66
• Yolg‗iz keksalarga uyda ijtimoiy-maishiy xizmat ko‗rsatish;
• Tibbiy ko‗rsatmalardan kelib chiqib, protez-ortopediya buyumlari,
harakat va sog‗lomlashtirish vositalari bilan nogironlarni bepul ta'minlash;
•
Aholining
alohida
toifalarini
sanatori-kurort
muassasalarida,
profilaktoriya va dam olish uylarida bepul yoki qisman pul to‗lash orqali
sog‗lomlashtirishni tashkil qilish.
Ijtimoiy yordam fuqaro va oillarga mustaqil ob'ektiv imkoniyat bo‗lmagan
sharoitda xususiy mablag‗lar, mulk yoki moddiy resurslar hisobidan aholining
belgilangan ijtimoiy farovonlik minimumi darajasida o‗z
ehtiyojlarini
ta'minlaydilar.
Ijtimoiy yordam quyidagi shakllarda taqdim qilinadi:
• Voyaga yetmagan bolalar mavjud kam ta'minlangan oilalarga har oylik
pul nafaqasi va kam ta'minlangan oilalarga moddiy yordam,
shuningdek
Mehribonlik bolalar uylari hamda oila turidagi bolalar uylari bitiruvchilariga bir
martalik nafaqalar;
• Ishlamaydigan onalarga(yoki uning o‗rnini bosuvchi shaxsga) bola ikki
yoshga yetguncha uni parvarishlash bo‗yicha
har oylik nafaqalar;
• Kam ta'minlangan va ko‗p bolali oila farzandlarini qishki kiyim-bosh,
darsliklar va o‗quv anjomlari bilan ta'minlash;
• Belgilangan me'yorlarga muvofiq doimiy parvarishga muhtoj yolg‗iz
keksalarni oziq ovqat mahsulotlari va dori vositalari (ehtiyojga ko‗ra) bilan
ta'minlash;
• Yosh bo‗yicha yoki nogironlik bo‗yicha pensiya
tayinlash uchun zarur
ish stajiga ega bo‗lmagan yolg‗iz keksalarga har oylik nafaqalar, shuningdek
bolalikdan nogironlarga ular 18 yoshga to‗lguncha nafaqalar;
• Ishsizlik bo‗yicha har oylik nafaqalar va ularning oilalariga bir martalik
moddiy yordam;
• Shaxsiy yordamchi xo‗jalikni yuritish uchun kam ta'minlangan va ko‗p
bolali oilalarga yirik shoxli qoramol berish.
67
Ijtimoiy yordam aholining alohida toifalariga beg‗araz tarzda tovarlar (mulk)
berish yoki bepul xizmatlar ko‗rsatish shaklida agar
ular jismoniy imkoniyati
cheklanganligi yoki daromadlari yetarli emasligi natijasida ularni olishga ob'ektiv
imkoniyati mavjud bo‗lmasa taqdim etiladi. Ijtimoiy yordam miqdori, mezonlari
va muddati qonunchilik bilan belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: