to‗g‗ridan to‗g‗ri taqdim qilishni emas, balki ijtimoiy ishni
sotib olishiga sabab bo‗ldi. Shtatlar va mahalliy boshqaruv organlariga ijtimoiy
siyosatning muhim yo‗nalishlarida keng vakolatlar berildi:nafaqalar miqdorini
belgilash, xizmatlarni aniqlash standartlari va yordam ko‗rsatish shakllari shular
jumlasidindir. Bunday yondashuvning natijalaridan biri shartnomaviy tizimning
saqlanishi va kengayishi bo‗ldi.
Xususiy
bozorlarning
kengayishi
shartnomalar
tuzishdagi
asosiy
yo‗nalishlardan biri bo‗lib, sog‗liqni saqlash tizimiga katta ta'sir ko‗rsatdi. Bepul
tibbiy yordam va davlat tibbiy xizmati tizimi keksalar va muhtojlar uchun bu
turdagi xizmatlarning keng tarmog‗ini yaratish maqsadida xususiy tuzilmalar
tomonidan moliyalashtirildi. Kafolatlangan davlat fondlari bo‗lganda ham ko‗ngilli
ham tijorat tashkilotlari kundalik parvarish, uzoq muddatli parvarish, statsionar
xizmat ko‗rsatish va bolalar uylarini ta'minlash kabi sohalarda hamkorlik qilishdan
manfaatdor bo‗ladilar.
Dostları ilə paylaş: |